Narsalar yasash uchun loy qanday tayyorlanadi? Turli joylardan olingan loy rangi bilan farqlanadi; u sarg‘ish, jigar rang, qizg‘ish, kul rang, oq, yashil-ko‘kish, qo‘ng‘ir rang bo‘lishi mumkin. Loy, uning tarkibida qum kam bo‘lsa, kuchli bo‘ladi, qum aralishmasi uni sochiluvchan qiladi. Loyni bevosita yerning o‘zidan tanlash mumkin.
P lastilin – loy, mum, yog‘, bo‘yoq va boshqa qo‘shilmalardan tayyorlangan sun’iy plastik massa. U yumshoq va qayishqoq, u uzoq qotmaydi, ammo temperatura oshganda yumshaydi va eriydi. Narsalar yasashda plastilinni qo‘lda uzoq muddat ezish tavsiya qilinadi. Plastilin bilan ishlashdan oldin uni qutisi bilan issiqroq joyga yaqin qo‘yib, bir oz isitiladi. Katta guruhlar tarbiyalanuvchilarida plastilinning yakka tayyor to‘plamlari bo‘lishi kerak. Ular plastilinning holatini o‘zlari nazorat qilib, qolgan plastilinni rangiga ko‘ra joylab qo‘yadilar.
Applikatsiya mashg‘ulotlari uchun qog‘oz, mo‘yqalamlar uchun taglik; to‘mtoq uchli qaychilar kerak bo‘ladi. Applikatsiya ishlarida oq va rangli qog‘ozlardan foydalaniladi. Asos uchun oq qalin qog‘oz: rasm albomlarning varaqlari yoki rangli qog‘oz, yupqa karton ishlatiladi. Maktabgacha katta yoshdagilar har xil rang va tusdagi jilosiz rangli qog‘ozlardan ham foydalanadilar. Katta guruhlarda har bir bola uchun turli rang va tusdagi qog‘ozlar yig‘masiga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Tasviriy faoliyatga mo‘ljallangan barcha ashyolar turlarga ajratilgan va ma’lum tartib bilan har qaysisi joy-joyiga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Qaychilar qutichada saqlanadi. Tartibli joylashtirilgan ashyo kam joyni egallaydi, yaxshi saqlanadi, ulardan foydalanish ham qulay bo‘ladi.
TASVIRIY FAOLIYATGA O‘RGATISH FANIDAN NAZORAT SAVOLLAR
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasining ahamiyati.
Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi.
Tasviriy faoliyatning boshqa faoliyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
Bolalarning tasviriy faoliyatlarining rivojlantirish vazifalari.
Bolalarning mustaqil tasviriy faoliyatlari burchagining jihozlari va materiallari.
Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyatga o‘rgatish metod va usullari.
Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullari.
Namunadan foydalanish.
Rasmlardan foydalanish.
Tarbiyachi tomonidan ishlash usulini ko‘rsatib berish.
Bolalar ishlarini tahlil qilish.
Og‘zaki metod va o‘rgatish usullari.
Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish.
Mashg‘ulot davomida tarbiyachining ko‘rsatmalari va tushunchalari.
Maktabgacha ta’lim muassasasida rasm solishga o‘rgatish.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishda rasm turlari.
Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida predmetlarning rasmini chizishga o‘rgatishning vazifalari.
Maktabgacha ta’lim muassasasida mazmunli rasm solishga o‘rgatishning vazifalari.
Maktabgacha ta’lim muassasasida dekorativ rasm solishga o‘rgatishning vazifalari.
Maktabgacha ta’lim muassasasining turli yosh guruhlarida bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish.
Maktabgacha ta’lim muassasasida loydan buyum yasashga o‘rgatish.