Mavzu:
Bozor
sharoitida
monetar
siyosatni
optimallashtirish
Reja:
Kirish
Bozor munosabatlarini shakllanishi
Asosiy qism
1.O‘zbekiston taraqqiyotining o‘ziga xos yo‘li va tamoyili
2.Monetar siyosat haqida tushuncha
3. 2012 –yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda 2013-yilga mo‘ljallangan monetar siyosatni
yo‘nalishalariga bag‘ishlangan ma‘ruza tavsilotlari (Islom
Karimov)
4. Monetar siyosatni optimallashtirish usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Milliy davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston bozor
iqtisodiyoti yo`lini tanladi. Sho`rolar davridagi sotsialistik
tizimning iqtisodiy asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi
siyosatdan voz kechdi. Xo`sh, bozor iqtisodiyotining o`zi nimani
tushunishimiz kerak?
Bozor iqtisodiyotining asosida tovar-pul munosabatlari yotadi
va ana shu munosabatlarga xos iqtisodiy qonunlar harakat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti jamiyatning barcha a'zolarini ishlab chiqarish
va iste'mol orqali o`zaro raqobatning ishtirokchilariga aylantiradi.
Shu boisdan bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish
muttasil takomillashib boradi, mahsulotning sifat darajasi
yaxshilanadi, uning miqdori ko`payadi va jamiyat taraqqiyoti
tezlashadi.
Tarixan bozor munosabatlarining ikki turi mavjud:
1.Tartibsiz, o`zi bo`larchilik asosida, stixiyali rivojlanadigan
bozor iqtisodiyoti munosabatidir. U tarqoq, maqsadi va harakati
oldindan kelishilmagan ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar
o`rtasidagi oldi-berdi munosabatlariga asoslanadi. 2.Tartibga
solinadigan, boshqariladigan bozor iqtisodiyoti munosabatidir.
O`zbekiston o`z taraqqiyot yolining asosi qilib ikkinchi yo`lni
— davlat tomonidan tartibga solib boriladigan va boshqariladigan
bozor iqtisodiyoti yo`lini tanladi. Bunda jamiyat davlat orqali
bozorga narx, soliq, foiz, foyda, renta, subsidiya kabi iqtisodiy
vositalar bilan ma'lum bir yo`nalish beradi va ongli ta'sir
ko`rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining o`ziga xos sifat belgilari
va xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Tovar ishlab chiqaruvchi iqtisodiy jihatdan erkin bo`ladi,
ya'ni bozor uchun mahsulot ishlab chiqarayotgan korxona yoki
shaxs erkin va mustaqil faoliyat ko`rsatadi.
2. Tovar ishlab chiqaruvchi mulk egasi bo`ladi yoki ijara
mulkiga ega bo`ladi va uni o`z bilganicha ishlatadi, unga hech kim
monelik qila olmaydi, buyruq bera olmaydi.
3.
Tovar
ishlab
chiqaruvchi
o`zi
ishlab
chiqargan
mahsulotining egasi, xo`jayinidir. Shu bois, o`z mahsulotini
xohlasa sotadi, xohlasa sotmaydi yoki u xohlasa o`z tovarini
boshqa bir tashkilot, korxona yo biron bir shaxsga sovg`a qilib
tekinga hadya qilishi ham mumkin.
4. Bozorga chiqarilgan tovarni oldi-sotdi qilish sotuvchi bilan
xaridoming erkin va ixtiyoriy munosabatiga asoslanadi.
5. Bozor iqtisodiyoti monopolizmni, ya'ni yakka hukmronlikni
inkor etadi, tovar ishlab chiqaruvchilarning bozordagi erkin
raqobatini taqozo etadi.
6. Bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste'molchi o`z
shartini qo`yadi, chunki pul uning qo`lida bo`ladi. Tovar ishlab
chiqaruvchi iste'molchining talabi, ehtiyojini qondiradigan
mahsulot ishlab chiqargan taqdirdagina daromad topa oladi.
7. Ishlab chiqarilgan tovarga sarf qilinadigan mehnat
xaridorning mahsulotga talabi darajasi miqdorida bo`lishi lozim.
Aks holda ishlab chiqarilgan tovar bozorda kasodga uchraydi.
8. Bozorda qanday tovarga talab oshib borsa, o`sha mahsulotni
ishlab chiqarish foyda keltiradi.
9. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar
jamiyat a'zolari o`z daromadlari miqdoriga qarab tabaqalanadilar.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari mamlakatimiz uchun yangilik
emas. Uzoq yillar davomida qadimdan ajdodlarimiz jahon
hamjamiyatining bir bo`lagi va tarkibiy qismi sifatida bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
yashab
kelganlar.
Tarixiy
yozma
manbalarning bergan ma'lumotlariga qaraganda o`rta Osiyo
xalqlari bundan ming yillar ilgari ham dunyoning deyarli barcha
mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalar o`rnatganlar. Bu
borada «Buyuk ipak yo'li» yorqin dalil bo`la oladi.
Dostları ilə paylaş: |