Mavzu: Blokcheynda moliyaviy xizmatlar sektori


Qiymatlarni saqlashning amalga oshirilishi



Yüklə 43 Kb.
səhifə2/2
tarix07.11.2022
ölçüsü43 Kb.
#67869
1   2
Blokcheynda moliyaviy xizmatlar

2. Qiymatlarni saqlashning amalga oshirilishi.
Ko’pchilik an’anaviy moliyaviy institutlar xususiy shaxslar, tashkilotlar va davlatga tegishli bo‘lgan qiymatlar saqlanadigan ombor vazifasini bajaradi. O‘rtacha statistik fuqaro uchun bank moliyaviy aktivlarni bank yacheykasida, jamg‘armada yoki joriy hisob raqamida saqlaydi. Likvidlik zarur bo‘lgan va naqd ekvivalentga kichik foiz talab qilinadigan yirik tashkilot uchun esa bular risksiz investitsiyalar, masalan, g‘aznachilik obligatsiyalari yoki qisqa muddatli vositalar bozoriga investitsiyalar hisoblanadi. Blokcheyn tizimi ishga tushgan taqdirda, xususiy shaxslar qiymatlarni saqlash, jamg‘armani boshqarish yoki joriy hisobraqami hizmatlariniyuritish uchun banklarga tayanishga majbur bo‘lmaydilar, tashkilotlarda esarisksiz moliyaviy aktivlar xarid qilish va ularga egalik qilishning samraaliroq mexanizmlari paydo bo‘ladi.
Kreditlashning amalga oshirilishi. Moliyaviy institutlar ipotekadan tortib, qisqa muddatli veksellargacha kreditlar berishni amalga oshiradi. Shu tufayli kredit kartalari, ipoteka kreditlari, korporativ, munitsipal vadavlat obligatsiyalari, aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni bilan ishlash jarayonlari ancha soddalashtiradi. Kreditlash mexanizmi kreditga layoqatlilikni tekshirish, kredit tarixini yuritish, kredit reytinglari tayinlash uchun bir qator qo‘shimcha tarmoqlar yuzaga keltirdi. Xususiy shaxslar uchun kredit tarixi muhim, tashkilotlar uchun esa
–«investitsion sinf»dan to «axlat»gacha bo‘lgan kredit reytinglari mavjud. Blokcheyn tizimida esa istalgan shaxs an’anaviy qarz majburiyatlarini to‘g‘ridan- to‘g‘ri chiqarishi, ayirboshlashi va tartibga solishi, shu tariqa, risk va harajatlarni pasaytirishi hamda tezlik va shaffoflikni ancha oshirishi mumkin. Bu xolda iste’molchilar bevosita boshqa iste’molchilardan qarz olishi ham mumkin bo‘ladi. Bu ayniqsa, bank hizmatlari bilan qamrab olinmaganlar va butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritadigan halqaro tadbirkorlar uchun juda muhim amaldir.
Qiymatlar almashinishining qanday o’zgarishi. Moliyaviy bozorlar har kuni butun dunyo bo‘ylab umumiy qiymati trillionlab dollarni tashkil qiladigan moddiy aktivlarni ayirboshlashga imkon beradi. Savdo bu – investitsiyalash, birjada o‘ynash, xedjirlash va arbitraj, jumladan, bitimdan keyingi kliring tsikli, tartibga solish va saqlash maqsadida aktivlar va moliyaviy vositalar sotish va sotib olishdir. Blokcheyn tizimi har qanday tranzaksiyalarni tartibga solish vaqtini hafta va kunlardan daqiqa va soniyalargacha qisqartirishga imkon beradi.
Homiylik va investitsiyalarning amalga oshirilishi. Kompaniyayoki yangi korxonaga investitsiya kiritish kapital qiymatining ortishi, dividendlar olish, foizlar, renta va ularning xilma-xil kombinatsiyalari ko‘rinishida daromad olish imkonini beradi. Raqamli tarmoq mexanizmi investorlarni tadbirkorlar va kompaniyalar egalari bilan rivojlanishning «farishta» bosqichidan tortib,IPOgacha va uning boshqa turli rivojlanish bosqichlarida uchrashtirgan holda ko’plab bozorlar vujudga keltiradi. Mablag‘lar jalb qilish odatda vositachilarni, masalan, investitsion banklarni, venchurli investorlarni va huquqshunoslarni talab qiladi. Blokcheyn tizimi esa ularning yuqorida tavsif etilgan ko‘plab funksiyalarini avtomatlashtiradi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pirringli moliyalashtirish uchun yangi modellardan foydalanishga imkon beradi, shuningdek, dividendlar hisoblash va tegishli kupon to‘lovlarini amalga oshirishni yanada samaraliroq, shaffofroq va ishonchliroq qiladi.
Qiymatni sug‘urta qilish va risklarni boshqarishning amalga oshirilishi. Risklarni boshqarish va uning xususiy holati bo‘lgan sug‘urtalash xususiy shaxslar va kompaniyalarni ko‘zda tutilmagan yo‘qotishlar va haloqatlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Kengroq ma’noda moliya bozorlarida risklarni boshqarish, ularni oldindan aytish yoki nazorat qilish hamda qiyin bo‘lgan hodisalarni xedjirlash uchun bir talay hosila, murakkab strukturalangan moliyaviy mahsulotlar va vositalar yuzaga keltirgan. So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirgi davrda barcha ommaviy ochiq bo‘lgan hosila qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati 600 trln dollarni tashkil qilar ekan. Blokcheyn tizimi sug‘urta qilishning nomarkazlashgan modellarini qo‘llab- quvvatlaydi, bu esa risklarni boshqarish hamda hosila qimmatli qog‘ozlardan foydalanish jarayonini yanada shaffofroq qiladi. Insonning ijtimoiy va iqtisodiy kapitaliga, uning harakatlari va boshqa nufuzga oid ko‘rsatkichlarga asoslangan blokcheyn tizimining o‘zi sug‘urta qiluvchilarga aktuar riskni yaxshiroq tushunish va turli jarayonlardan xabardor bo‘lgan holda qaror qabul qilishiga imkon yaratadi. Qiymatlar buxgalteriya hisobining amalga oshirilishi. Buxgalteriya hisobi – iqtisodiy jarayonlar qatnashchilari haqidagi moliyaviy axborotni o‘lchash, qayta ishlash va uzatishdir. Ko‘p milliardlab mablag’lar aylanadigan ushbu tarmoqni to‘rtta audit gigantic, ya’ni,Deloitte Touche Tohmatsu, PricewaterhouseCoopers, Ernst & Young va KPMGkompaniyalari nazorat qiladi. An’anaviy buxgalteriya hisobi amaliyotchilarizamonaviy moliyani tezligi va murakkabligi tufayli unchalik yaxshi boshqara olmayaptilar. Blokcheyn taqsimlangan registrini qo‘llaydigan yangi usullar ea audit va moliyaviy hisobotlarni shaffof qiladi va ularni real vaqt rejimida faol olib borishga imkon beradi. Shuningdek, utartibga soluvchi organlar va boshqa manfaatdor shaxslarning korporatsiya ichidagi moliyaviy faollikni kuzatib borish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.Blokcheyn shuningdek, davlatning moliya hizmatlari sohasini nazorat qilishdagi roli haqidagi munozaralarni ancha jonlantirib yubordi. Agar ularni so‘zning keng ma’nosida kommunal hizmatlar sifatida qabul qiladigan bo‘lsak, odatda davlat tomonidan qattiq tartibga solinadigan xomashyo monopoliyalariga o‘xshatish mumkin bo’ladi. Biroq, blokcheyn texnologiyasi risklarni pasaytirish hamda shaffoflik va tezkorlikni oshirishni va’da qilishi sababli, texnologiyaning o‘zi tartibga solish funksiyalarini bajaradi3. Biroq, agar tartibga soluvchi organlar banklar va bozorlarda ichki jarayonlarga yo‘l topish imkoniga ega bo‘lsa, unda ayrim qonunlarni soddalashtirish, boshqalarini esa umuman bekor qilish mumkindir? Bu savolga javob berish ancha qiyin masala. Bir tomondan, tartibga soluvchi organlar innovatsiyalar ulkan tezligini hisobga olgan holda o‘zining nazorat funksiyasini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi. Boshqa tomondan, banklar davlat nazoratidan chetda qolib ketgan holatda bir necha marta halollikni ham yodidan chiqarib qo‘yishgan.Tadbirkorlar uchun investorlar izlab topish – jiddiy o‘zgarishlar kutib turganmoliya hizmatlari industriyaining sakkizta funksiyasidan biridir. Qimmatli qog‘ozlarni qisman joylashtirish, aksiyalar va xususiy investitsiyalarni tijorat kapitaliga birlamchi va ikkilamchi joylashtirish (PIPE) orqali aksiyadorlik kapitali to‘plash jarayoni 1930-yillardan buyon jiddiy o‘zgarishlarga uchramadi. Endilikda esa, barchamizga ma’lum va mashhur bo’lgan kraudfanding platformalari kichik biznesning internet orqali kapitalga yo‘l topishi mumkinligini ko’rsatdi. Horijiy mamlakatlarda qo’llaniladigan Oculus Rift va Pebble Watch platformalari – ushbu modelning birinchi qadamlari desak ham bo’ladi. Lekin avvlagidek, qatnashchilar kapitalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qila omlaydilar. AQSHda startaplarga ko‘maklashish haqida yangi qonun maydainvestorlargabevosita kraudfanding kampaniyalari orqali mablag‘ kiritishga imkon beradi, lekin investorlar va tadbirkorlarga buning uchun avvalgidek Kickstarter yoki Indiegogo kabi vositachilar hamdaan’anaviy to‘lov usuli, odatda bank kartalari PayPal zarur. Vositachi bu ishlarning hakami hisoblanadi, jumladan, kimga nima tegishli ekanligini u hal qiladi.Blokcheynda aksiyadorlashtirish (bu bir variant) ushbu konsepsiyani yanada rivojlantiradi. Endi kompaniyalar «blokcheynda» moliyaviy mablag’lar to‘plashi, kompaniyaning moddiy qiymatlariga mos keladigan tokenlar yoki virtual qimmatli qog‘ozlar chiqarishi mumkin. Ular aksiyalar, obligatsiyalar yoki boshqalar bilan bog‘liq holatda bo‘lgani kabi, tokenlarning egalariga kompaniya qaysi bashorat bozorlarini ochishini hal qilish huquqini bergan holda,raqamli platformada kotirovka qiladigan bozor qatnashchilari pozitsiyalarini aks ettirishi mumkin. Ethereum oldindan berilgan buyurtmalar bo‘yicha o‘z tokeni, ethersotish uchun tamomila yangi blokcheyn tizimi rivojlantirishni moliyalashtirib, yanada katta muvaffaqiyatga erishdi. Hozirda Ethereum –uzunligi bo‘yicha ikkinchi va rivojlanish sur’ati bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan ommaviy blokcheyn tizimi hisoblanadi. Augur kraudfandingida investitsiyalarning o‘rtacha summasi 750 dollarni tashkil qiladi, lekin 1 dollar yoki hatto 10 sentlik minimal obunalarni tasavvur qilish ham unchalik qiyin emas. Dunyoda istalgan kishi – hatto aholining eng qashshoq qatlamlari va eng uzoq mintaqalar aholisi ham – fond bozorinig investoriga aylanishi mumkin. Augur rahbarlar jamoasining hisoblashicha, bashorat bozorlarining yagona amaliy chegarasi - tasavvurdir. Augurga istalgan shaxs yakuniy sanasi aniq bo‘lgan ma’lum bir bashorat e’lon qilishi mumkin.Augur kelajakdagi hodisalar – sport musobaqalari, saylovlar, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, mashhur kishilarning farzandlari kelajagini aniq bashorat qilish uchun foydalanuvchilarni mukofotlaydigan bozorlarni bashorat qilish uchun mo’ljallangan nomarkazlashgan raqamli platforma yaratadi. U qanday faoliyat ko‘rsatadi? Augur foydalanuvchilari qiymati u yoki bu natija ehtimoli bilan belgilanadigan bo‘lg‘usi hodisa natijasi aksiyalarini sotishi yoki sotib olishi mumkin. Agar ehtimol 50 ga 50 ni tashkil qiladigan bo‘lsa, aksiyalar xarid qiymati 50 sentni tashkil qiladi. Augur «ommadonishmandligi»ga – hodisaning natijasini ko‘p sonli odamlar guruhi bitta yoki bir nechta ekspertdan ko‘ra aniqroq aytib berishi mumkin deb hisoblaydigan ilmiy tamoyilga tayanadi. Boshqacha qilib aytganda, Augur bashoratlar aniqligini oshirish uchun bozor mexanizmidan foydalanadi. Avvalroq Hollywood Stock Exchange, Intrade va HedgeStreet (endi Nadex) kabi markazlashtirilgan bashorat bozorlari tashkil qilishga urinishlar ham bo‘lgan, lekin ularning katta qismi yopilib ketgan yoki yuridik va tartibga solish bilan bog‘liq muammolar tufayli umuman ishga tushirilmagan.Blokcheyn texnologiyasidan foydalanish bunday tizimni nisbatan chidamli, aniqroq, xatlar, majburlashlar va likvidlik muammosiga nisbatan barqaror qiladi. Augur platformasida hakamlar «referi» deb ataladi, ularning qonuniyligi esa ularning nufuzi bilan belgilanadi. «To‘g‘ri xulq-atvor uchun» - ya’ni ro‘y bergan voqea, saylov yoki o‘yin natijasi uchun – ko‘proq nufuz ochkosi yoziladi. Tizimda axloqiy me’yorlarga rioya qilish boshqa moddiy foydaga ham olib keladi: foydalanuvchida qanchalik ko‘p nufuz ochkosi bo‘lsa, u shunchalik ko‘p bozorlar tashkil qilishi va ko‘proq pul ishlab topishi mumkin. Augur ta’kidlashicha,
«bizning bashorat bozorlarimiz boshqa tomon bilan, markazlashtirilgan serverlar bilan bog‘liq risklarni bartaraf qiladi hamda kriptovalyutalar, jumladan, blokcheyn, ether va barqaror kriptovalyutalarni qo‘llagan holda global bozorni shakllantiradi. Barcha mablag‘lar smart-shartnomalarda saqlanadi, pullarni o‘g‘irlab bo‘lmaydi». Augur huquqbuzarliklarga nisbatan nolga teng bo‘lgan sabr-toqatni joriy qilib, noaxloqiy shartnomalar muammosini ham hal qiladi.Bashorat bozorlari yakuniy hodisalarga stavkalardan manfaatdor bo‘lgan investorlar uchun foydali, masalan:
«IBM daromadi bu chorak hech bo‘lmasa 10 sentga o‘sadimi?» Hozir korporativ foydaning dastlabki bahosi – bir nechta ekspert tahlilchilar bashoratlarining o‘rtacha yoki mediana qiymati, xolos. «Omma donishmandligi»dan foydalanib, biz kelajak uchun realistik bashorat qilamiz, bu esa bozorlarni yanada samarali qiladi. Bashorat bozorlari anomal hodisalar va global noaniqlikka qarshi xedjirlash uchun hizmat qilishi ham mumkin. Bashorat bozorlari butun dunyo bo‘ylab investorlarni ertaroq xabardor qilish tizimi sifatida xolisona ishlashi ham mumkin.Bashorat qilish bozorlari moliya tizimining ko‘plab jihatlarini to‘ldirishi va oxir-oqibat o‘zgartirishi mumkin. Xaridlar, rahbariyatning almushinuvi haqida hisobotlar bo‘yicha bashorat bozorlarini tasavvur qilib ko‘ring. Bashorat bozorlari axborotlari asosida bozorni xedjirlash va qadriyatlarni sug‘urtalash amalga oshirilishi mumkin va istiqbolda ular hatto optsionlar, foiz stavkasi svoplari va kredit defolti svoplari kabi mistik moliyaviy vositalarni siqib chiqaradi.Albatta, bashorat bozori hamma joyda ham kerak emas, albatta. U yetarli miqdorda odamlar qiziqib qolmagunga qadar e’tiborni jalb qilish qilish uchun kerakli darajada likvidli bo‘lmaydi. Lekin baribir uning salohiyati ulkan va hamma uchun ochiq hisoblanadi. Blokcheyn texnologiyalarimoliya hizmatlari bozorining chakana banking va kapital bozoridan tortib buxgalteriya hisobi va tartibga solishgacha bo‘lgan barcha turlari va funksiyalariga ta’sir etadi. Shuningdek, ular banklar va moliyaviy institutlarning jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Agar eski dunyo qattiq ierarxiyaga ega, sust, yopiq va shaffof emas bo‘lsa, o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatsa va kuchli vositachilar tomonidan nazorat qilinsa, yangi dunyo tekisroq, piring qarorlari taklif qiladigan va ishonchli, shaffof, funktsiyalari bir-biriga kiritilgan va innovatsion bo‘ladi. Albatta, o‘zgarishlarnormal faoliyat ko‘ratishning buzilishi va beqarorlikka olib keladi, lekin tarmoq yetakchilari bugunning o‘zidayoq bu borada qandaydir choralar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Moliyaviy hizmatlar sohasini yaqin yillarda qisqarish ham, o‘sish ham kutib turibdi: kamroq sonli vositachilar ancha kichik harajatlar bilan ko‘p sonli kishilarga ko‘proq mahsulot va hizmatlar taklif qilishlari mumkin. Nomarkazlashgan dunyoda ochiq va yopiq blokcheynlar o‘ziga joy topa oladimi, yo‘qmi – bu tortishuvli masala. O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasining bartaraf
qilib bo‘lmaydigan kuchi hozirgi kunda zamonaviy moliyaning mustahkam o‘rnashib olgan, tartibga solib tashlangan va rivojlanishdan to‘xtagan infratuzilmasiga hujum qilmoqda. Ularning to‘qnashuvi moliya tizimi landshaftini o‘n yilliklarga o‘zgartirib yuboradi.Umid qilamizki, u nihoyat industrial davrning pul mashinasidan platformasiga aylanadi.Potensial foyda olish taklifi bilan jalb qilinganbir nechta kompaniya blokcheynlar uchun qidiruv dasturlari yaratish muammosi ustida ishlamoqda. Google dunyodagi barcha axborotlarni yig’ish va tashkil qilish missiyasini o‘z zimmasiga olgan va bu masalani tadqiq etishga kompaniya juda ko‘p mablag’ va inson resurslarini sarflaganiga ajablanmasa ham bo‘ladi.Internetda qidirish va blokcheynda qidirish o‘rtasida uchta asosiy farq bor. Birinchidan, bu foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi. Shu bilan bir vaqtda tranzaksiyalar shaffof, har biri o‘zining shaxsiy ma’lumotlari egasi bo‘lib, ular bilan qanday muomala qilishni o‘zlari hal qiladilar. Jarayonda nomini ma’lum qilmagan holda yoki taxallus ostida (o‘ylab topilgan nom ostida - anonim) yoki soxta-anonim (qisman anonim) ravishda ishtirok etishi mumkin. Ko‘plab kompaniyalar personal yollash jarayonini qayta ko‘rib chiqishi va qayta tashkil qilishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, kadrlar bo‘yicha mutaxassis blokcheynga yopiq savollar (ha/yo‘q) berishni o‘rganishi lozim: «Siz odammisiz?», «Amaliy matematika sohasida oliy ma’lumotingiz bormi?», «Scrypt, Python, Java, C++ dasturlarida dasturlashtirishni bilasizmi?» Firmalarda paydo bo‘ladigan mojarolarga yana bir sabab, shartnoma harajatlari, narx muhokamasi, tovar yoki hizmatlar taqdim etish shartlarini tavsiflash va hajmini aniqlash, bu bitimlarning bajarilishini ta’minlash va tartibga solish hamda ularning ijro etilmagani uchun choralar ko‘rish hisoblanadi. Shartnoma va bitimlar – nisbatan yangi hodisa bo‘lib, biz mulkni emas, majburiyatlarni almashina boshlaganda paydo bo‘lgan. Og‘zaki bitimlar ishonchsiz bo‘lib chiqdi: ularni buzib ko‘rsatish, noto‘g‘ri eslab qolish mumkin bo‘ladi, guvohlarga esa doim ham umid qilib bo‘lmaydi. Shubha va ishonmaslik yangi odamlar bilan birgalikda ishlashga to‘sqinlik qiladi. Shartnomalarni zudlik bilan ijro etish lozim, shartlarning bajarilishini ta’minlashga esa faqat kuch bilan tahdid
solish hisobiga erishilgan – buning rasmiy mexanizmlari mavjud bo‘lmagan. Yozma shakldagi shartnoma majburiyatlarni qayd qilish, ishonch asosida munosabatlar o‘rnatish va bir-biridan kutadigan natijalarni tavsiflash usuliga aylangan. Yozma shartnomalar tomonlardan biri o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki kutilmagan voqea yuz bergan hollarda nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. Blokcheyn, shartnoma harajatlarini pasaytirib, firmalarga ochilish va o‘z sarhadidan tashqarida yangi munosabatlarni rivojlantirishga imkon beradi. Consensys (kelishuv), masalan, uning hududida ham, hududidan tashqarida ham turli qatnashchilar guruhi bilan o‘zaro munosabatlarni yuzaga keltirishi mumkin, chunki bu munosabatlari an’anaviy menejerlar emas, smart-shartnomalar boshqaradi. Qatnashchilarning o‘zlari hammani qoniqtiradigan maqsadlarni belgilaydi va ularga erishganlik uchun mukofot oladi – bularning hammasi blokcheynda bajariladi.
Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin