Mavzu: Aholi daromadlari


Aholi daromadlari tushunchasi



Yüklə 84,67 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü84,67 Kb.
#207933
1   2   3   4   5   6   7
Aholi daromadlari 19

Aholi daromadlari tushunchasi.
“Daromad” iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tuShumni, pul mablag‘larini, natural ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o‘rin tutadi.
Aholi daromadlari -- ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko‘rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko‘rinishida keltirilgan:

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, daromad tarkibining Yuqorida keltirilgan tasnifida ma’lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko‘rinishdagi ta’minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, Chunki harbiy xizmatchilar ham o‘z faoliyatlari natijalarini ish haqi yoki maosh ko‘rinishida oladilar. Shuningdek, 4 – 6 tartib raqamlari bo‘yicha keltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko‘rsatadi va h.k.


Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tuShumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi.
Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanib, Shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog‘lig‘ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste’mol bozorining tovarlar bilan to‘yinganlik darajasi kabilar muhim o‘rin tutadi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «Mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo‘lgan munosabati ham tubdan o‘zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o‘ziga bog‘liq ekanligini tuShunib etayotgan odamlar tobora ko‘payib bormoqda».
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo‘lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – Shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to‘lov summasiga kam bo‘ladi.
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko‘rsatadi, Ya’ni daromadning xarid quvvatini bildiradi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tuShumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari.
Respublikamizda 2004 yilda aholining nominal pul daromadlari 2003 yilga nisbatan 17,6 foizga o‘sib, 7571,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Iste’mol narxlari indeksi bo‘yicha hisoblangan aholining real daromadlari esa 16% ga o‘sgan. Aholi real daromadlarining oshishida asosiy omil bo‘lib makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, iqtisodiy o‘sishning tez sur’atlarda oshishi, inflyasiyaning sezilarli darajada pasayganligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchayganligi hisoblanadi.
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o‘zining etakchi rolini saqlab qoladi.
Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; Shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; jamg‘arma bankiga qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar; aksiya, obligatsiya bahosining ko‘payishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; lotereya bo‘yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k.
Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste’molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud bo‘ladi: o‘rtacha oila byudjeti, Yuqori darajada ta’minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti Shular jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining Shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining Yuqori ta’minlangan yoki “boy” qatlamining mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining Yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz miqdori kiradi. AQSHda aholi bu qismining Shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar baholanadi.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq. Turmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, Ya’ni:
- mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
- turmush va bo‘sh vaqtdan foydalanish shakllari;
- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
- moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy o‘sish daromadlarning ko‘payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o‘sib boradi. Daromadlarning mutloq miqdori ko‘payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin.
Real hayotda mutloq tenglik va mutloq tengsizlik holatlari mavjud bo‘lmaydi. Balki aholining ma’lum guruhlari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishi notekis ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorens egri chizig‘i deb nomlanuvchi 0E egri chizig‘i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan ko‘rinadiki, aholining dastlabki 20%ga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4%gacha) qismi to‘g‘ri keladi. Keyingi guruhlarga to‘g‘ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta qismi (deyarli 60%) aholining so‘nggi 20%ga to‘g‘ri keladi. Bu guruh chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, Ya’ni dastlabki 10% taxminan 20% daromadga ega bo‘lsa, keyingi 10%ga daromadning deyarli 40% to‘g‘ri keladi va h.k.
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo‘lsa, Ya’ni Lorens egri chizig‘i 0E chizig‘idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham Shunchalik katta bo‘ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo‘lsa, bunda Lorens egri chizig‘i va bissektrisa o‘qi bir-biriga mos kelib, farq yo‘qoladi.
Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko‘proq qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10% eng Yuqori ta’minlangan aholi o‘rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, SHvetsiyada esa 5,5:1ga teng.
Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Djini koeffitsienti chizmadagi Lorens egri chizig‘i bilan mutloq tenglik chizig‘i o‘rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (Ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik Shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQSHda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab chiqilgan bu ko‘rsatkich o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Umumiy daromadning tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o‘rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar toifalari bo‘yicha Yuqori tengsizligi tarkib topadi.
Jumladan O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqiga nisbatan alohida tarmoqlarda ish haqi darajasining o‘zgarishi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi.
Daromadlar tengsizligida katta farqlari mavjud bo‘lishining asosiy sababi bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bizning respublikada ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish daromadlar tengsizligi muammosini keskinlashtiradi. Bu erda asosiy rolni mol-mulk (uy-joy, ko‘chmas mulk, aksiya va boshqalar)ga ega bo‘lish omili o‘ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish jarayoni etarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o‘n baravar Yuqori daromadga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o‘tishi bilan oilalarning to‘plagan mol-mulki meros qoldirishi sababli daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ro‘y beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste’mol muhit yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va daromadlar taqsimotida adolatlikni ta’minlab berishning muhim muammolari kelib chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud bo‘ladi. Bularning asosiylari quyidagilar:

  • kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;

  • ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o‘rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.

Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi.
Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert to‘lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to‘lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75%)ni tashkil qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.



Yüklə 84,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin