Mavzu: Boshlang`ich sinfda unli tovush va harflarni o`rganish. Reja: I. Kirish I bob. Boshlang`ich sinlarda tovushlar va harflar ustida ishlash metodik muamo sifatida



Yüklə 51,93 Kb.
səhifə8/11
tarix24.10.2023
ölçüsü51,93 Kb.
#160658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Boshlang`ich sinfda unli tovush va harflarni o`rganish. R-fayllar.org

Bo‘g‘in ustida ishlash
Bo'g'in murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko'ra, o'quvchilarda so'zni bo'g'inlarga bo'lish ko'nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi.
O'quvchilar so'zni bo'g'inlarga bo'lishda so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o'rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so'zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so'zda nechta unli bo'lsa, uni shuncha qism (bo'g'in)ga bo'ladilar. 1-sinfda o'quv yilining birinchi yarmida og'zaki va yozma tarzda bo'g'inlarga bo'lish, shuningdek, o'qituvchi topshirig'iga ko'ra, muayyan bo'g'inli so'z tanlash mashqlari har darsda o'tkaziladi. So'zni bo'g'inlarga to'g'ri va tez bo'lish ko'nikmasini hosil qilish 1-sinfda o'tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O'quvchilar o'qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko'nikmaga tayanadilar.
O'zbek grafikasida bo'g'in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O'quvchi so'zni to'g'ri yozish uchun uni aw al bo'g'inlarga bo'ladi. Bo'g'inlardagi tovushlarning o'zaro bir-biriga ta ’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi.
O'quvchi quyidagicha muhokama yuritadi
— „Vatan" so'zida ikki bo'g'in bor. Birinchi bo'g'inga va; ya’ni v, a harflarini yozaman, ikkinchi bo'g'inga tan: ya’ni t, a, n harflarini yozaman. O'quvchi so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'indagi har bir tovushning o'rnini, tartibini aniq ko'z oldiga keltirib, bo'g'inlab aytish ko'nikmasiga ega bo'lsa, so'zdagi harflarni tushirib qoldirmay, o'rnini almashtirmay yoza oladi. Shuning uchun bo'g'in ustida ishlashga so'zni bo'g'inlab ko'chirib yozish. bo'g'inlab diktovka bilan yozish (bo'g'inlab izohlab yozish) mashqlarini ham kiritish lozim. Ikkinchidan, so'zni bo‘g‘inlarga bo‘lish ko'nikmasi o'quvchilar uchun so'zning oldingi qatorga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab to ‘g‘ri ko'chirish uchun zarur. O 'quvchilar „So'zlar bir yo'ldan ikkinchi yo'Iga bo'g'inlab ko'chiriladi" va „Bir harfdan iborat bo'g'inni oldingi yo'lda qoldirib yoki keyingi yo'Iga ko'chirib bo'lm aydi" degan asosiy bo'g'in ko'chirish qoidalarini I sinfdayoq o'rganadilar. Oddiy tuyulgan birinchi qoida ham so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'in ko'chirish qoidasiga mos keladigan maktab, Ra ’no, singil kabi so'zlar misolida juda ko'p mashqlar bilan m ustahkam lashni talab etadi. Bolalar, ayniqsa, singil, ko'ngil, tongi kabi so'zlarni bo'g'inga bo'lishda qiynaladilar, chunki bu so'zlarda bitta jarangli undosh tovaish ng harf birikmasi bilan ifodalanadi. Bu so'zlarni bo'g'inga bo'lishda bu ikki harf singlim, ko‘ng-lim, tong-gi so'zlaridagi kabi oldingi bo'g'inda qolishi, yoki si-ngil, ko‘-ngil, to-ngi so'zlaridagi kabi keyingi bo'g'inga ko'chirilishi kerak (Bir tovushni ifodalagan harfni ikkiga bo'lib bo'lmaydi). Keyingi qoida esa aka, ota, oila, mudofaa, mutolaa kabi so'zlar misolida yanada ko'proq mashq bilan o'rgatish va mustahkamlashni talab etadi. Bu qoidalar keyingi sinflarda yangi m urakkabroq so'zlar misolida mustahkamlab boriladi.



Yüklə 51,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin