Mavzu: Akademik litseylar fizika kursida “mexanika ” bo’limini bayon qilish uslubi



Yüklə 130,5 Kb.
səhifə5/9
tarix19.05.2023
ölçüsü130,5 Kb.
#117859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Akademik litseylar fizika kursida “mexanika ” bo’limini bayon qilish uslubi

Nyutonning uchinchi qonuni


Nyutonning uchinchi qonunini o’rganishda avval o’quvchilarni o’zaro ta’sir haqidagi bilimlarini takrorlaymiz. Keyin tinch turgan jismlardagi o’zaro ta’sirga misollar keltiramiz: polda turgan stol, Yerda turgan bochka va boshqa nasralar, rel’sdagi vagon, ... Bu misollarda ikkita jism ta’sir qiladigan kuchlarni aniqlab taxlil qilish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, bir jismni ikkinchisiga ta’sirini “ta’sir” desak, ikkinchisini birinchisiga ta’sirini “aks ta’sir” deb yuritamiz. Bu kuchlar turli jismlarga qo’yilgan bo’lib, Nyutonnig 2-qonunida kuchlar bir jismga qo’yiladi va ularni teng ta’sir etuvchisi aniqlanadi. Harakatdagi jismlarning o’zaro ta’siriga ham misollar keltirib ularni taxlil qilamiz: Ikkita aravacha ustida bolalar bo’lib, ular arqonning uchlaridan ushlab tortadilar. Biri tortadimi, ikkalasi tortadimi, bundan qat’iy nazar ikkala aravachalar bir-biriga qarab harakat qiladilar. Shunga o’xshash qayiqlarni ham suvda bir-biriga qarab harakat qilishini tushuntiramiz. Bu misollardan bir jism ikkinchisiga ta’sir qilsa ikkinchisi ham birinchisiga qaramaqarshi yo’nalishda ta’sir qiladi, degan xulosalarni chiqaramiz. Jismlar o’zaro teng kuchlar bilan ta’sir qilishini ko’rsatish uchun massalari bir hil bo’lgan ikkita aravacha bilan tajriba o’tkazish lozim. Siqilgan holatda ip bilan bog’langan prujina aravachalarning biriga mahkam yopishtiriladi va ikkinchiaravachaga tegib turadi. Ipni kuydirib prujinani bo’shatilsa ikkala aravacha qarama-qarshi tomonga qarab harakat qiladi. Bu aravachalarinng ikkovi ayni bir vaqt ichida bir xil yo’lni bosib o’tadi. Shunga ko’ra aravachalar bir-biriga bir xil tezlanish bergan, degan xulosaga kelamiz: kattaligi bir xil, ammo, qaramaqarshi yo’nalgan tezlanishlarni kattaligi bir hil va yo’nalishi qarama-qarshi bo’lgan kuchlar vujudga keltiradi. Agar aravachalar ustiga mayatniklar o’rnatilsa ular bir hil burchakka og’adi, chunki mayatnikning og’ish burchagi aravachaning tezlanishiga proportsional bo’ladi. Tajribalardan olingan xulosalarni umumlashtirib Nyutonnig uchinchi qonunini ta’riflaymiz va uning matematik ifodasini yozamiz: F12 = – F21
“–” ishora kuchlarning qarama-qarshi yo’nalganligini ko’rsatadi. Bir-biriga bog’langan jismlarga oid masalalar yechayotganda Nyutonnig uchinchi qonuniga asosan qaysi kuchlar miqdor jixatidan teng ekanini ko’rsatishda albatta ular qaysi nuqtalarga qo’yilganini ham ko’rsatib o’tish lozim. Bunga misollar tariqasida odamning, ot-aravachaning, teplovozning,... Yerdagi xarakatini ko’rib chiqish mumkin. Bu misollarda o’zaro ta’sir qiluvchi jismlar juftlarini ajratish mumkindir:
1) Odam-Yer;
2) Ot-Yer; aravaYer) ot-arava)
3) teplovoz-vagon; vagon-Yer; Teplovoz-Yer. Teplovoz bilan rel’s (Yer) orasidagi ishqalanish kuchi harakat yo’nalishida bo’ladi.
Agar bu kuch yetaklovchi g’ildiraklar bilan rel’s orasidagi tinchlikdagi ishqalanish kuchining maksimal qiymatidan katta bo’lsa teplovoz sostavni tortib ketadi. Kichik bo’lsa o’rnidan siljitolmaydi. Xuddi shunday ot bilan yer orasidagi tortish kuchi harakat yo’nalishida bo’lib, u tinchlikdagi ishqalanish kuchining (ot va aravani) maksimal qiymatidan katta bo’lsa arava yuradi.
Akademik litseyda fizika fanidan I bosqich o’quvchilariga o’tiladigan “Dinamikanining vazifasi. Nyuton qonunlari. Inersial va noinersial sanoq sistemalari” mavzusini o’tishda bu metodni qo’llashni ko’rib chiqaylik.
O’qituvchi yangi mavzuni doskaga yozib e’lon qiladi. Nyutonning 1-qonunini, inersiya bo’yicha harakat, Nyutonning 2-qonunini tushuntiradi va bu mavzularga tabiatdan misollar keltiradi. Nyutonning 3-qonuni ta’rifi, mohiyati ochib beriladi va ko’rgazmali qurollar vositasida bayon etiladi. [30]
Mavzuni o’tish jarayonida o’quvchilar faolligini oshirish maqsadida “muammoli vaziyat” yuzaga keltiriladi.[31]
Masalan, jismlarning inertligi, inersiya bo’yichа harakatni tushuntirishda

quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi:

1.Nima uchun avtobus joyidan birdan qo’zg’algan vaqtda orqaga qarab og’ib ketamiz-u, yurib ketayotgan avtobus birdan toxtaganda esa aksincha oldinga qarab harakatga kelamiz.
2.Nima uchun polga qoqilib yiqilib tushgan kishi orqaga emas, oldinga qarab yiqiladi?
3.Nima uchun avtomobil, samolyot yoki raketalar birdaniga katta tezlikka erisha olmaydi?
Nyutonning 3-qonunini tushuntirishda quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi:

1) Nyutonning 3-qonuniga ko’ra moddiy nuqtalar ta’sir kuchlarinig kattaliklari doimo bir-biriga teng, yo’nalishlari qarama-qarshi va ularni tutashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’ylab yo’naladi.
=

Ot qo’shilgan arava misolini olib qaraylik. Ot aravini tortsa, arava ham otni

tortishi kerak-ku, unda nima uchun baribir ot aravini tortib ketadi?

2) G’o’lani yorib o’tin qilinayotganda bolta g’o’laga siqilib qoldi. G’o’lani yorish uchun qattiq tayanchga g’o’lani urgan ma’qulmi yoki boltaning orqasini urgan ma’qulmi? Urish vaqtini bir xil deb hisoblang. [32-33]


Bu savollar muammoli vaziyatni yuzaga keltiradi, butun auditoriyani fikrlashga, o’ylashga majbur qiladi.
Shu va shu kabi boshqa savollarga o’quvchilar javobi tinglanadi. O’quvchilarning javoblari tinglangach ular javoblaridagi noaniqliklar, notog’ri fikrlar o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi, aniqlashtiriladi.

Yangi mavzu bayoni tugatilgach, mavzuni mustahkamlashda “davra

suhbati” texnologiyasi qo’llaniladi.Texnologiya quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
1.O’qituvchi o’quvchilarni mashg’ulotni o’tkazish tartibi bilan tanishtiradi.

2.Har bir o’quvchiga yangi mavzuga oid o’z savolini yozish uchun

varaqalar tarqatiladi.

3.O’quvchilarga savol yozish uchun vaqt belgilanadi.

4.Har bir o’quvchi yozgan savolini o’zining chap tomonidagi o’quvchiga uzatadi va unga yon tomondagi o’quvchi bu savolga javob yozadi.(1-rasm)
Masalan, 1-o’quvchi: Nyutonning 1-qonunini ta’riflang. 2-o’quvchi: Inersiya so’zining ma’nosi nima?
3-o’quvchi:Massa va tezlanish orasida qanday bog’lanish bor? va h.k. shunday savollar yon tomondagi o’quvchiga uzatiladi.
Natijada o’quvchilarning faolligi oshadi va bir-birlarining savollariga javob izlashga shoshiladilar, javob topadilar va javobni og’zaki aytadilar. Javobning to’g’riligini savol tuzgan o’quvchi o’qituvchi ishtirokida baholaydi.(2-rasm.)

2-rasm.
Ushbu metod orqali ta’lim oluvchilar berilgan mavzu bo’yicha o’zlarining

bilimlarini qisqa va aniq ifoda etadilar. Bundan tashqari metod orqali ta’lim oluvchilarni muayyan mavzu bo’yicha baholash imkoniyati yaratiladi.Bunda o’quvchilar o’zlari bergan savollariga guruhdoshlari tomonidan aytilgan javobga baho beradilar va aniq savolga aniq javob berishga o’rganadilar.




  1. Yüklə 130,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin