Mavzu: Axborotlarni grafik shaklda ishlab chiqish. Reja: Grafik ob‘yeklar haqida ma‘lumot. Kompyuterda grafik ob‘eklarni tasvirlash



Yüklə 365,32 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü365,32 Kb.
#167223
Reja Grafik ob‘yeklar haqida ma‘lumot-fayllar.org



Mavzu: Axborotlarni grafik shaklda ishlab chiqish.
Reja:

1.Grafik ob‘yeklar haqida ma‘lumot.

2.Kompyuterda grafik ob‘eklarni tasvirlash.

Ularda axborot grafik obyektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko‘rinishida tasvirlanadi. Operatsion tizimning barcha grafik obyektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo‘l bilan kompyuterda hosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak.Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Ular bilan siz 3-bobda tanishib chiqqansiz. Eng ko‘p tarqalgan qurilma — bu skanerdir. So‘nggi paytda raqamli fotokameralarning ham qo‘llanish ko‘lami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo‘l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo‘yiladi. U yerdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma'lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo‘yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o‘tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz. Tasvirni kompyuterga videokameradan ham kiritish mumkin. Videoning ketma-ketlikdagi biror kadrni tanlashi va uni kompyuterga kiritishi tasvirni ushlab olish deyiladi.


Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yokiuni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o‘zida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun grafik muharrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab chiqilgan. Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik obyektlar va fayllarda bo‘lgan nografik obyektlar o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter grafikasi uch turga bo‘linadi:
Rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular o‘rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o‘tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka (ENT)larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo‘ylab bir marta chopib o‘tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilguncha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi — chiziqdir.
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo‘ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo‘llaniladi.
Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidanvujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr — bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat. Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar yordamida kamdan -kam holdagina yaratiladi. Ko‘pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo‘ljallangan ko‘pgina grafik muharrirlar asosantasvirlarga ishlov berishga mo‘ljallangan. Internet tizimida ko‘proq rastrli tasvirlar qo‘llanilmoqda.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya'ni bunda tasvirlar formulalar yordamida quriladi. Fraktal grafika odatda o‘yin dasturlarida qo‘llaniladi. 

Kоmpyutеr yordamida qanday ishlarni amalga оshirish mumkin ekanligi va buning uchun fоydalanuvchi tоmоnidan nimalar lоzimligini bilish uchun, avvalо SHEHM ning tuzilishi hamda uning ishi nimalarga asоslanganligi bilan tanishib chiqish kеrak bo`ladi.


Kоmpyutеr bоsma mahsulоtlarni ishlab chiqarishda matnli axbоrоtlar ustida ish оlib bоrish uchun qo`llaniladi. Bu axbоrоtlar ustida ish оlib bоrish qоidalari esa EHMga yozilgan turli dasturlar (prоgrammalar) оrqali bеlgilanadi. Ana shuning uchun ishni avvalо axbоrоt tushunchasi bayonidan bоshlaganimiz ma’qul.
Axbоrоt оlamdagi butun bоrliq, undagi ro`y bеradigan hоdisalar haqidagi xabar va ma’lumоtlardir. Axbоrоt insоn nutqida, kitоblardagi matnlarda, оlimning ixtirоsida, musavvir tasvirida, turli o`lchоv asbоblarida va bоshqalarda mavjuddir. Ana shu turli-tuman axbоrоtlardan insоn o`z оldiga qo`ygan maqsad yo`lida fоydalanadi.
Agar qolipdagi bosiluvchi qismlar oraliq qismlaridan baland joylashsa, bunday qoliplardan bosish bo’rtma bosma deb ataladi. Bo’rtma usulda bosiladigan mahsulotlarga ko’pgina broshyura, kitob va ro’znomala, kichik nusxa nashrlar (10-25 ming nusxa.), bir yoki ikki bo’yoqli ko’p adadli nashrlar (50% shtrix va 5% tusli rasmlar bo’lsa), yirtma kalendarlar, oynomalarning bir qismi, otkritkalar va ko’pgina boshqa nashrlar kiradi.
Agar qolipning hamma qismlari deyarli bir sathida yotsa, bu ofset bosma bo’ladi.
Ofset bosmada qolip tayorlashning asosi qolip materiali sirtini fizik-kimyoviy xossalarini sun’iy o’zgartirishdan iborat. Hozirgi kunda ko’p rangli an’anaviy nashrlar (bolalar kitobi, geografiya xaritalari, kartalar, plakatlar) bilan birga 10-25 ming nusxa, 5% tusli rasmli nashrlar, badiiy jihatdan yuksak nashrlar, kichik nusxali va kichik hajmli nashrlarni qisqa vaqt ichida chiqarish lozim bo’lganda va rangli ro’znomalar, kitoblar, broshyuralar ham ofset usulida chop etilmoqda.
Agar qolipning bosiluvchi qismlari oraliq qismlaridan pastda bo’lsa, bunday bosma chuqur bosma deb ataladi.Chuqur bosmada bo’yoq qolipga mo’l qilib surkaladi, so’ngra oraliq qismlaridagi ortiqcha bo’yoq maxsus po’lat plastina - rakel bilan sidirib olinadi. Hozir rakelli chuqur bosma rasmli nashrlar - fotosuratli albomlar, san’at kitoblari, ko’p sonli, rangli rasmli va ko’p adadli (40-50 ming) oynomalarni chop qilishda qo’llanilmoqda.
Trafàret bosma usulida qolip o’ziga xos to’rsimon tuzilishga ega bo’ladi. nusxa bu holda quyuq bo’yoqni qolip ichidan bosiluvchi qismlar hisoblangan teshiklardan bosiladigan materialga rakel yordamida siqib chiqarish yo’li bilan hosil qilinadi. Trafaretli bosmaning qo’llanilishi cheklangan bo’lib, undan, masalan, asboblar shkalasi, shimmaydigan sirtlarga yozish va boshqa tasvirlarni bosishda, shuningdek, ba’zi kam nusxali plakatlarni bosishda foydalaniladi.
Bosma qoliplar bosish usuli, bosma mahsulotning xarakteri, asl-nusxani aniq qayta tiklash darajasi, geometrik belgilar, material, vazifasi bo’yicha turlanadi.
1.Bosma usul bo’yicha: a) yuqori bosma usul uchun (metalldan va plastmassadan tayorlangan); yuqori ofset, fleksografiya, fotopolimer qoliplar; b) tekis (ploskiy) bosma usul uchun qoliplar (ofset, litografiya, fototipiya); v) chuqur bosma usul uchun qoliplar; g) trafaret bosma usul uchun qoliplar; d) maxsus bosma usul uchun qoliplar (elektrografikli, ferromagnitografikli, lazerli-golografikli).
2. Bosma mahsulotining ko’rinishi bo’yichà: a) matnli qoliplar (matn, formula, jadval); b) aralash qoliplar - matn va rasmdan iborat; v) rasmli qoliplar (shtrixli, tusli va aralash).
3. Asl nusxani aniq qayta tiklash darajasi bo’yicha: a) harfdan tayyorlangan qolip; b) fotomexanik usuli bilan tayorlangan qolip.
4. Geometrik belgilar bo’yicha: a) tekis - literalardan, yaxlit qator va sahifalardan, plastinalar ustida; b) g’altakli (rotatsion).
5. Material bo’yicha: a) metalldan tayorlangan (Zn,Al,Cu, Mg ) qolip; b) nometalldan tayorlangan - polistirol, polivinilxlorid, poliamid, polipropilen, rezina - qolip.
6. Vazifasi bo’yicha: a) bosim ta’sirida bosish; b) plastmassa materialida naqsh solib bosish; v) mexanik kuchsiz bosish; g) bosma qolip tayaorlash uchun.
Bundan tashqari yuqori bosma usulida qoliplar dastlabki va stereotip turlariga bo’linadi. Stereotip qolip - bu dastlabki qolipni nusxasi bo’lib, ular quyma, galvanoplastik, presslangan (nometall) va aralash tayorlangan bo’lishi mumkin.
Axbоrоtni o`lchash va EHMda saqlash:
Kоmpyutеrlarda ishlatiladigan aksariyat qurilmalar faqat ikki xil – «o`chiq» va «yoqiq», «ha» va «yo`q», «оchiq» va «yopiq» kabi hоlatlarda bo`lishi mumkin. Sоddalik uchun bu hоlatlarning birinchilarini 1, ikkinchilarini esa 0 dеb bеlgilab оlaylik. Faqatgina 0 va 1 raqamlaridan tashkil tоpgan bir nеcha hadli kеtma-kеtliklar yordamida sоnlarni, turli matnlarni va umuman ixtiyoriy axbоrоtlarni ifоdalash imkоniyatlari mavjud.
EHMda saqlanadigan eng kichik axbоrоt o`lchоv birligi bit dеb qabul qilingan bo`lib, bit ikkilik sanоq sistеmasidagi 0 yoki 1 raqami bo`lishi mumkin. 8 bitdan ibоrat kеtma-kеtlik bayt dеyiladi.
Shaxsiy kоmpyutеrning umumiy ko`rinishi rasm 1 da ko`rsatilgan. Ammо mazkur rasmda kоmpyutеrning imkоniyatlarini yanada оshiruvchi bir nеcha qo`shimcha qurilmalar ko`rsatilgan emas. SHK ning asоsiy tashkil etuvchilari quyidagi qurilmalardir:
Sistеmalar blоki — mazkur blоk tеzkоr xоtira, riyoziy va mantiqiy amallarni bajaruvchi elеktrоn sxеmalardan ibоrat.
Magnit disklari — оdatda bu blоk sistеma blоkiga o`rnatilgan ishlоvchi blоk bo`lib, egiluvchan magnitli disklardagi (disk yurituvchi) axbоrоtni o`qish va axbоrоtni saqlash ishlarini bajaradi.

Qattiq disklar bilan — «vinchеstеr» dеb ham nоmlanuvchi bu blоk ishlоvchi blоk sistеma blо-kiga o`rnatilgan bo`lib, qattiq magnitli disklardagi axbоrоtni o`qish va axbоrоtni yozish ishlarini bajaradi.


Rasm. IBM PC kоmpyutеrining umumiy ko`rinishi
Displеy -matn va tasvir ko`rinishidagi axbоrоtlarni ekranga chiqarish qurilmasi.

Klaviatura - kоmpyutеrga buyruq va axbоrоtlarni kiritish qurilma-si.


Printеr - matn va tasvir ko`rinishidagi axbоrоtlarni bоsmaga chiqarish qurilmasi.
IBM PC kоmpyutеrining sistеma blоki quyidagilardan ibоrat:
Asоsiy mikrоprоsеssоr - kоmpyutеr ishini bоshqaradi va barcha hisоblashlarni bajaradi.
Tеzkоr xоtira - kоmpyutеr tоmоnidan bajariladigan dasturlar va ana shu dasturlar uchun zarur bo`lgan axbоrоtlar tеzkоr xоtiraga yuklanadi. Tеzkоr xоtira hajmi оdatda 640 Kbaytga tеng, ammо uning hajmini оshirish imkоniyatlari ham mavjud.
Elеktrоn sxеmalar - kоmpyutеrning turli qurilmalari ishini (kоntrоllеrlar) bоshqarib turadi.
Kiritish – chiqarish — bu pоrtlar yordamida prоsеssоr tashqi pоrtlari qurilmalari bilan axbоrоt almashadi. Maxsus pоrtlar ichki qurilmalargagina xizmat qiladi. Umumiy pоrtlarga esa sichqоncha, printеr, tarmоq adaptеri va turli bоshqa qo`shimcha qurilmalarni ulash mumkin.
Qattiq magnitli disklarda kоmpyutеr bilan ishlash uchun zarur bo`lgan barcha dasturlar masalan, оpеratsiоn sistеma, matn muharrirlari, turli dasturlash tillari fayllari va h.k. saqlanadi. Vinchеstеr kоmpyutеr bilan ishlashda katta qulayliklar yaratadi. Hajmi jihatidan juda katta bo`lgan dasturlarni vinchеstеrsiz ishga tushirish ba’zan mumkin ham emas.
Fоydalanuvchi uchun vinchеstеrlar avvalо bir-biridan hajmlari bilangina farq qiladi. Bugungi kunda 10 Mbaytdan tоrtib bir nеcha yuz Mbaytgacha bo`lgan vinchеstеrli kоmpyutеrlar mavjud.
Mоnitоr (displеy) matn va tasvir ko`rinishdagi axbоrоtlarni ekranga chiqarish qurilmasidir. Mоnоxrоm va rangli mоnitоrlar mavjud bo`lib, ular matn yoki grafika hоlatlaridan birida ishlaydilar.
Klaviatura tugmalari sоniga ko`ra standart (84) va kеngaytirilgan (101) klaviaturalari mavjuddir. Bundan tashqari, klaviaturalar lоtin harflarining jоylashuviga ko`ra ham farqlanadi: amеrika va angliya standarti – QWERTY, fransuz standarti – AZERTY.
Klaviaturada lоtin alifbоsi harflari ingliz yozuv mashinasidagi kabi tartibda, kirill alifbоsi harflari rus yozuv mashinasidagi kabi tartibda jоylashgan. O`,Q,G`,H harflari uchun esa, klaviaturada maxsus tugmalar mavjud emas, ya’ni bu harflarni o`zbеk yozuv mashinasidagi kabi tartibda jоylashtirib bo`lmaydi.
Klaviaturada raqam, turli bеlgi va harfli tugmalardan tashqari maxsus xizmatchi tugmalar ham mavjud:
1. [Return] yoki [Enter] tugmalari satrni tugallash va kiritish uchun xizmat qiladi. Masalan, kiritish satrida MS DOS buyrug`i yozilgach, mazkur tugmalardan birini bоsish kеrak.
2. [Del] – kursоr o`rnida turgan bеlgini o`chirish tugmasi.
3. [Ins] – o`chirib yozish yoki surib yozish hоlatlariga o`tkazish tugmasi. Birinchi hоlatda tahrirlanayotgan harf o`chirilib, uning o`rnini kiritilgan harf egallaydi. Ikkinchi hоlatda esa, satrdagi kursоrdan bоshlab undagi barcha harflar o`ngga bittaga surilib, tahrirlanayotgan harfning avvalgi o`rnini kiritilgan harf egallaydi.
4. [BS] (Back Space) – kursоrdan chapda turgan bеlgini o`chirish tugmasi.
5. kursоrni mоs tоmоnga harakatlantiruvchi tugmalar.
6. [Home], [End] – kursоrni mоs ravishda satr bоshiga va satr so`ngiga kеltiruvchi tugmalar.
7. [PgUp], [PgDn] – kursоrni mоs ravishda satr sahifa bоshiga va sahifa so`ngiga kеltiruvchi tugmalar.
8. [Num Lock] – qo`shimcha klaviaturani ishga tushirish tugmasi. Raqamlarni qo`shimcha klaviaturadan kiritish uchun ishlatiladi.
9. [Esc] – vоz kеchish tugmasi, qandaydir amallarning bajarilishidan vоz kеchish uchun, ba’zi dasturlardan chiqish uchun ishlatiladi.
10. [F1]-[F2] – maxsus amallarni bajarish tugmalari. Bu tugmalarning vazifalari bajariluvchi dasturda bеlgilanadi.
11. [Ctrl] va [Alt] – bu tugmalar ham [Shift] tugmasi kabi o`zga tugmalarning vazifasini o`zgartirish uchun ishlatiladi. Masalan [Alt] va [X] tugmalarining baravar bоsilishi aksariyat dasturlar uchun dasturdan chiqishni anglatadi. [Alt] tugmasini bоsib turib, birоr kоdi kiritilsa, ekranda ana shu bеlgi namоyon bo`ladi.
Ovozli axborot
Fizika kursidan bizaga ma’lumki tovush – bu havoda, suvda yoki boshqa muhitda tarqaluvchi uzluksiz o’zgaruvchi amplituda (intensivlik) va chastotaga ega bo’lgan mehanik to’lqindir. Tovushli to’lqin gorizantal va vertical chiziqlarga bo’linadi. Gorizantal chiziqlar- bu tovushning darajalari, vertikal esa -1 sekunda ovozni darajasini olchovchi hajm(1 sekund o’lchov darajasi bu 1 gersga teng yoki chastota diskretizatsiyasi). Amplituda qancha baland bo’lsa, tovush ovozi shuncha baland bo’ladi; chastota qancha past bo’lsa, ton shuncha past bo’ladi. Ovoz toni esa ovozli to’lqinning chastotasi (yoki to’lqin davri) orqali aniqlanadi. Ovozning balandligi chastotaga bog’liq. Chastota yuqori bo’lgan sari ovoz balandroq bo’ladi. Ovoz chastotasi gerts (Gs) yoki kilogerts (KGs)da o’lchanadi. 1Gs=1/s, ya’ni 1Gsdagi tebranish davri 1s teng bo’lgan to’lqinga mos keladi.
Ovozning balandligi detsibellarda o’lchanib (DB) deb belgilaniladi. Ushbu o’lchov birligi Aleksandr Grema Bella nomiga berilgan.
Inson sekundiga 20 tebranish chastotadan 20000 tebranish chastotali ovozni, yani, maksimal intensivligi minimal intensivligidan 1014 martta (yuz ming millyart) katta bo’lgan intensivlik diapozonlik ovozlarni qabul qila oladi.

Ovoz

Balandligi (dB)

Inson qulog’ining sezgirligining quyi chegarasi


0

Yaproq shiviri

10

So’zlashuv

60

Avtomobil signali

90

Reaktiv dvigatel

120

Og’riqli qabul qilish chegarasi

140


Ovoz balandligi – bu ovozli tovush intensivligiga proportsional bo’lgan quvvat darajasidir.
Vaqtinchalik ovozni diskretlash
Uzluksiz ovoz to’lqini alohida kichik vaqtinchalik qismlarga bo’linadi. 1 sekunda o’lchangan ovozning diskretlash chastotasini diapazoni 8000-48000ga teng.
Shu sababli, uzluksiz ovozli signallarni kompuyuterga o’tkazishda ularni raqamlikka o’tkazish kerak va aksincha raqamli signallarrni kompuyuterda ovoz chiqarish uchun uzluksiz ovozli signalga o’tkazish kerak.

Buning uchun maxsus qurilma URO’Q (uzluksizdan raqamliga o’tkazuvchi qurilma), RUO’Q (raqamlidan uzluksizga o’tkazuvchi qurilma)lar qo’llaniladi.



1
Ovozning diskretlash chastotasi 1 sekunt ichida ovozni o’lchashlar soniga teng.
Ovozni kodlash
Ovozni balandlik darajasi miqdori, mumkin bo’lgan xolatlar to’plami (N) deb qaralsa, u holda, ovozni kodlashda ma’lum miqdordagi kodlash teranligi (i) deb nomlanuvchi axborotlar kerak bo’ladi. Ya’ni,
N=2i
N-ovoz darajalari miqdori.

i-kodlash teranligi.


Misol uchun, kodlash teranligi 16 ga teng bo’lganda ikkilikda ovozni eng quyi chegarasi 0000000000000000 va eng yuqori chegarasi 1111111111111111 ga teng bo’ladi.
Masala:
Ovozni kodlash teranligi 16 ga teng bo’lsa, u holda ovozni balandlik darajasining miqdori
N=2i =216=65536 ga teng.
Raqamliga o’tkazilgan ovoz sifati
Ovozni diskiretlashning teranligi va chastotasi qanchalik yuqori bo’lgan sari, raqamliga o’tkazilgan ovozni eshitish shunchalik sifatli bo’ladi.
Eng past sifatga, bitta ovozli yo’lakka yozilgan va sekundiga diskiretlash teranligi 8 bitga, chastotasi esa 8000ga teng bo’lgan telefon aloqasini (mono);
Eng yuqori sifatga, ikkita ovozli yo’lakka yozilgan va sekundiga diskiretlash teranligi 16 bitga, chastotasi esa 48000ga teng bo’lgan audio-CD (stereo) olsak bo’ladi.
Masalan: Bir sekunt davomida eshitiladigan o’rta sifatdagi ovoz (sekundiga 16 bit 24000 o’lchashlar soni)dan iborat raqamli stereo ovozli fayillarni axborat hajmini baholash uchun
16 бит * 24000 * 2 = 768000 бит
= (768000:8) байт = 96000 байт = (96000:1024) Кбайт = 93,75 Кбайт bajariladi.
Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari
Kompyuter taqdimotlari tushunchasi. Power Point ADP – ma’ruza qilishda prezentasiyalarni (taqdimotlarni) tayyorlash uchun xizmat qiladi.
Power Point ADP - universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari tarkibiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya effektlari, ovoz,videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Power Point yaratgan hujjatlarini Officening boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko’rinishida, rasm ko’rinishida (*.bmp, *.jpg) va boshqa ko’rinishlarda eksport qilish imkoni ham berilgan.
Power Point ADP Misrosoft firmasining prezentatsiyalar bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo’llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni ko’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu - s l a y d va p r ye z ye n t a s u ya tushunchalaridir.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi.
Slayd - bu prezentasiyani alohida qadiri bo’lib, matnni, sarlavxalarini grafik va diagrammalarni o’z ichiga oladi. Power Point vositalari bilan barpo etilgan slaydlarni oq-qora yoki rangli printerda chop etish yoki maxsus agentligi yordamida 35 millimetrli slaydlarni fotoplenkalarda tayyorlash mumkin.
Animasiya – bu slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig’indisidan iborat.
Tarqatiladigan material - qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish uchun mo’ljallangan materiallar. Ular bir betda ikki, to’rt yoki olti slaydlar chop etilgan bo’ladi.
Maruza konspekti - Power Point da prezentasiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti. Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining har bir betida slayd va tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan bo’ladi.
Prezentasiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavhasini, shuningdek grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishini ichiga olgan hujjat.
2. Power Pointga mansub yordamchi tugmalar
3. Power Pointning foydalanuvchi interfeysi. Ko’rgazmalar muloqot oynasi taqdimot yaratishning to’rt xil variantidan birini tanlashni taklif etadi:
1. Power Point «Master» orqali prezentasiya hosil qilish;
2. Biror shablon ko’rinishidagi prezentasiya hosil qilish;
3. Bo’sh prezentasiya hosil qilish;
4. Oldin hosil qilingan prezentasiyani ochish
4. Power Point dasturida prezentasiya yaratish tartibi.
Har bir foydalanuvchi bu dasturda ish olib borish uchun yuqoridagi bo’limlardan birini o’z maqsadiga ko’ra tanlashi mumkin. Bunda ham rang sxemasi, xarf ko’rinishlari, turlari va boshqa parametrlari saqlanib qoladi.

«Primenit razmetka slayda» bandidan kerakli ko’rinishdagi slayd tanlanadi. Masalan:


- qatorli matndan iborat bo’lgan slayd tanlanadi.
- sarlavha, chap tomondan diagramma va o’ng tomondan matndan iborat bo’lgan slayd tanlanadi.
Animasiyalarni sozlash. Animasiyalarni sozlash uchun «Pokaz slaydov» menyusidan «Nastroyka animasii» buyrug’ini tanlaymiz. Ushbu «Nastroyka animasii» buyrug’ini tanlashimiz bilan yana topshiriqlar paneli oynasining ko’rinishi o’zgarib qoladi. Ushbu panelning «Dobavit effekt» – effekt qo’shish tugmasi orqali tanlagan slaydimizga yoki obyektimizga yangi animasiyali effekt biriktirishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu tugmachani

tanlashimiz bilan kontekst menyusi paydo bo’ladi. Ushbu kontekst menyudan animasiyalarni kirishda yoki chiqishda qanday ko’rinishda bo’lishini belgilashimiz mumkin.


«Pokaz slaydov» menyusidan «Smena slaydov» bandiga murojaat etsak oynaning o’ng qismida «Smena slaydov» muloqot oynasi ochiladi. Ushbu oyna orqali biz har bir slaydga yoki alohida slaydlarga effektlarni belgilashimiz, ularga vaqt belgilashimiz va ovoz berishimiz mumkin.
Power Point dasturining o’zida bo’lgan rasmlar to’plamidan biror rasmni joylashtirish uchun «Standartnыy» panelidan «Dobavit kartinki» tugmasini bosib, kerakli rasmni tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Power Point dasturida Windows qo’llab quvvatlagan har qanday obyektni slaydga joylashtirish mumkin. Buning uchun Power Point dasturi menyusining «Vstavka» bandidan «Obyekt...» qismi tanlanadi.
Diagramma – bu jadvaldagi sonlarning grafik ifodasi bo’lib, taqdimotni yanada tushunarli va ko’rgazmali ifodalashda juda muhim hisoblanadi. Uni tuzish quyidagicha bajariladi:
diagrammani qo’yish uchun zarur bo’lgan slayd umumiy ko’rinishidagi diagrammalar bilan ishlash slaydlari orqali tanlanadi.
uskunalar panelidan tugmachani bosib, kerakli ko’rinishdagi diagramma tanlanadi.Parametrlarini o’rnatib, qiymatlari kerakligicha kiritiladi; diagramma kattaligi o’zgartirilib, kerakli slaydga joylashtiriladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:
V. Rajaraman. Introduction to information technology (second edition). India, 2013.
M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova. Informatika va axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y.
M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI, 2004 y.
Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. Т.:, “O‘qituvchi”, 2011 y.
Elektron ta’lim resurslari
www. pedagog. uz
www. Ziyonet. uz
www. edu. uz

http://www.ctc.msiu.ru/materials/Book1,2/index1.html

http://www.ctc.msiu.ru/materials/CS_Book/A5_book.tgz

http://www.cs.ifmo.ru/docs/case/
http://www.informic.ru
http://www.informaty.ru
http://www.informatika.ru

Tayanch iboralar: Vеktorli grafika, rastrli grafika va fraktal grafika


1 V. Rajaraman, Introduction to Information technology (second edition), PHI Learing Private Limited, India 2013 y. 7 p.




http://fayllar.org
Yüklə 365,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin