Мавзу: Қаламтасвир фанидан амалий машғулотларни ташкил этишда академик мактабнинг аҳамияти


Rangtasvir tasviriy san`atning yetakchi turi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix03.06.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#60564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1930-1950-yillarda O’zbekiston rangtasvir sanati

1.3. Rangtasvir tasviriy san`atning yetakchi turi  
Rangtasvir-tasviriy sanʼat turlaridan biri. Biror qattiq yuzada rangli ashyolarda, 
boʻyoqlar yordamida yaratiladigan badiiy asar. Rangtasvir voqelikni badiiy 
tasvirlash va talqin qilish, tomoshabin fikri va tuygʻulariga taʼsir etishning muhim 
vositasi, muhim ijtimoiy mazmun va rang-barang gʻoyaviy vazifalarga ega.


18 
Rangtasvir asarining g`oyaviy mazmuni uning mavzu va syujetida 
mujassamlashadi, syujetni rassom rangtasvirning ifoda vositalari (kompozitsiya, 
rasm, rang , ritm va h.k.) orqali roʻyobga chiqaradi. Rangtasvir asarlari asos (maxsus 
ishlov berilgan mato, yogʻoch, qogʻoz, karton, shisha, metall va h.k.), rang qatlami 
(moyboʻyoq, guash, tempera, akvarel, rangli shisha, rangli tosh va h.k.), ayrim 
hollarda uni saqlash uchun ustidan berilgan yupqa lok qatlamidan iborat boʻladi. 
Rangtasvirning muhim tasviriy va taʼsir vositasi-rang (kolorit).
Rang orqali rassom borliq yoki xayoliy dunyoni koʻrinarli shakllarda tasvirlaydi, 
makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini hajm 
va fakturasini koʻrsatishi, harakat, inson ruhiyatidagi oʻzgarishlar, murakkab hissiy 
kechinmalar, oʻyxayollarni aks ettirishi mumkin.Rangtasvirning tasviriy ifoda 
vositasi va ishlash uslubi ishlatiladigan rang , qurollar xususiyati, rang eritgichlari, 
asosiga bogʻliq (yuzasi silliq yoki gʻadirbudir berilishiga qarab asar koʻrinishi 
turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin). Asar dastlab ijodkor tasavvuri va ongida paydo 
boʻlgan gʻoya qoralamasi tarzida qalam yoki koʻmirqalamda biror yuza (koʻpincha 
qogʻoz va karton)da ishlab olinadi. Soʻng shunga mos asos tanlanib, unga 
bajariladigan ishning mohiyatiga koʻra ishlov beriladi. Shundan soʻng tasvir oʻrni 
belgilab rasmi ishlanadi. Rang berishda esa asta suyultirilgan rang bilan boshlab koʻp 
qatlamli (lessirovka) yoki kerak rangni bir qoʻyishda bir qatlamli (alla prima) 
bajarish mumkin. Rangtasvir asarlari ishlanishini shartli ikki -yassi va hajmlifazoviy 
uslubga ajratish mumkin.Birinchi uslubda tasvir nursoyasiz yaxlit yassi shakllarda 
ishlanadi, hajmli fazoviy usulda esa tasvir hajmli nursoya yordamida muhit bilan 
bogʻliq hodda tasvirlanadi. Bunday asarlar rangga boy boʻlib, unda ranglarning 
barcha tuslanishlarini his etish, tushuvchi nurning qaytgan rangini ham, qaytgan 
nurlarning tuslanishi va boshqa ranglar bilan boyishi (refleks)ni koʻrish mumkin. 
Rangtasvir asarlarida bu ikki uslub orasida qatiy chegara yoʻq, biri ikkinchisini 
toʻldiradi. Rangtasvir asarlari oʻzining ishlanish oʻrni, mazmuni, bajaradigan 
vazifasi, ishlanish uslubi va koʻrinishiga qarab monumental (monumental sanat, 
monumental rangtasvir), bezak (bezak sanʼati, bezash sanʼati), dastgoh sanʼati, 


19 
dekoratsiya (teatr va kino dekoratsiyasi), miniatyura va boshqalarga boʻlinadi. 
Tasvir mavzui va mazmun yoʻnalishiga qarab bir qator janrlarga ajraladi: 
animalistika, tarixiy janr, maishiy janr, batal janri, portret, manzara, natyurmort va 
boshqalar.
Rangtasvir qadimda soʻnggi paleolit (miloddan avvalgi 40-8 ming yilliklar)da 
paydo boʻlgan. Janubiy Fransiya (Fon de Gom, Lasko), Shimoliy Ispaniya 
(Altamira), Oʻrta Osiyo va boshqa yerlarda rangtasvir asarlari saqlanib qolgan. Soz 
tuproqli boʻyoqlar, qorakuya, pista kumir bilan ishlangan, rasmlar tekis sharpa sifat 
(siluet), baʼzilarida esa hajmli kilib ishlashga harakat qilinganligi seziladi. Mezolit 
va neolit davrida bajarilgan ibtidoiy rasmlarda murakkab kompozitsiyalar, abstrakt 
tushunchalar paydo boʻla boshlagan. Quldorlik davrida rivojlangan texnik 
vositalarga boy obrazlar tizimi shakllandi. Qadimiy Sharq mamlakatlari (Misr,
Hindiston, Oʻrta Osiyo), jan.sharqiy Yevropa (Yunoniston, Italiya), shuningdek
Amerika qitʼasi (Markaziy Amerika)da monumental rangtasvir rivojlandi. Maqbara 
ibodatxona, saroy va boy zodagonlarning uylari devorlariga turli mavzu va 
yoʻnalishda asarlar ishlandi.
Antik davrda meʼmorlik va haykaltaroshlik bilan uygʻunlashgan rangtasvir 
diniy mazmun bilan bir qatorda oliy tavaqa maqsadlarita tavmat qildi, nursoya, 
chiziq va havo perspektivasi yuzaga keldi, maishiy va tarixiy lavhalar, manzara, 
portret, natyurmortlar yaratildi. Miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda mum 
rassomligi (enkaustika)dagi dastgoh rassomligi haqida fayyum portretlari tasavvur 
beradi. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida monumental rangtasvir sanʼati
oʻzining haqiqiy gullashdavrini boshidan kechirdi. Hindiston (Ajanta), Oʻrta Osiyo 
(Tuproqqalʼa, Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa) va boshqalarda nozik boʻyoqlar, 
nafis bezak ritmi, hayotiy kuzatishlarning yorqinligi xos boʻlgan miniatyura sanʼati 
rivojlandi, Xitoy, Yaponiya, Koreyada shoyi va qogʻozga tush, akvarel va guash 
boʻyogʻida racm ishlash sohasida yuqori choʻqqilarga erishdi. Uygʻonish davrida 
rangtasvirning yangi qirralari yuzaga keldi, ilmiy asosga tayangan realistik sanʼat 
kamol topdi va jahon sanʼati rivojida muhim oʻrinni egalladi, ifoda tizimi hamda 


20 
uning ilmiy asosi yaratildi. Perspektiva, optika, plastik anatomiya borasida 
yutuqlarga erishildi, monumental rangtasvir yuksak choʻqqisiga koʻtarildi, gʻoyaviy 
boyidi, dastgoh rangtasviri ijtimoiy hayotga keng koʻlamda kirib bordi. Texnikada 
suv boʻyoq oʻrnini moyboʻyoq egallay boshladi, lessirovka, valyor uslubiga qiziqish 
ortdi, lok-moyboʻyoq texnikasi murakkablashdi, koʻp qatlamli rangtasvir rivojlandi. 
Faktura masalalarida ham izlanishlar olib borildi, oq qoplamli (grunt) asosga silliq 
rangli qoplama asosga quyuq rang surtmalari (pastoz uslubi) bilan ishlashga eʼtibor 
ortdi. 17-18-asrlarda Yevropa (Fransiya, Italiya, Ispaniya, Flandriya, Gollandiya, 
Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqalar)da milliy rangtasvir maktablari shakllandi, 
hayotni haqqoniy inqilobiy taraqqiyotda aks ettirish, inson ruhiy olamidagi nozik 
oʻzgarishlarni, inson va jamiyat muammolarini ishonarli talqin etish muhim oʻrinni 
egalladi. Rangtasvir janrlari kengaydi, monumental rangtasvir bilan dastgoh sanʼati 
keng rivoj topdi, uslubiy yoʻnalishlari koʻpaydi, tonal rangtasvir yanada 
mukammallashdi. Pastel, akvarelga qiziqish ortdi. Yevropa sanʼati (ayniqsa, dastgoh 
rangtasvir)ning jahon xalqlari, jumladan, Sharq mamlakatlari sanʼatiga taʼsiri 
sezilarli boʻldi. 19-asrda rangtasvir dunyoqarash bilan bogʻliq dolzarb masalalarni 
hal etishga harakat qilib ijtimoiy hayotda muhim urinni egalladi, ijtimoiy hayotdagi 
mavjud illatlar oʻtkir tanqid ostiga olindi, 19-asr mobaynida akademizmga 
asoslangan xayotdan uzoq, ideallashtirilgan obraz va qahramonlarni targʻib qiluvchi 
asarlar maqtaldi, naturalizm anʼanalari shakllandi. Quruq, hayotdan uzoq soʻnggi 
klassitsizm va salon akademizmiga qarshi kurashda davrning murakkab, fojiali 
voqealariga bagishlangan shijoatli, taʼsirchan, nursoya nisbatlari keskin olingan, 
toʻyingan, rangdor koloritli romantizm uslubi paydo boʻlib rivojlandi (Fransiyada - 
P.Jeriko,
E.Delakrua, Germaniyada - F.O.Runge, K.D.Fridrix, Rossiyada O.A.Kiprenskiy, 
K.P.Bryullov va boshqalar), hayotni oʻziga oʻxshatib ishlash uslubiga asoslangan 
realistik rangtasvir bu davrda yanada chuqurlashdi. Endilikda tasvirni nafaqat 
haqqoniy boʻlishiga, balki hayotni kuzatish asosida paydo boʻlgan kechinma va 
taassurotlarni, xayol va oʻylarni ham ifodalashga harakat kuchaydi. Borliqning 


21 
oʻzidan kartina yaratish, nur, havo, kenglik ranglar tuslanishi va birbirining rangiga 
taʼsir etish xususiyatlarini ham ishonarli ranglarda tasvirlashga intilish kengayib 
bordi (Angliyada - J.Konstebl, Fransiyada - K.Koro, O. Domye, Rossiyada - 
A.G.Venetsianov va boshqalar). Yevropada inqilob va milliy ozodlik harakati 
kuchaygan davrda demokratik realizm rivojlandi, xalq hayoti, ularning kurashlari 
koʻrsatildi, milliy tarix va zamonaning muhim voqealarini aks ettiruvchi 
kompozitsiyalar, jamiyatning jasur va ilgʻor kishilarining siymolari yaratildi. Rus 
inqilobiy demokratik estetikasi bilan bogʻliq ijtimoiy tankdsiy realizm rivojlandi. 
Peredvijniklar va ularga yaqin ijodkorlar (V. Perov, I.Kramskoy, I. Repin,
V.Surikov va boshqalar) shu jarayonda faol oʻrinni egalladilar. XIX asr 70yillaridan 
rassomlar palitrasi toza spektr ranglari bilan boyidi, rassomlar ochiq havoda rasm 
ishlashni odat qila boshladilar. Bu borada impressionist rassomlar (K.Mone, 
K.Pissaro, A.Sisley va boshqalar) alohida oʻrinni egalladilar. Ular rangtasvir 
yuzasini tashkil etishda oʻziga xos yoʻl tutib anʼanaviy silliq fakturadan va 
shakllarning tugal chizikli yechimidan voz kechish, ishlash uslubini yangilanishiga, 
toza spektr ranglarning erkin surtmalaridan foydalanib asar yaratishga erishdilar. Bu 
harakat keyinroq haykaltaroshlik, grafika, meʼmorlik, musiqa, adabiyot va boshqa 
sanʼat turlariga nisbatan ham qoʻllanila boshlandi (qarang Impressionizm). 19-asrda 
moyboʻyoq rangtasviri yetakchi oʻrinni egalladi, bunga uning texnikasi, shu davrda 
sanoatda ishlab chiqarilayotgan yangi boʻyoqlarning keng koʻlamda hayotga kirib 
kelishi bilan bogʻliq edi. 19-asr rangtasvirning yelim va moyboʻyoq bilan asar 
yaratish usuli inqirozga tusha boshladi. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida shu sanʼatni 
qayta tiklash harakati boshlandi, uning yangi qirralari ochila boshlandi, sanʼatning 
bezak tomoniga eʼtibor ortdi, meʼmorlik, tasviriy va amaliy sanʼatlar uygʻunligida 
yagona majmua yaratish ishtiyoqi shu davrda paydo boʻlgan modern uslubida 
namoyon boʻldi. Bu davrda avangard yoʻnalishi realistik rangtasvirga kuchli 
raqobatda boʻldi.
Sharq va Gʻarb toʻqnashuvi natijasida XX asr rangtasviri shakllandi, realistik 
sanʼatga raqobatda avangard sanʼati rivojlanib bormoqda. Bu yoʻnalish tarafdorlari 


22 
ijodkor subʼyektiv kechinmalari, histuygʻularini hayotiy, borliq shakllarida 
tasvirlashdan koʻra oʻzlarining xayollaridagi shakl va koʻrinishlar, harakatlari 
natijasida paydo boʻlgan shakl va chizikdarni tasvirlashni maʼqul koʻradilar.
Avangard oqimlarining rivojlanishi natijasida borliqni tasvirlashdan umuman 
voz kechilib tasvir vositalari ham oʻzgara boshladi (abstrakt sanʼat). XX asr 60yillar 
oʻrtalaridan esa ayrim Yevropa va Amerika rangtasvirida avangard sanʼati - 
popartning unsuriga aylanib bordi. Bugungi kunda ushbu raqobat rivojlanib 
avangard tarafdorlari ortib bormoqda.
Oʻzbekistonda rangtasvir sanʼati qadimdan mavjud boʻlgan. Uning ilk 
namunalari ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi (qarang Ibtidoiy sanʼat, Zarautsoy 
rasmlari). Miloddan avvalgi 1ming yillikning oxiri va milodiy 1ming yillik 
boshlarida rangtasvir oʻzining gullagan davrini boshidan kechirgan (Afrosiyob, 
Varaxsha, Bolaliktepa, Tuproqqalʼa va boshqalardagi devoriy rasmlar).
Bu davrlar rangtasviri yassi bezak yoʻnalishida mahalliy (lokal) ranglarda bajarilgan. 
Amir Temur va Temuriylar davrida monumental rangtasvir (devoriy rassomlik, 
mozaika) bilan birga miniatyura sanʼati rivojlangan. Kamoliddin Behzod, Mahmud 
Muzahqib, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalarning asarlari dunyoga 
keldi. XIX-asr oʻrtalaridan boshlab Turkistonda dastgoh sanʼati shakllana boshladi 
va XX asrda oʻzbek milliy rangtasvir maktabi yaratildi.
Rangtasvirning hamma tur va janrlarida asarlar yaratildi, miniatyura, vitraj sanʼati 
qayta tiklandi. Bugungi kunda oʻzbek rangtasvir sanʼati jahon hamjamiyati bilan bir 
qatorda rivojlanmoqda, uning gʻoyaviy plastik rivoji ustida rassomlar izlanmoqda, 
mehnat qilmoqda.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin