Mavzu: boshlang'ich sinflarda grammatika va imlo darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanish reja


Gramatika va imlo darslarida zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə4/5
tarix13.12.2022
ölçüsü256,5 Kb.
#74505
1   2   3   4   5
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA GRAMMATIKA VA IMLO DARSLARIDA QIZIQARLI O\'YINLARDAN FOYDALANISH

4. Gramatika va imlo darslarida zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish.
OYINLAR VA BARDAMLAShTIRUVChI MAShQLAR - kichik treninglar, o‘yinlar, qo‘shiq va she’rlar mazmuniga ko‘ra harakatlar qilish asosida amalga oshirilib, o'yin, o'qish, mehnat kabi faoliyat turlaridan foydalanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy faoliyat turi o‘qish bo‘lishiga qaramay, bir faoliyatdan to‘la ikkinchisiga o‘tish bolada qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli, dars jarayonida turli ta'limiy o‘yinlar qo‘llangan - holda darslar tashkil etiladi. Bular bilan bir qatorda, yuqorida ham to‘xtalib o‘tgan edik, o‘quvchini tetiklashtiruvchi mashqlar, dam olish daqiqalari o‘tkazish orqali ruhiy, jismoniy toliqishini oldini olib, darsga bo‘lgan diqqatini jamlashga olib keladi. O‘tkazilayotgan dam olish mashqlari avvalo, dars mavzusiga qolaversa. fanga mos bo‘lsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda dam olish mashqlari asosan harakatli o‘yinlar, she'r, qo‘shiqlar mazmuniga ko‘ra harakatlar, kichik yoshdagi o'quvchilarga mos psixologik testlar, qiziqarli hangomalar, topishmoqlar ko‘rinishida bo‘lishi lozim.

Quyida bardamlashtiruvchi mashqlardan namunalar keltirib o‘tamiz. “Mevali salat” harakatli o‘yini. Sinf o‘quvchilari besh turdagi mevalar nomlari asosida guruhlarga birlashtiriladilar, ya'ni "olma", "nok", "shaftoli’ “behi", "anor". Boshlovchi qaysi mevalardan salat tayyorlashini aytsa, o‘quvchilar belgilangan meva nomlariga ko‘ra joylarini almashadilar va boshlovchi bo‘sh o‘rinlardan biriga tez o‘tirib olishi kerak. O‘tirolmay qolgan o‘quvchi boshlovchi vazifasini bajaradi. O‘yin shu zaylda 1-2 daqiqa davom etadi. Masalan, boshlovchi: "Men barcha mevalardan salat tayyorlamoqchiman". - deb aytsa barcha "mevalar o‘rinlarini almashtiradilar, yoki "Men olma va nokdan salat tayyorlamoqchiman”,- deb aytsa faqat boshlovchi aytgan mevalar o‘rinlarini almashtiradilar. “Shahzoda va malikalar” harakatli o‘yini


XULOSA.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradiYangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi.
Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashqurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar.Maqbullik me'yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi. Tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash;yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasinitekshirish;yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish. O‘qituvchini innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi.Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. Tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:shaxsning ijodiy-motivasion yo'nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va boshqalar;kreativlik. Bu — hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo'lish, tavakkal qilish, tanqidiy flkrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada yuritish, refleksiya;kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiybartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;o‘qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat surati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qatiyatlilik, o'ziga ishonch; ma'suliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, o'zini tuta bilish va boshqalar.

Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin