Mavzu: Buxgalteriya hisobining nazariy va amaliy muammolari Reja: kirish i-bob. Korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritishning ahamiyati


Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati



Yüklə 51 Kb.
səhifə4/12
tarix22.05.2023
ölçüsü51 Kb.
#119204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
buhgalteriya

Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati

Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib borar ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir. Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda aks ettirilib boriladi, so‘ngra shu dastlabki hujjatlar har tomonlama tekshirilib, buxgalteriyaga qabul qilib olinadi.


Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkadari ham hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun buxgalteriya hisobi registrlaridan foydalaniladi.
Demak, buxgalteriya hisobi registrlari — hisob yozuvlarini (buxgalteriya provodkalarini) aks ettirishga moMjallangan jadvallardir.
Buxgalteriya hisobi registrlari - jumallar, vedomostlar, kitoblar, tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schyotlarga tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirib boriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxona balans va hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma’lumotlarning nechog‘lik o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o‘zim uchun, balki uning balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan.
Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, hajmi har xilligidan kelib chiqib, ular aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir.
Hisob registrlari turlari o‘rganilayotganda, ularni quyidagi xususiyatlariga e’tibor bermoq kerak:
1. Tashqi ko‘rinish.
2. Ularda aks etiriladigan yozuvlarning turliligi.
3. Ma’lumotlarning hajmi.
Hisob registrlari tashqi ко ‘rinishi xususiyatlariga ко ‘ra quyidagicha turkumlanadi:
• Daftarlar (kassa daftari, «bosh daftar»).
• Kartochkalar.
• Varaqlar (vedomostlar).
Kartochkalar, asosan xo‘jalik mablagiari analitik hisobi uchun qo‘llaniladi. Kartochkalaming kontokorrekt, ko‘p ustunli va boshqa turlari mavjud.
Kontokorrekt kartochka shakli pul o‘lchovida (qiymatda) hisobi yuritiladigan xo‘jalik jarayonlarini har bir schyotning debet va kredit tomonlarida aks ettirilishida foydalaniladi va har bir oy oxirida schyotlar bo‘yicha aylanmalarni aniqlashda asos boMadi.
Ko‘p ustunli kartochkalaming yana biri sifatida “Asosiy ishlab chiqarish” xarajatlari hisobi uchun yuritiladigan kartochkani misol
sifatida keltirish mumkin.
Kartochkalar maxsus kartotekalarda saqlanadi. Kartotekaga kartochkalar joylashtirilayotganda moddiy javobgarligi joylangan o‘mi va boshqa xususiyatlariga ahamiyat berib, guruhlarga ajratilgan holda qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ко ‘ra 3 xil bo ‘ladi:
1. Xronologik hisob registrlari.
2. Tizimli hisob registrlari.
3. Kombinatsiyalashgan registrlar.

Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin