Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tasviriy faoliyatning nazariy va amaliy asoslari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə3/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

1. TASVIRIY FAOLIYATGA O’RGATISHNING UMUMIY MASALALARI.


1.Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tasviriy faoliyatning nazariy va amaliy asoslari.


Maktabgacha ta’limning bosh vazifasi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, shuningdek, bola shaxsini shakllantirish, uning bilimga qiziqishini, madaniy-ahloqiy ehtiyojlarini, dastlabki mehnat ko‘nikmalarini tarkib toptirish, ilmga muhabbat qo‘yish hissini tarbiyalash, ularda olam haqidagi dastlabki tasavvurlarni shakllantirish, salomatligini mustahkamlashdan iborat. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ularni tabiatni, undagi hodisalarni estetik idrok etish malakalarini tarkib toptirib borish ham ularni maktab ta’limiga tayyorlashning muhim omili hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tizimiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar uning pedagogik jihatlarini yangilash, maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar, ilgari surilayotgan ijtimoiy talablar asosida yangilab, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Bunda, birinchi navbatda, jarayonning nazariy va amaliy asoslarining mantiqiy bog‘liqligi, yosh avlodning intellektual, ma’naviy-axloqiy, jismoniy va estetik jihatdan hayotga tayyor kishilar bo‘lib yetishishlari uchun pedagogik sharoit hamda ta’lim mazmunini taqdim etish jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash tizimining samarali ishlashiga erishishni ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasi va oilada ularning keng qamrovli faoliyatini ta’minlaydigan pedagogik sharoit yaratish zarur. Bu esa bolalarda atrof-olam hamda undagi voqea va hodisalarni anglash ko‘nikmalarini tarkib toptirish vositasida ularning maktab ta’limiga tayyor bo‘lishlarini, bu jarayonda lozim bo‘ladigan sobitqadamlik, g‘oyaviylik, o‘rtoqlari, tengdoshlariga do‘stona munosabat, ularni tushunish, mehnatsevarlik kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ayniqsa, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bu borada keng imkoniyatlarga ega.
Bolalarni rasm ishlash texnikasiga o‘rgatish hech qachon birdaniga amalga oshmagan. Bolalar bop rasmlarning dastlabki tadqiqotchilari - Korrodo Richchi, Liberti Tedd, V.M.Bexterev kabilar bolalar ijodiyoti rivojlanishining o‘ziga xos jihatlarini ta’kidlagan holda, ularni rasm ishlashga o‘rgatishning zarurligini uqtirib o‘tgan .
Bolalarga rasm ishlash texnikasini maxsus mashqlar tizimi orqali o‘rgatish g‘oyasi birinchilardan bo‘lib italiyalik san’atshunos Korrodo Richchi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lib, ularsiz hatto kattalar ham bolalarning bilim saviyalari darajasida qolishi mumkinligini ta’kidlagan.
Filadelfiyadagi badiiy ishlab chiqarish maktabining direktori, akademik Liberti Tedd qo‘lning chaqqonligi, uning harakatchanligini tasvir mazmunini ifodalashning muhim sharti sifatida qaragan. Uning fikrini qo‘llab-quvvatlagan holda ta’kidlash joizki, qo‘lning chaqqonligi rasm ishlash texnikasini egallash, keng ma’noda bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish, ko‘pgina faoliyat turlaridan asqotadigan rassomlik mahoratini rivojlantirish uchun zarur. Shularni e’tiborga olgan holda Liberti Tedd rasm chizishda qo‘l harakatlari uchun maxsus mashqlar tizimini ishlab chiqdi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan bu mashqlarni bolalar jon-dillari bilan bajaradilar. Bu mashqlar tizimida faqatgina geometrik shakllarni chizdirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki tabiiy unsurlarni chizdirish va bu orqali bolalarning ona tabiatga bo‘lgan qiziqishlari, kuzatuvchanliklarini rivojlantirish lozimligini ta’kidlaydi. Bu omil O‘zbekiston sharoitida bolalarni amaliy san’atning naqqoshlik turi asoslarini o‘rganish orqali olamni anglash ko‘nikmalarini tarbiyalashda samarali qo‘llanishi mumkin. Zero, naqqoshlikning islimi turi aynan tabiatni estetik o‘zlashtirish asosida shakllarni stilizatsiyalash (badiiylashtirish) vositasida yaratiladi.
Kezi kelganda ta’kidlab o‘tish lozimki, bolalarning tasviriy faoliyati borasida, ularning tasviriy san’atning nazariy va amaliy asoslarini egallashlari yuzasidan mutaxassislarning turlicha qarashlari mavjud. Ayrim olimlarning fikricha, bolalarning tasviriy faoliyatlariga kattalarning aralashuvi mumkin emas. Bunda o‘quvchilarning o‘ziga xos qobiliyatlari o‘z ta’sir kuchini yo‘qotishi mumkin, deb hisoblaganlar. Bu ta’limot "erkin badiiy tarbiya" deb atalib, XX asrning boshlarida umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi "Rasm" (hozirgi "Tasviriy san’at") darslariga tatbiq etishga urinishlar ham bo‘lgan. Bir guruh pedagoglar, xususan, K.M.Lepilov, Y.V.Rezigroyev, V.I.Beyerlar bolalarga ta’lim berishda rasm chizish texnikasini o‘rgatishni ma’qullaganlar. Bolalarga ta’lim berishda rasm chizish texnikasini o‘rgatishga qarshi bo‘lgan olimlarga javob tariqasida K.M.Lepilov shunday deb yozadi: "Ba’zi birovlar bolalar - tugal rassomlardir, deb aytishadi. Agar ana shu nuqtayi nazardan qaraydigan bo‘lsak, menimcha, ularni umuman o‘qitish kerak emas. O‘z holiga tashlab qo‘yilgan bola ma’lum bo‘sag‘ada turib, o‘zlari uchun aniq, sevimli bo‘lgan mavzu va chizmalarda to‘xtab qoladilar, ilgarilab ketmaydilar. Boshqa tomondan ular grafik savodxonlikka ega bo‘lmaydilar". Bolalarni nimagadir o‘qitish kerakligi haqidagi fikrni rivojlantirar ekan, u rahbarning bolalarni har xil materiallarning o‘ziga xos xususiyatlarini egallashlari, ular bilan ishlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi lozimligini ta’kidlaydi. Masalan, bolalarning qo‘liga mo‘yqalam, bo‘yoqni berib, ular bilan ishlash va bo‘yoqlarni qanday aralashtirish, qog‘ozga surtishni, albatta, uning texnikasini bilgan mutaxassis amaliy ko‘rsatishi va jarayonni izohlashi lozim.
Tasviriy faoliyat badiiy obrazli hamda grafik usulda amalga oshiriladi. U harakatlar yordamida mos asboblar (qalam, mo‘yqalam) bilan amalga oshiriladi va bir qator maxsus ko‘nikma va malakalarni qamrab oladi. Ular boshqa mavjud malakalar kabi muayyan xususiyatlarni o‘rganib, bilib olib, harakatlar tartibini amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bolalar rasm ishlashga oid harakatlarda umuman harakatlarni tavsiflaydigan, ularning xususiyati esa tasviriy faoliyatning texnikaga oid tomonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini, bu jarayonda qo‘llaniladigan qurol va asboblar materiallardan foydalanishning elementar asoslarini o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.Hozirgi vaqtda qator mamlakatlarda bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini ifodalash maqsadida tasviriy ko‘nikma va malakalarning ahamiyati ortib borayotganligi bois bolalarning tasviriy bilimlarini, ijodini rivojlantirish, ularning tasviriy faoliyat borasidagi malakalarini shakllantirishning muhim shartlaridan ekanligi tan olinmoqda. Nemis olimi R.Myuller badiiy tarbiyani yaxlitligicha yaxshilash ishlarini va jumladan tasviriy faoliyatni rivojlantirish imkoniyatlari haqidagi masalani tahlil qilib, buning uchun bolalar bilim, malaka, iqtidorlikni doimo uyg‘unlikda egallashi kerak, degan xulosaga keladi. Bu uyg‘unlikka muallif bolalarning ko‘rganlarini tasvirlashni bilishi qobiliyat sifatida e’tirof etadi. Tasvirni hosil qilish uchun bolalarda narsalar va atrof-muhitdagi hodisalar haqidagi tasviriy xususiyatlarini, kuzatuvchanliklarini rivojlantirish, predmet va hodisalardagi muhim ahamiyatga ega bo‘lganlarini ajratish, u yoki bu predmetning o‘ziga xos xususiyatlarini eslab qolishning uddasidan chiqish zarur. Ana shu asosda bolalarda nimalarning rasmini chizish lozim bo‘lsa, shuni tasavvur qilishga intilish sifatlari shakllanadi. R.Myuller fikricha, yuqorida aytib o‘tilgan komponentlarni tasvirlash uchun qobiliyatni rivojlantirishning o‘zi yetarli emas. Bola muayyan tasvirni hosil qilishni uddalay olishi uchun, u texnika va materiallarni, bo‘yoqlarning qo‘llanilishini badiiy-texnik usulini va ulardan foydalanish tartibi, texnikasini bilishi lozim. U shuningdek, bolalar qo‘l harakatlarini o‘rganib, bilib olishi, ularni boshqarishni o‘rganishi kerak, deydi. Chizish texnikasi va usullarini bilish va ularni qo‘llay olish bolalarni ifodali vositalardan foydalanishga yordam berishi lozim.
Tasviriy faoliyatni o‘rganib, bilib olish uchun deyarli yaxshi namuna bo‘ladigan bu yo‘lni nemis pedagog olimlaridan biri Regel ham e’tirof etgan. U badiiy tasvir muammosining uchta tomonini: 1) butun borliq, voqelikni ko‘rsatish, tasavvur qilish; 2) yaratiladigan (chiziladigan) rasmning bir butun, yaxlitligini ko‘rsatish, tasavvur qilish; 3) badiiy-texnik vositalarning vazifasini to‘g‘ri talqin qilish, ularning qo‘llanishiga ko‘ra bir-biridan farqlash.
Nemis olimi R.Mayne bolalar ijodini real san’at nuqtai nazaridan qarab, bolalarning tasviriy faoliyat malakalarini egallab, o‘rganib bilib olishlarini rivojlantirish ularning badiiy-texnik qobiliyatlarini shakllantirishning muhim shartidir, deb hisoblaydi. U unga tasviriy harakatni kiritib, ular maqsadga qaratilgan faoliyat jarayonida rivojlanishini ta’kidlaydi. Nemis pedagogining fikricha, bolalardan harakatlarning yuqori maqsadga yo‘naltirilganligi va faoliyatning onglilik darajasiga erishish uchun ularning oldiga mazmunli, ta’sirchan va asosli talab, vazifalarni qo‘yish kerak. Badiiy ijodda oxirgisini rivojlantirish uchun kichik yoshdagi bolalar oldiga qiziqarli va muayyan harakatlarni bajarishni talab etadigan keng miqyosdagi vazifalarni qo‘yish maqsadga muvofiq. Tasvirni yaratish jarayonida bola bilan maslahatlashib olish mumkin, diqqatni ishning o‘xshashligiga, shuningdek, ularni bir necha bor qaytarilishiga ongli ravishda e’tibor berishini talab qilish lozim. Bolalar shu yo‘l orqali o‘zlarining harakatlarini ko‘rib, nazorat qilishni o‘rganadi.
Ta’limning, ayniqsa, badiiy ta’limning muhim jihatlari xususida E.Eysner (AQSh), S.Sezo, S.Tada (Yaponiya), R.Shokar (Fransiya) va boshqalar bu sohaga alohida e’tirof qaratish lozimligini ta’kidlaydilar. Ayniqsa, yapon olimlarining badiiy tarbiya sohasini, xususan, maktabgacha ta’lim va tarbiya muassasalari va maktablarda tasviriy faoliyatdan ta’lim berilishi diqqatga sazovor. Barcha bolalar ham juda kichik yoshligidan qo‘liga qalam yoki ruchka tushib qolsa, albatta, duch kelgan joylarga chizib ketaverishadi. Ularda tabiatan ijod qilish ehtiyoji va qiziqishi bo‘ladi. Bu sifatni rivojlantirish, shakllantirish esa pedagog-tarbiyachi va ota-onalarning burchidir. Har bir bolaning 100 xil qirrasi mavjud bo‘ladi, ular qobiliyatsiz bo‘lib tug‘ilishmaydi. Ularning qobiliyatini yuzaga chiqara olish yoki chiqara olmaslik mumkin, xolos. Bu degani barcha iqtidorli, qobiliyatli degani emas. Faqatgina aqlan sog‘lom bo‘lib tug‘ilgan bolalarni nazarda tutish mumkin.
Yaponiyaning badiiy tarbiya pedagogikasida turli perseptiv harakatlarni shakllantirish asosida estetik bilimlarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Ular bolalarni atrof-muhitga, borliqqa diqqat bilan qarashga, mahliyo bo‘lib tomosha qilishga, ba’zan mayda-chuydalarga, lekin ajoyib xususiyatlarga ega bo‘lgan hodisalarni detallarigacha diqqat-e’tiborni jalb qilishga o‘rgatiladi. Masalan, qotib qolgan suv tomchisini, quyoshga hamma ranglar bilan singayotgan kamalakni havas bilan, zavq bilan tomosha qilishni, shamolning esishidan barglarning shitirlashini eshitishini, yomg‘irning shov-shuvi va boshqalarni tavsiya qiladi. Bularning hammasi tabiat hodisalarini anglash jarayonida realistik asosda amalga oshiriladi. Ana shu taassurotlarning amaliy yechimi sifatida naturaga qarab rasm ishlashga katta ahamiyat beriladi. Yuqoridagi yo‘nalishlarda tasavvurlarni shakllantirish bolalarda naturadan rasm chizish uchun nazariy asos bo‘ladi.
Fransuz pedagogi P.Shokar bolalarning tasviriy ijodini rivojlantirishda qo‘l grafik ifodaning eng asosiy vosita hisoblanishini qiziqarli chizma, mundarijasini ifodalab beradi. "4 yoshdan 5 yoshgacha onalarga tegishli maktablardagi bola" kitobida bolalarni grafik ifodaga o‘rgatish zarurligini ta’kidlab, P.Shokar bu jarayonda uchta bosqichni ajratadi. Birinchi bosqich - o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan (tashqi ta’sirsiz) razm solish jarayonidan iborat bo‘lib, bu jarayonda pedagog bolani kuzatadi, uning tasvirlashga oid ko‘nikmalarini aniqlaydi, uning faoliyati mahsuldorligini baholab, fikr bildiradi. Ikkinchi bosqich - ishlov berish davri deb atalib, o‘zida bolaga tasvir usulini o‘rgatishni ifodalaydi. Bunda rahbarlik rolini tarbiyachi olib boradi. Faqat ana shundan keyingina uchinchi bosqich - erkin rasm chizishga o‘tiladi. Bu davrda tarbiyachi bolalarning rasm chizishdan tajribasini oshirishga harakat qiladi. Bu uch bosqichni o‘tab bo‘lgach, bolalarning rasm chizishlari ijod qilishga qarab yuksaladi.
Bolalarning tasviriy faoliyatini katta yoshdagilarning nazorat qilishi, rahbarligi zarurligini AQShning bir qator olimlari (B.Djefferson, E.Kramer, E.Eysner va boshqalar) e’tirof etdilar. Haqiqatan ham, E.Kramer katta yoshdagilarning rahbarligi, ularning madadi, qo‘llab-quvvatlashi bolalarning umumiy rivojlanishi va ijodning gurkirashi uchun juda muhimligi haqida yozadi. Albatta, bolalarga ko‘mak, dalda berib, ularga yo‘nalish ko‘rsatib, faoliyatini boshqarib turish lozim.
Keyingi yillarda ayrim pedagog tarbiyachilar tomonidan maktabgacha ta’lim va tarbiya muassasalari uchun bir qancha bir-biriga bog‘liq dasturlar yaratildi. Xususan, 2004-yilda rossiyalik olimlar M.A.Vasilev, V.V.Gerbova, T.S.Komarovalar tomonidan tayyorlangan tipovoy dastur, asosan, har tomonlama aniq vazifalar asosida topshiriqlar berishga, maktabgacha ta’lim yoshidagi barcha bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bolalarni maktabga tayyorlashni ko‘zda tutadi.
L.V.Kutsakova tomonidan yaratilgan «Konstruirovanie i ruchnoy trud v detskomsadu» dasturi, asosan, bolalarning konstruktorlik qobiliyatini va tasvirlashdagi ijodiy qobiliyatlarini, har xil metodlar asosida modellashtirish va konstruksiyalash bilan tanishtirishdan iborat. Bu dastur noan’anaviy usullar asosida turli materiallar yordamida konstruksiyalashni amalga oshirishni, unda qog‘oz, karton, qurilish, tabiiy, tashlandiq va boshqa materiallar bilan ishlashni nazarda tutgan.
Maktabgacha ta’limning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri ta’lim mazmunini integratsiyalash asosida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash sifatini oshirish, ayni paytda bu jarayonning uzviylik prinsipi asosida kechishini ta’minlash mumkin. Zero, integrativ tarzda bolaning emotsional hissiyotiga ta’sir o‘tkazish samarasini orttirish imkoniyati ortadi.
T.G.Kazakova tomonidan "Integratsiya" dasturi yaratilgan bo‘lib, bunda maktabgacha yoshdagi bolalarga tasviriy faoliyatning barcha turlari asosida, ya’ni rangtasvir, qalamtasvir, haykaltaryoshlik, amaliy san’at, dizayn bo‘yicha mashg‘ulotlarda, asosan, integrallashtirilgan, bir butunlikda, bir-biriga bog‘langan holda olib borishni nazarda tutgan.
T.A.Kopsevaning «Priroda i xudojnik» (Tabiat va rassom) dasturi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tasviriy faoliyatining turli qirralarini atrof-muhit bilan - o‘lka tabiati, me’moriy yodgorliklari, muzey eksponatlari umumiy mavzu asosidagi kompleks mashg‘ulotlarning mazmunli o‘tishini ta’minlaydi, bolalarni tabiatni, undagi voqea va hodisalarni, bir so‘z bilan aytganda, dunyoni anglashlarini osonlashtiradi. Zero, dunyoni anglash bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning asosiy shartlaridan biridir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun joriy etilgan dasturlardagi qurish-yasash mashg‘ulotlari dizaynerlik g‘oyalarini yechish yo‘lida izlanishlar qilish uchun yetarli imkoniyat bermaydi. Shu ma’noda, T.G. Kazakova, I.A. Likova, G.N. Panteleev, L.V. Panteleevalar tomonidan ishlab chiqilgan dasturda an’anaviy qurish-yasash mashg‘ulotlari o‘rniga "Dizayn faoliyati" shaklidagi mashg‘ulotlar tizimining berilishi zamon talabiga mos tushadigan yondashuv sifatida baholanishi mumkin.
Ye.N.Lyubimova maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga o‘z ish faoliyatida ko‘p yillar davomida tasvirlashning har xil noan’anaviy usullaridan, ya’ni barmoqlardan foydalangan holda rasm chizish, qo‘lda ranglarni bajarib tasvirlashni tavsiya qilgan. Bunda u barmoqlar bilan chizishda bosqichlar asosida ketma-ket bajarishga intilgan. Shu tariqa ranglar bilan tanishib chiqishni ham nazarda tutgan.
V.M.Baxterev bolalarning 2 yoshligidan qalamni to‘g‘ri ushlash kerakligini aytadi. 2-3 yoshli bolalarda tasviriy san’atga nisbatan qiziqish uyg‘otish, bolada rasm va illustratsiyalarda tasvirlangan holat mazmuniga mos hissiy idrokni tarkib toptirish lozim. Qalam, flomaster, mo‘yqalam, bo‘yoq (akvarel) va loy bilan ishlashda qo‘llanadigan turli harakatlarga qiziqish uyg‘otish, unda qalam, flomaster, guash bo‘yoq bilan chizish va bo‘yash, loydan turli narsalar yasash mumkinligi haqida tasavvur uyg‘otish lozim.
2-3 yoshli bolalar muayyan bir narsa tasvirini chizishga intiladilar. Sensor belgilar (rangi, hajmi, shakli)ga ko‘ra narsalarni tasniflashga harakat qiladi. Shunga ko‘ra, uni og‘zaki ko‘rsatma yoki namunaga ko‘ra tasviriy faoliyat mashqiga o‘rgatish lozim. Asosiy rang turlari (qizil, ko‘k, sariq rang) ga va oq-qoraligiga, shakl: dumaloq, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri burchak, yassiligiga hamda hajmi katta-kichikligiga ko‘ra narsalarni guruhlashga o‘rgatish tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida tarkib toptiriladigan sifatlar sirasiga kiradi.
Rasm chizishda bolalarni rangli qalam, flomaster, mo‘yqalamni farqlay bilishga, turli rasm va tasvirlar chizishga o‘rgatish, bunda bolalar diqqatini tasviriy materiallarning qog‘ozda muayyan iz qoldirishi, qog‘ozda nima chizilgani, turli chiziqlar va ularning o‘zaro birlashib ketishi natijasida nima tasvirlaganiga qaratish kerak bo‘ladi. Bolalarni qalam yordamida egri chiziqlar, doiralar, gorizontal, vertikal, uzun-qisqa chiziqlarni chizish, mazkur chiziqlar yordamida turli timsollar (qorparchalar, bayram kunlari bezak-tasmalari) ni chizishga o‘rgatish kerak. Bolalarni chiziq va tasvirlar orqali atrof-borliqdagi mavjud hodisalarni anglash va farqlashga tarbiyachi bilan birga yoki individual yakka o‘zi rasmlar "daraxt barglari to‘kilmoqda", "daraxt barglaridan qurish-yasash " ishlarini amalga oshirish "daraxt butoqlarida qor", "qorli kunlarda biror tasvirni topish" kabilarni o‘rgatish bolalarda kuzatuvchanlik va sinchkovlikni oshirishga zamin yaratadi.
Bolalarni dumaloq shaklli narsalar tasvirini chizishga o‘rgatish, masalan, "Porloq quyosh nur sochmoqda", "Koptok yo‘lka bo‘ylab dumalab ketmoqda" kabi mashg‘ulotlar bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, xulqi, qiziqishi va kundalik munosabatlarida anchagina jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash jarayonida uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malaka bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtirish, o‘z navbatida, bolada kechadigan moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklarsiz o‘tishiga yordam beradi. Bolaning maktabga qadam qo‘yayotganida nechog‘liq bilimga ega ekanligi emas, uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashish ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va harakat qilishi muhimroq hisoblanadi. Shuning uchun ham tasviriy faoliyat mashg‘ulotlariga bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning ishonchli vositasi sifatida qarash lozim. Zero, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarni atrof-muhitni estetik o‘zlashtirishga ustuvor tarzda qaraladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin