Mavzu: Axloqiy kategoriyalar va me’yorlar. Reja: Axloqning mazmun va mohiyati



Yüklə 31,1 Kb.
səhifə8/8
tarix25.04.2023
ölçüsü31,1 Kb.
#102528
1   2   3   4   5   6   7   8
2-topshiriq

Korrupsiya – uchinchi va ikkinchi dunyo mamlakatlari, ya’ni qoloq va rivojlanayotgan davlatlar mag‘lub bo‘layotgan yagona g‘anim, xalqni farovon hayotdan to‘sib turgan to‘siq. Ilm-ma’rifatdan uzoqlashayotgan jamiyatda ochko‘z va noinsof odamlar voyaga etadi. Ular hech qachon o‘lmaydigandek yashashga o‘rganadilar. Va. kun kelib hech qachon yashamagandek o‘ladilar. Bunday muhitda poraxo‘rlik yagona qonunga aylanadi. Korrupsiyaning qurboni esa xalq; natijasi – qashshoqlik bo‘lib qolaveradi.
Halol va vijdonli hukumatni halol va vijdonli odamlar yaratadi. Adolatli va halol yo‘lboshchi – xalqning omadi. Yаxshi hukumat tepasida doimo hayotning va boylikning o‘tkinchi ekani, mansab odamlarga yaxshilik qilish uchun vosita ekanini anglaydigan odamlar turishgan. Mahatma Gandi aytgani kabi, ular hech qachon toza vijonlariga nopok odamlarning kir oyoqlari bilan chiqishlariga yo‘l qo‘yishmagan.
Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foyda­lanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida o‘z mansabidan foydalanish, fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi.
Kishilik dunyosi korrupsiya bilan qadimdan beri kurashib keladi. Korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida davlat hamda uning boshqaruv sohasidagi mansabdor shaxslari paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan.


Yüklə 31,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin