Mavzu: bozor infratuzilmasi va uning usullar



Yüklə 86,99 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü86,99 Kb.
#182025
  1   2
MAVZU


MAVZU: BOZOR INFRATUZILMASI VA UNING USULLAR

REJA:
1. Bozor infrotuzulmasi va uning usullar
2. Bozor infratuzilmasi va uning unsurslari.
3. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishining o’ziga xos yo’li.
4. Xulosa
5. Foydalangan adabiyotlar

Hozirgi zamon iqtisodiyoti - bozor iqtisodiyotidir. Yer yuzidagi ko’pgina mamlakatlar har xil darajada va o’ziga xos hususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bozor asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar pul munosabatlari - tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid munosabatlar tovarni yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu sarf-harajatlar jamiyat uchun zaruriy darajada bo’lishi, tovarning sifati va narxining muvofikligi ta’minlanishi, individual mehnat sarflari zaruriy darajada bo’lishi, tovarlar qiymati mehnat unumdorligiga teskari proportsional tarzda o’zgarishi kabi aloqalarni bildiradi. Tovar ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda, bozorga karab tovarlarni yaratadilar, bozor talabi, qondirilgandagina daromad topadilar. Yaratilgan tovarlarni ayirboshlash sohasidagi munosabatlar sotuvchi va xaridor o’rtasidagi erkin oldi-sotdi munosabatlaridir. Turli tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda ayni bir vaqtda ham sotuvchi ham xaridor vazifasini o’tashadi. Bozor aloqalari kerakli tovarlar zaruriy miqdorda va kelishilgan narxda ayirboshlanishini bildiradi. Tovarlar bevosita emas, balki pul vositasida ayirboshlanadi. Pul muhim iqtisodiy vazifalarni bajaradi, uning nufuzi yuqori bo’ladi. Tovar-pul munosabatlari umuminsoniy xodisa, ular turli tizimlarga xos, ularni bir-biriga bog’lab turadi. Ammo bu munosabatlar yuksak darajada rivoj topgandagina bozor iqtisodiyoti shakllanadi. Hozirgi dunyoda, ayniqsa, arab mamlakatlarida iqtisodiyot xaqida gap ketganda faqat bozor iqtisodiyoti tushuniladi. Hozirgi zamon nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda iqtisodiy xatti-harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi tasarruf qilinadi. Bozor iqtisodiyoti g’oyat ko’p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. Uning mohiyatini anglash uchun unga xos tub belgilarni yaxlitlikda olib qarash kerak. Bu belgilari shakllanib ulgurgan, aralash iqtisodiyotga aylangan bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga keladi, bu esa Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, ijtimoiy mo’ljalga, aholini ijtimoiy muxofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib (tartiblanib) turuvchi iqtisodiyotdir. O’ziga xos mulkiy munosabatlari, ijtimoiy yo’nalishlari va tartiblanib turish usullari jihatidan bu tizim kapitalistik iqtisodiyotdan va tarixda mavjud bo’lgan sobiq sotsialistik iqtisodiyotdan farq qiladi. Bozor iqtisodiyotining quyidagi sub’ektlari mavjud: a) iqtisodiy mustaqil mulk egasi yoxud iste’molchi bo’lgan ayrim kishilar yoki guruxlar. Bularga odatda yollanib ishlovchilar, yer egalari, kapital soxiblari, ishlab chiqarish vositasi egalari kiradi. Ular tadbirkorlik qilmay, o’z mulkidan daromad topadi yoki yollanib ishlaydi; b) firma, korxona, xo’jaliklar, ularda band bo’lgan tadbirkorlar. Ular foyda olish yo’lida mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini ishga soladilar; v) davlat, aniqrog’i, davlatning barcha mahkama-idora tashkilotlari. Ular ham ishlab chiqarish ham iste’mol bilan shug’ullanadilar, bozor va unda qatnashuvchilar faoliyati ustidan nazorat qiladilar. Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, yer kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. Ular o’z navbatida ishlab chiqarish, omillaridan foydalanib, tovar va xizmatlar yaratadilar, ularni taklif etadilar. Bozor iqtisodiyotining mohiyatini anglash uchun uning asosiy belgilarini ko’rib chikamiz. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi - iqtisodiy plyuralizm hisoblanadi, ya’ni mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining turli-tuman bo’lishidir. Turli shakllardagi mulklar erkin, yonma-yon, xech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi. Turli mulklar muvozanatda bo’lib, ayrim mulk shaklining hukmronligiga yo’l berilmaydi. Ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi o’z tovarini yoki pulini o’zi bilganicha ishlatadi. Bozor iqtisodiyoti erkin bo’lganidan u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zaro munosabatlar manfaatlarni ko’zlagan holda o’rnatiladi. Ish yuzasidan bo’lgan munosabatlar (sheriklik) erkin shakllanadi. Turli ishlab chiqaruvchilar bir-biri bilan manfaatli aloqa o’rnatadilar. Bozorda esa xaridor bilan sotuvchi bir-birini erkin tanlaydi. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo’lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) o’z izmini o’tkazadi, tovar va xizmatlarning sitfatiga va narxiga qarab tanlab olish imkoniga ega bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi narxlarning liberallashuvi, ya’ni narxnavoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, narx ayrim ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi tazyiqi ostida shakllanmaydi. Narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuviga binoan yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan iqtisodiy tizimdir. U sharoit o’zgarishlariga darhol javob beradi, nima yetishmasa, shuni darhol ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Uning muhim belgilaridan yana biri innovatsiyaga moyillikdir. U fan-texnika yangiliklarini darhol qabul qiladi, yangi tovarlarni, yangi texnologiyani va ishlab chiqarishni boshqarish usullarini joriy etishini ta’minlaydi, chunki bu raqobatda yutkazmaslik, yaxshi foyda ko’rish, obro’-e’tibor orttirish sharti bo’lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti tovarlar va xizmatlar to’kinchiligini yuzaga keltiradi, ko’pchilik tovarlardan eng yaxshisini tanlab olgan holda extiyojni kondirish imkonini beradi. Ammo bozor iqtisodiyotini xaddan tashkari olqishlash kerak emas, unga holisona baho berish zarur. Uning o’ziga xos muammolari zaif tomonlari ham yuq emas. Bozor iqtisodiyoti millionlab ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning faoliyati bo’lganidan unga tarqoqlik va xudbinlik (egoizm) ham xos. Bozor iqtisodiyoti ham sakrab-sakrab tsiklli ravishda rivojlanadi, iqtisodiy yuksalishlar bilan birga inqiroz va tanglik ham paydo bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining ham, har qanday iqtisodiyot kabi o’z rivojlanishi qonunlari mavjud. Unga xos qonunlar tizimini ikki guruhga bo’lish mumkin: a) umumiqtisodiy, lekin bozor iqtisodiyotida ham amal kilishda davom etgan qonunlar; b) faqat bozor iqtisodiyotining o’ziga xos bo’lgan qonunlar. Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan tub belgilar sekin asta shakllanib, pirovard natijada yaxlit iqtisodiy tizimni hosil etadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish XX asrga xos bo’lgan umumbashariy, ya’ni umumjahon voqeligidir. Xalqaro tajriba ko’rsatganidek, bozor iqtisodiyotiga o’tishning uch shakli yoki modeli mavjud: 1) g’arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li; 2) mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustakil taraqqiyot yo’liga o’tib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlar yo’li. 3) SHarkiy Yevropa mamlakatlari va MDX mamlakatlari yo’li; Yuqorida qayd qilinganidek, bozor iqtisodiyoti deganda hozirgi rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiyot tushuniladi. Tarixiy nuqtai nazardan bozor iqtisodiyotining ikki turi mavjud. Birinchisi - chayqov yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti. Bunday iqtisodiyotning asl namunasi XVIII va XIX asrlarda bo’lgan. Ammo yovvoyi iqtisodiyot abadiy saqlanmaydi. U tsivilizatsiyalashgan yoki madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga aylanib boradi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga o’tish deganda tsivilizatsiyalashgan iqtisodiyot sari borish tushuniladi. 2. Bozor, uning vazifalari va tuzilishi. Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiqarishning ayirboshlash bosqichiga xosdir. Ammo u har qanday ayirboshlashni emas, balki pul vositasidagi, oldi-sotdi shaklidagi ayirboshlashni bildiradi. Ayirboshlashda pul ishtirok etmasdan bir tovar boshqasiga to’g’ridan-to’g’ri almashganda bozor munosabatlari paydo bo’lmaydi. Bozorning eng muhim sharti ayirboshlanganda pulning vositachi bo’lishidir. Bozorda tovar muomalasi yuz berib, u ikki jarayonning birgalikda borishini bildiradi. Bozorda tovar pulga almashadi. (T-P), ya’ni tovarni sotish yuz beradi, ayni vaktda pul tovarga almashadi (P-T), ya’ni tovarni harid etish kelib chikadi. Oldi-sotdi bozordagi yaxlit muomalaning ikki tomoni bo’lganidan, unda sotuvchi va xaridorni ishtirok etishi mukarrardir. Bozor - bu sotuvchilar va xaridorlarning tovarlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlari, ularning o’zaro aloqalaridir. Bozorning sub’ektlari ishtirokchilari ham bir xil emas. Ular ikki guruxga bo’linadi: sotuvchilar va xaridorlar. Ular bozor munosabatlarida turli vazifani bajaradilar. Sotuvchilar - bozordagi tovar va xizmatlarni taklif etuvchi firma, korxona yoki ayrim ishlab chiqaruvchi, ish kuchi, yer-suv, mashina-uskuna, binoinshoat egasi, pul kapital, qimmatbaho qog’ozlar va valyuta sohiblaridan iborat bo’lib, ular o’z tovarlarini sotadilar yoki ijaraga beradilar. Xaridorlar keng qatlam iste’molchilardan iborat bo’lib, ular bozorga o’z talab ehtiyoji va puli bilan chiqadilar. Xaridorlar oddiy iste’molchi fuqarolar, resurslar oluvchi va ish kuchini yollovchi tadbirkorlar, davlat idoralari, jamoat tashkilotlaridan iborat bo’ladi. Bozor sub’ektlari o’z manfaatlarini ko’zlaydi. Rivojlangan bozor munosabatiga bilvosita savdo-sotiq aloqalari xos, chunki bozor rivojlangan sari uning sir asrorlarini bilish, oldi-berdi operatsiyalarini o’tkazish maxsus tayyorgarlik va mahoratni talab qiladi. Bu ishni ixtisoslashgan tijorat firmalari, savdo-sotik agentlari, broker, makler va dilerlar kabi dallollar o’z zimmasiga oladi. Bozordagi tovarlar muomalasi keng va tor doirada yuz beradi. Keng ma’noda bozor barcha tovarlar va xizmatlar muomalasini bildiradi, tor ma’noda u ayrim yoki cheklangan guruxdagi tovarlarning ayirboshlanishi demakdir. Keng ma’noda bozor xududiy jixatdan maxalliy, mintaka, milliy va jahon bozorlaridan iborat bo’ladi. Bular bozor aloqalarining ko’lami bilan ajralib turadi. Albatta, milliy bozor maxalliy bozordan, xalqaro bozor, esa milliy bozordan keng bo’ladi. Ular faqat oldi-sotdi xajmi jihatidangina emas, balki sub’ektlarning soni va tarkibi jihatidan ham farq qiladi. Bozor o’z rivojida ikki bosqichdan o’tadi. Birinchisi, tartibsiz bozor bosqichi, bu bosqichda bozor aloqalari stixiyali tarzda o’rnatiladi, ishlab chiqaruvchi uchun bozor noma’lum bo’ladi. Stixiyali bozorda belgilangan tartib-qoida amal qilmaydi. Bunday bozor madaniylashmagan, yovvoyi bozor iqtisodiyotiga xos bo’lib, o’tmishda mavjud bo’lgan. Ammo uning ayrim ko’rinishlari hozir mavjud. Hozirgi dehqon bozori va chayqov bozorlari tartibsiz bozor namunasidir. Ikkinchisi - bu tartiblanadigan bozor bosqichidir. Bu shunday bozorki, unga xos bo’lgan qonunlar ko’r-ko’rona amal qilavermaydi, bozor aloqalari shu qonunlarga oldindan moslashtirib boriladi. Bu yerda no’malum bozorga ishlab chiqarish yuz bermaydi. Bozor va uning segmentlari (kichik kismlari) oldindan tahlil etilib o’rganiladi, ishlab chiqarish marketing xizmati orqali bozor bilan uzviy bog’lanadi. Mana shunday bozor rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xos, bunday bozor hozirgi rivojlangan mamlakatlarda mavjud. Bozor bir kator iqtisodiy vazifalarni (funktsiyalarni) bajaradi. Bozor ayirboshlash jarayoni bo’lganidan, u ishlab chiqarishni iste’mol bilan bog’lovchi vosita vazifasini utaydi. Bozordagi yagona va universal harid vositasi pul hisoblanadi. Bozorda qiymat shaklining o’zgarishi yuz beradi. Bozor qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Buning uchun bozorda ham tovar, ham pul muxayyo bo’lishi shart. Bozor, iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etishda regulyatorlik funktsiyasini ham bajaradi. Bu funktsiyani bozor narxlar vositasida bajaradi. Bozor o’zida talab va taklifni tanlab, ularni muvozanatlashtiradi. Bozor narx pasaygan yerdan resurslarning chiqib ketishini, aksincha, ularning narxi yukori yerga oqib kelishini ta’minlaydi. Bu bilan bozor nimani, qancha miqdorda va kaysi vaktda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor regulyatori iqtisodiyotni tartiblovchi kuch hisoblanadi. Bozor xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) taqozo etgan iqtisodiy aloqalarni o’rnatish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Bozor mehnat taqsimotini chuqurlashtirib, ishlab chiqarishning davlatlararo mikyosda aniq ixtisoslashuvini, xalqaro miqyosdagi talab-extiyojni muljalga olib yuritilishini taqozo etadi. Xullas, bozor xalqaro integratsion aloqalarni o’rnatish va ularni kengaytirish vositasi ham bo’ladi. Bozor munosabatlari iqtisodiy munosabatlar doirasida mustaqil, lekin boshqa munosabatlarga aloqador kichik bir tizimni tashkil etadi. Iqtisodiy aloqalar harakteriga ko’ra, bozorni ikki katta turga ajratish mumkin: a) erkin, raqobatli bozor; b) monopollashgan, raqobat cheklangan yoki raqobat mutlaqo bo’lmagan bozor. Erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar ko’pchilik bo’lib, ulardan hech biri bozorda hukmron mavqega ega bo’lmaydi, aksincha ular doimo raqobatda bo’lishadi. Bu yerda narx-navoni hech kim nazorat kilmaydi, narx bozorda erkin shaklanadi. Monopollashgan bozor - bu ozchilik sotuvchilar va xaridorlar hukmron bo’lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yuq bozor. Monopollashgan bozorning o’zi 3 xil bo’ladi: monopol raqobatli bozor, oligopolistik bozor, sof monopoliya bozor. Bozor savdo-sotiqning shart-sharoitiga qarab ko’pgina bo’g’inlarga ajratiladi va ular bozor segmenti deb ataladi. Segment bozorning bir kichik qismi bo’lib, bu yerda xaridorlar cheklangan gurux bo’lib, ularga ma’lum turdagi tovarlar sotiladi. Bozorning segmentlarga ajralishiga ikki narsa sabab buladi: a) mehnat taqsimoti chuqurlashib, g’oyat xilma-xil tovarlar ishlab chiqishini va ularning ma’lum gurux iste’molchilarga mo’ljallanishi; b) iste’molchilarning sotsial-ijtimoiy jihatidan tabakalanish, ular talabining o’zaro farqlanishi. Bozorni segmentlarga ajratish mezonlari g’oyat ko’p. Bir segment uchun aholining qobiliyati ustivor bo’lsa, boshqa segment uchun raqobatning bor yoki yuqligi muhim belgi bo’ladi. Segmentlar xududiy va sotsial-demografik mezonlarga qarab ajratiladi. Segmentlarga ajralish muayyan tovarlarga nisbatan ham yuzaga keladi. Masalan, kiyim-kechak bozori, bolalar kiyimi, yoshlar kiyimi, qariyalar kiyimi bozorlariga ajraladi. Turli tuman segmentlar yaxlit bozorni tashkil etadi. Bozor hajmi qanchalik katta bo’lsa, shunchalik segmentlarga boy bo’ladi. Bozorni oldi-sotdi qilinadigan ob’ektlar jihatidan qaraganda iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozori, mehnat (ish kuchi) bozori, moliya bozori, intelektual tovar bozorlariga bo’lish mumkin. Iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori iste’molchilar bozori bo’lib, aholi uchun zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlarning oldi-sotdisini bildiradi. Iste’mol bozorida aholini o’z iste’moli uchun tovarlar va tovar sifatidagi pulli xizmatlarni harid qiladi. Bu yerda sotuvchilar bilan xaridorlar o’rtasidagi oldi-sotdi munosabatlari yuz beradi, pul egasi tovar olsa, tovar egasi pul oladi. Resurslar bozori ishlab chiqarishni yuritish uchun zarur bo’lgan va tovarga aylangan mehnat vositalari, ashyo materiallarning to’g’ridan-to’g’ri yoki vositachilar orqali oldi-sotdi qilinishi. Bu bozorda mashina, uskuna, asboblar, bino, yer xom ashyo, yoqilgi va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Mehnat bozori - ish kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini bildiradi. Ish kuchi insonni mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, oldi-sotdi orqali ishlab chiqarishning shaxsiy omili bo’la oladi. Potentsial mehnat qobiliyati bozordan o’tib real-amalda ishlayotgan mehnat qobiliyatiga aylanadi. Mehnat bozorining bir tomonidan ish kuchi tursa, ikkinchisidan ish kuchiga muxtoj korxona, firma, turadi. Ular o’rtasida ayirboshlash yuz beradi, bu ishga yollanish va ishga yollash shaklida yuz beradi va bo’lgan ish kuchini sotish va sotib olishni bildiradi. Mehnat bozori aniq shakllarda yuz beradi, ulardan eng muhimi mehnat birjasidir. Mehnat birjasi tovarni ish kuchini pulga ayirboshlashda vositachilik qiladi, ish kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona yoki firma o’rtasida turadi. Birjada ish kuchiga talab va ish kuchi taklifi bir-biri bilan bog’lanadi. Moliya bozori - bu bozor tizimining g’oyat muhim unsuri bo’lib, moliya resurslari (pul va pulga tenglashtirilgan kog’ozlar) bozoridir. Bozor munosabatlari mulkdorlar bilan pulga muxtojlar o’rtasida yuz beradi. Pulning bozorga chiqarilishi va ishlatilishi: birinchidan, shaxsiy iste’mol ehtiyojlarini qondirsa, ikkinchidan, puldan pul chiqarib olish ehtiyojini qondiradi. Moliya bozori ikkiga ajraladi: iste’molni qondiradigan pul bozori va kapital bozori. Birinchi bozorga tushgan pul resursi qarzga olinib, shaxsiy iste’mol yo’lida, masalan, avtomashina harid etish, uy ko’rish, sayoxat kilish uchun ishlatiladi. Ikkinchi bozordagi mablag’lar qarzga olinganda, sotib yuborilganda kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. SHuni hisobga olib kapital bozorini ikki mayda bo’g’inga ajratish mumkin: osuda kapital bozori va kimmatbaxo kogozlar bozori. Moliya bozorining yana bir unsuri valyuta bozoridir. Bu yerda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi qilinadiki, bozorda korxona, firma, davlat idoralari va fukarolar qatnashadi. Ulardan biri valyuta sotsa, ikkinchisi - uni sotib oladi. Valyuta bozori amaliyotda valyuta bilan savdo qiluvchi banklar va valyuta auktsioni ko’rinishida bo’ladi. O’zbekistonda valyutani oldi-sotdi qilish operatsiyalari bilan respublika Markaziy banki va Respublika Tashqi Iqtisodiy faoliyat Milliy banki shug’ullanadi. Intellektual tovarlar bozori bozorning maxsus turi bo’lib aqliy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarning ayirboshlanishini bildiradi. U tsivilizatsioyalashgan bozor iqtisodiyotida keng rivojlangan bo’ladi. Bu yerda sotuvchilar va haridolar maxsus tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, xilma-xil axborotlarni oldi-sotdi etish yuzasidan munosabatda bo’ladilar. Intelektual tovarlar bozorida ilmiy-texnikaviy ishlanmalar oldi-sotdisi katta o’rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iboratdir. Bu yerda ilmiy texnikaviy yangiliklar xaridor mulkiga aylanish sharti bilan yoki o’z egasi mulki bo’la turib, vaqtincha foydalanish sharti bilan sotiladi. Bu bozor ishlab chiqarish innovatsiyasiga xizmat qiladi, ya’ni u fan-texnika rivojiga ta’sir etadi, shu sababli uning ahamiyati nafaqat umummilliy, balki internatsional hamdir. Hozirgi bozor iqtisodiyoti ilm talab ishlab chiqarishning o’sishi, turli xizmatlar ahamiyatining kuchayishi bilan harakterlanadi. Bular o’z navbatida intelektual tovarga talabni oshirib yuboradi. Bozorning o’zi yaxlit bo’lganidek, uning turlari ham bir-biri bilan o’zaro bog’lik holda amal qiladi. Mehnat taqsimoti mavjud ekan, faoliyat turlari, albatta, ma’lum nisbatda bo’lishi shart. SHu boisdan bozor turlari ham ma’lum muvozanatda rivojlanadi. Erkin bozorning rivojlanishi monopol bozor yo’lini to’sadi, aksincha hol ham yuz beradi. Bozor turlarining bir-biriga moslashuvi iqtisodiy o’sishning sharti hisoblanadi, chunki shu orkali iqtisodiy muvozanat tashkil topadi. 3. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari Bozor iqtisodiyoti amal qilishi uchun uning infratuzilmasi ishlab turishi kerak. Bozor infratuzilmasi bozor aloqalarini o’rnatishga va samarali yuritishga xizmat kiluvchi korxona, tashkilot va muassasalar majmuidir. “Bozorga o’tishdan oldin bozor infratuzilmasini yaratish zarur. Moliya, bankkredit tizimlari bilan bog’lik masalalarni hal qilish, sug’urta, auditorlik, yuridik va konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish zarur ”1 . Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham qamrab oladi. Bu infratuzilma besh bo’g’indan iborat: Ishlab chiqarishga xizmat kiluvchi infratuzilma (transport, aloqa, ombor xo’jaligi, yo’l xo’jaligi, suv va energetika ta’minoti kabilar). Ular bozor iqtisodiyotidan oldin ham mavjud bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ularni tijoratchilik yo’liga o’tkazishga to’g’ri keladi, ya’ni ular yaxshi ishlab pul topish va o’z-o’zini molliyalashtirish yo’liga o’tkaziladi; Tovarlar va xizmatlar muomalasiga, ya’ni savdo-sotiq ishlariga xizmat qiluvchi infratuzilma (birjalar, savdo uylari, auktsionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari va agentlari, davlatning savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi muassasalar). Totalitar tizim sharoitida mazkur infratuzilmaning ko’pchilik unsurlari bo’lmaydi, shu boisdan ular islohot yo’li bilan yaratiladi; Moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma (tijorat banklari, o’z-o’zini kreditlash idoralari, sug’urta kompaniyalar, moliya kompaniyalari, soliq undirish mahkamalari, har xil pul fondlari). Ular ham islohotlar jarayonida yaratiladi; Aholiga xizmat qiluvchi yoki sotsial infratuzilma (uy-joy, kommunal va transport xizmati, maorif, madaniyat hamda sog’liqni saqlash muassasalari, aholini ishga joylashtirish firmalari va idoalari). Ularning aksariyati bozor iqtisodiyotidan oldin ham mavjud bo’ladi, lekin ularni isloh etib, bozor sharoitida pulli xizmat ko’rsatish, tijorat yo’liga o’tkazishga to’g’ri keladi. Mehnat birjalari, ishga joylashtirish firmalari esa yangidan yaratiladi; 1 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Т.: “Ўзбекистон”, 1995, 98- бет. Xulosa Axborot xizmati (iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan har xil axborotlar-ma’lumotlar va xabarlarni to’plash, umumlashtirish va sotish bilan shug’ullanuvchi turli kompaniyalar, firmalar, maslahat idoralari, davlat muassasalari). Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning axborot tashkilotlari bo’ladiki, ular faqat davlatga xizmat qilganidan, ularni ham bozor uchun ishlashga moslashtirish kerak bo’ladi. Bu sohada, ayniqsa, iqtisodiy axborot tadbirkorlik uchun juda zarur bo’ladi, unga qarab o’z ishini rejalashtirish, pulni qaerga, nima uchun sarflash, qancha tovar ishlab chiqarish, qanday narx qo’yish kabi iqtisodiy xatti-harakatlar amalga oshiriladi. SHu sababli pulli iqtisodiyotiga o’tish sharti hisoblanadi. Axborot xizmati shaxobchalarini yaratish bozor Infratuzilma tizimida moliya-kredit xizmati alohida o’rin tutadi, chunki bozor iqtisodiyoti pulga asoslangan. SHu boisdan moliya-kredit sohasini islox qilishga katta e’tibor beriladi. Bank tizimi tashkil etilib, ayrim banklar monopoliyasi tugatiladi, raqobatlashuvchi tijorat banklari ochiladi, zarur bo’lganda inflyatsiyadan qutulish uchun pul islohoti o’tkaziladi. Valyuta munosabatlari, qimmatbaho kog’ozlari bilan ishlash, aktsiya va obligatsiya chiqarish tartibi qonunlar bilan belgilab qo’yiladi. Islohotlar valyuta auktsionlari, investitsiya kompaniyalari, fond birjalari ochilishini ko’zlaydi. Ular moliya bozori, uning asosi bo’lmish kapital bozorini shakllantiradi, uning amal qilish tartib-qoidalari o’rnatiladi. 4. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishining o’ziga xos yo’li. Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumjahon voqeasiga aylanishi XX-asrning muhim belgisidir. Insoniyat tajribasi shuni ko’rsatadiki, bozor iqtisodiyoti bir qator muammolarni, xususan: a) muttasil ravishda ishlab chiqarishni o’stirib, to’kinchilikni ta’minlash; b) tejamli xo’jalik yuritib, barcha resurslardan oqilona foydalanish; v) ommaviy farovonlikni ta’minlash; g) mazmuni yoki shaklidan qatьiy nazar halol va samarali mehnatning qadriga yetish; d) umuminsoniy ijtimoiy adolat tamoyillarini hayotga tadbiq etish. Bozor iqtisodiyotining tamoyillari, qonun-qoidalari umuminsoniy, ammo boriladigan marra bir xil bo’lsada, uning yo’llari har xildir. O’zbekiston ko’zlagan strategik-istiqbol vazifa - mustaqillikning iqtisodiy poydevorini yaratishdir. Bu maqsadga erishish uchun bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurdir. Iqtisodiy mustaqillikka bozor mexanizmi orqali erishiladi, lekin uning O’zbekistonda shakllanishi o’ziga xos yo’l bilan yuz bermoqda. Bu yo’l bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlarini e’tirof etgan holda, O’zbekistonning milliy xususiyatlarini hisobga oladi. Bu xususiyatlar quyidagilardir: O’zbekiston iqtisodiyoti kam rivojlangan bo’lsada, uning ishonchli salohiyati bor. O’zbekiston tabiiy va mehnat resurslariga boy diyor, uning sahiy yeri va mehnatsevar xalqi bor. Respublikamiz aholisining o’sish sur’atlari jadal, shu boisdan mehnat resurslari tez ortib boradi. O’zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining o’rni katta, shu boisdan aholining qatta qismi (60%) qishloq joylarda istiqomat qiladi. O’zbekiston sharqiy tsivilizatsiyaga mansub mamlakat. Bu yerda sharqona iqtisodiy ko’nikmalar, ota-bobolardan meros qolgan xo’jalik yuritish usullari bor. Bu xususiyatlar O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti sari borish yo’lini tanlash uchun asos bo’ldi. Bu yo’l jahon tajribasiga tayangan holda, ammo mamlakatimizning milliy manfaatini, undagi real sharoitlarini hisobga olgan holda bozor iqtisodiyotiga o’tishni bildiradi. Bu yo’l bozor iqtisodiyotiga inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larzalarsiz, tinchlik va xotirjamlik sharoitida, xalqni ijtimoiy himoya qilish orqali sekin-asta, bosqichma-bosqich o’tilishini ta’minlaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek “Bizning qat’iy nuqtai nazarimiz jaon tajribasi va o’z amaliyotimizdan olingan jamiyki foydali tajribalarini rad etmagan holda, o’zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’limizni tanlay olishdan iboratdir” 2 . O’zbekistoning bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan olg’a surilgan besh tamoyilda ifodalab berildi: Birinchi tamoyil - iqtisodiyot siyosatdan ustivor bo’lishi va buning uchun iqtisodiyot mafkuradan holi bo’lishi kerak. Iqtisodiyot o’ziga xos bo’lgan ichki qonunlar asosida rivojlanmog’i zarur. Iqtisodiyot, siyosatga nisbatan ustivor mavqega ega bo’lishi lozim. Iqtisodiyotga na siyosat, na mafkura o’z tazyiqini o’tkazmasligi kerak. Ikkinchi tamoyil - davlat bosh islohotchi bo’lishi kerak. Bu tamoyil bozor iqtisodiyotiga o’tish tartibsiz ravishda, o’zi bularchalik asosida emas, balki davlat raxbarligida amalga oshiriladigan islohotlar orqali yuz berishini bildiradi. Uchinchi tamoyil - qonunlar va ularga amal qilinishining ustivorligini ta’minlash. Bu tamoyil bozor iqtisodiyotiga o’tish tartibli ravishda, hammaning keng jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqqan davlat qonunlariga so’zsiz rioya etishi orqali borishini bildiradi. To’rtinchi tamoyil - faol ijtimoiy siyosat yuritish. Bu iqtisodiyotga kuchli ta’sir eta oladigan, xalqning ijtimoiy himoyasini, uning faolligini ta’minlaydigan, ijtimoiy adolatni yuzaga chiqaradigan siyosatni olib borishni anglatadi. SHu boisdan iqtisodiy islohotlar jarayonida avval, odamlarni, birinchi navbatda, himoyaga muxtoj qatlamni oldindan kuchli darajada ijtimoiy himoyalash choralarini ko’rish zarurligi inobatga olinadi. 2 Каримов И.А. Ўзбекистон бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. Тошкент “Ўзбекистон”, 1993., 25 -бет. Beshinchi tamoyil - bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, bosqichma-bosqich o’tish. Bu tamoyil chuqur iqtisodiy islohotlarni shoshilmasdan, sobitqadamlik bilan amalga oshirishni talab etadi. Bu yetakchi tamoyil bo’lib, islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanib borishi va harakterini belgilab beradi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek “Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlari, an’analar, urf-odatlar, turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o’tmishdagi iqtisodiyotni biryoqlama, beso’naqay rivojlanishning mudxish merosiga barham berishga asoslanadi”

Adabiyotlar:


1. Abdullaev Yo. «Makroiqtisodiy statistika». Toshkent., 1998.
2. A.Abdullaev, H. Aybeshov, A. Ergashev. “Tadbirkorlik moliyasi”. Toshkent. Ijod dunyosi 2003 yil.
3. Abdullaev Yo. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent, 1997 yil
4. A.Abdullaev, H. Aybeshov va boshq. “Korhona iqtisodiyoti”. T.; “Ilm-ziyo”, 2004
5. H. Aybeshov va boshq. “Marketing asoslari”. T.; “Ilm-ziyo”, 2004
6. Kozlova B.K. Teoriya tseno’. M.: 1999.
7. Kotler. F. «Osnovo’ marketinga». –M. 1994.
8. R. Pindayk, D. Rubinfeld. Mikroekonomika. -M.: «Ekonomika», «Delo» 1992
9. M.A.Alikseeva. Pryamo’e svyazi i tsenoobrozavaniya. –M. 1990
10. G.M. Xaykin. Tsenoobrozavanie v stroitelstve. –M. «Stroyizdat», 1998


Yüklə 86,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin