Mavzu: Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari. Reja: Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari


Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada



Yüklə 27,58 Kb.
səhifə2/2
tarix27.04.2023
ölçüsü27,58 Kb.
#103470
1   2
Abdulla Avloniy

Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug‘lanishi bevosita insonni ulug‘lash bilan uzviy bog‘lanadi. Chunki Olloh insonni barcha mavjudotlardan, maxluqotlardan ulug‘ qilib yaratdi. Unga ikki dunyo saodati(saodati dorayn)ga erishishdek buyuk maqsad uchun Aql berdi. Inson shu Aql yordamida ilm-ma’rifatni, taraq­qiyotni egallaydi, dunyoni boshqaradi. Mana, Abdulla Avloniyning Aqlga bergan ta’rifi: “Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur. Janobi Haq insonni hayvondan so‘z va aql ila ayirmishdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: “Ey insonlar! Aqlingizga tavoze’ qilingiz. Siz janobi Haq buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz”, — demishlar”.

A.Avloniy inson salomatligi to‘g‘risida fikr yuritar ekan, uning asosiy omillaridan biri – tozalik haqida alohida bob ajratadi. “Nazofat” deb nomlanuvchi bobda odamni xalq o‘rtasida, hatto Olloh qoshida sevimli qiladigan vosita pokizalik, nazofatdir. Inson nafaqat o‘z badanini, kiyim-kechagini, shu bilan birga, yashab turgan joyini, muhitini, shahrini, Vatanini pokiza saqlashi kerak. Atrof-muhitning nopokligi turli-tuman kasalliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ifloslik, nopoklik balosidan poklik, nazofat davosi bilan qutulish kerakligini alohida ta’kidlaydi.

A.Avloniy shu tariqa sabr, hilm, miqyosi nafs, intizom, vijdon kabi insoniy fazilatlar haqida chuqur ma’noli fikrlar bayon qiladi. Ammo Vatan haqidagi qarashlari yanada muhimroq, yanada e’tiborliroq. Vatan — Ona kabi yagona, Ona kabi muqaddas. Bu mavzu necha-necha asrlar davo­mida adabiyot va san’at ahllari e’tiborini o‘ziga maftun etib kelgan. E’tibor bering, 1960-yillarda Erkin Vohidovning “O‘zbegim”, Abdulla Oripovning “O‘zbekiston” qasidalari, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” she’ri o‘zbek xalqi orasida shunchalar aks sado berdiki, hatto sho‘ro maf­kurachilarini talvasaga solib qo‘ydi. O‘zbekiston bo‘ylab birorta to‘y-u tomosha yo‘q ediki, bu she’rlar to‘lib-toshib yoddan o‘qilmasa yoki qo‘shiq qilib aytilmasa. Nega millat his-tuyg‘ularini shunchalar junbushga soldi bu she’rlar?! Ongimizga 130 yildan ortiq vaqt davomida o‘zga millat, o‘zga vatan, o‘zga til “buyuk”ligini singdirib keldilar, xalqimiz esa o‘z millati va o‘z ona-Vatani, o‘z ona tili haqida iliq bir so‘zga intiq edi. Vatan va millat tushunchasi jism-u jondir. Shuning uchun ham Abdulla Oripov yozadi:
Xo‘sh, nechun sevaman O‘zbekistonni,

Sababini aytgin desalar menga,

Shoirona go‘zal so‘zlardan oldin

Men ta’zim qilaman ona xalqimga.

Sho‘rolar hukumati o‘sha vaqtlarda o‘zbek farzandlari ongiga, shuuriga singdirmoqchi bo‘lgan Vatan, Millat, til haqidagi “sovet vatani”, “sovet xalqi”, “buyuk rus tili” kabi soxta tushunchalarni chilparchin qilib tashladi bu she’rlar.

Sho‘rolar davrida oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maktablar uchun tuzilgan bir qancha adabiyot darslik va majmualari muallifi, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi rahmatli otam Subutoy Dolimov bir kuni 25 yil davomida qayta-qayta ishlanib nashr etilgan o‘zi tuzgan 5-sinf “Vatan adabiyoti” darslik-majmuasini ko‘rsatib: “Shu ham “Vatan adabiyoti” majmuasi bo‘ldimi? 65–70 foizi rus adabiyotidan qilingan tarjimalar! Qani endi, o‘zbek yozuvchi va shoirlarining milliy ruh ufurib turgan eng go‘zal nazmiy va nasriy asarlaridan bolalarimiz uchun majmualar tuzsang!”, deb orzu qilgan edi.

XIX asrning 90-yillarida rus-tuzem maktablarida o‘qiy­digan mahalliy millat bolalari uchun S.Gramenisiyning uch kitobdan iborat (“O‘qish kitobi”) asari darslik sifatida nashrdan chiqarildi. N.Ilminskiy­ning ruslashtirishga qaratilgan qarashlari zaminida yaratilgan ushbu darslikda Rusiyani, rus xalqini ulug‘lovchi, ko‘klarga ko‘tarib maqtovchi, Rusiyani buyuk vatan sifatida ta’rif-tavsif etuvchi o‘nlab nazmiy va nasriy matnlar beril­gan edi. Bu tasodifiy hol emas, aksincha, uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan tadbir edi. Darslikning shovinistik maqsadini jadid pedagoglari tushunib yetgan va millat farzandlarini vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratgan edilar. Bu hol ular yaratgan har bir darslikda, har bir ilmiy va badiiy asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston...” asarida “Vatanni suymak” degan bob bor. Unda yosh qalblarda o‘z ona Vatani Turkistonga nisbatan muhabbat tuyg‘ularini mavjga keltiruvchi shunday misralar bor:


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin