Mavzu: ch, J, sh undoshlari



Yüklə 13,5 Kb.
tarix07.12.2022
ölçüsü13,5 Kb.
#72935
Muhayyo

M.D.T: Ona tili. Sinf: 3-b Sana: 15.11.2022.y

Mavzu: CH, J, SH undoshlari.
Darsning maqsadi: O'quvchilarga mavzu haqida to'liq ma'lumot berish.
Ta'limiy vazifa: Undosh tovushlar haqida ma'lumot berish.
Tarbiyaviy vazifa: O'quvchilarni tovushlarni talaffuz qilishga o'rgatish. O'quvchilarga odob -axloq qoidalarini o'rgatish.
Rivojlantiruvchi va korreksion vazifa: O'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatish, xotira va idrok jarayonlarini rivojlantirish. O'quvchilardagi og'zaki nutq kamchiliklarini qisman bo'lsada bartaraf etish. Ulgurmovchi o'quvchilar bilan yakka tartibda ish olib borish. Mayda qo'l motorikasini rivojlantiruvchi mashqlarni bajartirish.
Dars turi: Yangi bilim berish.
Dars uslubi: Suhbat, savol-javob..
Darsning jihozi: Darslik, slayd, darsga oid turli ko'rgazmali didaktik materiallar, daftar, ruchka, sinf taxtasi, tarqatmali materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Davomatini aniqlash, o'quvchilar diqqatini darsga jalb qilish tortish.
O'tilgan mavzuni mustahkamlash: Undosh tovushlar haqida ma'lumot.
Undosh tovushlar talaffuz qilinganda og'iz bo'shligida to'siqqa uchrab talaffuz qilinadi. Unli tovushlar esa to'siqqa uchramaydi.
Darsning shiori: Ona tilim jon-u dilim, senla biyron tilim.
Yangi mavzu: CH, J, SH undoshlari.
Tovushlar unli va unsiz bo'ladi. Yozuvda tovushlar harflar bilan ko'rsatiladi.
Undosh tovushlar jarangli va jarangsiz bo'ladi.
Jarangli undoshlar: b,d,g,j,l,m,n,r,v,y,z,g',ng.
Jarangsiz undoshlar: f,h,k,p,s,t,q,x,sh,ch.
Unli harflar: a,e,i,o,u,o'
Undosh harflar: b,d,f,g,h,j,k,l,m,n,p,q,r,s,t,v,x,y,z,g',sh,ch,ng.
24-mashq. O'qing. Berilgan so'zlardan gap tuzing va yozing.
1.Jo'ja, parranda, fermasida, ko'p.
2.Ko'cha, biz, qoidalarini, o'rgandik.
3.Shim, mehnat, darsida, qizlar, tikdilar.
Mashqning bajarilishi:
1. Parranda Jo'ja fermasida juda ko'p.
2. Biz ko'cha qoidalarini o'rgandik.
3. Mehnat darsida qizlar shim tikdilar.

Dam olish daqiqasi:


Bir oyoqlab turdi laylak,
Nag'orani chaldi tak-tak.
Bir oyog'i charvab qoldi,
Bitta baqa tutib qoldi.

O'tilgan mavzuni mustahkamlash:


1. Undosh tovushlarni aytib bering?
2. Unli tovushlarni aytib bering?
3. So'zlarni bo'g'inlarga bo'lib talaffuz qilib bering?

Darsning
Yüklə 13,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin