Mavzu: Analogik va raqamli signallarni uzatish va qayta ishlash



Yüklə 42,19 Kb.
səhifə1/2
tarix19.10.2023
ölçüsü42,19 Kb.
#157613
  1   2
8mavzu

Mavzu: Analogik va raqamli signallarni uzatish va qayta ishlash.


Reja:

  1. Mashinasozlik sanoatida.

  2. Robokaralarning sex ichkarisi.

  3. Transport robotlari qo‘zg‘aluvchanligi.

Robokaralarning sex ichkarisidagi va sexlararo transporti sifatida qo‘llanilishi umuman olganda bir qator mexanika-yig‘uv ishlab chiqarishlarida quyidagilarni ta’minlaydi: 1) kengligi katta bo‘lmagan yo‘lkalar va o‘tish joylarida yuqori manevrlarni amalga oshirish imkoniyatini; 2) texnologik jarayon o‘zgarganda transport trassasini qayta qurish soddaligini; 3) yuk oqimlarini optimallashtirish imkoniyatini; 4) yaroqsiz holga kelgan transport vositalarini almashtira olish hisobiga erishiladigan yuqori ishonchlilikni, puxtalikni; 5) avtomatik boshqarishdan qo‘l orqali boshqarishga o‘tish imkoniyatini va hokazolarni.
Robokaralardan foydalanish bilan jihozlarning bekor turib qolishiga barham beriladi, sex ichkarisidagi transport haydovchilari va yuklash-yuk tushirish ishlarida band bo‘lgan ishchilar ozod etiladilar, transport vositalari uzatmalarining energiya tejamkorligiga erishiladi. Namuna sifatida MP-12t robokarasining ishlash sxemasini ko‘rib chiqamiz.
Datchiklar bergan «xom mahsulot talab qilinmoqda» buyrug‘iga ko‘ra avtomatlashtirilgan ombor boshqarish sistemasi kelib tushgan buyruq adresini aniqlaydi va robot - shtabeler xom mahsulotlar joylangan tara-idishni qabul qilish- yuklash pozitsiyasiga yetkazadi. Tara-idish kod nomeriga ega bo‘ladi va bu nomer bort mikro-YeHMining tezkor xotirasida saqlanadi.
Robokaraning yuk platformasi 10 ta tara-idishni joylashtirishga mo‘ljallangan. Robokara harakatni trassa bo‘ylab boshlaydi va o‘z yo‘lida uchragan ishchi o‘rinlarining nomerlarini sanab o‘tadi. Ishchi o‘rin nomeri bilan platformadagi mavjud tara-idish nomeri bir xil bo‘lganda (teng bo‘lganda) robokara to‘xtaydi va o‘z holatini elektron- optik datchik signaliga ko‘ra to‘g‘rilaydi, so‘ng ishchi o‘ringa talab qilingan tara-idishni o‘rnatadi. Tashqi informatsiya datchiklarining MP-12t robokaradagi joylashishi 9.3-rasmda keltirilgan. Xuddi shu ishchi o‘rinda tayyor detallar joylashtirilgan tara-idish mavjud bo‘lsa, robot bu tara-idishni platformadagi bo‘shagan o‘ringa o‘rnatadi.
Tayyor detallar joylashtirilgan tara-idishni robokara avtomatlashtirilgan omborga eltadi va qabul qilish-jo‘natish qurilmalariga tushiradi.

Yüklə 42,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin