Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə38/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
сохавий

Sharxli axborot- bir yoki bir necha bibliografik sharxni o‘zida jamlagan, qaysidir fan sohasi, texnika va yoki madaniyat sohasidagi yutuqlar, rivojlanish va an’analarni aks ettirgan manbalarni tahlil qilish va umumlashtirishga oid bo‘ladi. Sharxli axborot referativ jurnallar asosida, referativ to‘plamlar va boshqa axborot nashrlari asosida tayyorlanadi. Ilmiy tadqiqotlarning mazmunini, metodikasini va natijalarini chuqur tahlil qilish ko‘p vaqt, malaka va kuch talab qiladi. Shuning uchun hozirgi paytda bunday sharxlar pullik xizmat ko‘rsatish turiga kiritilgan.
«Mamalakat qonunchiligidagi yangiliklar», «Faylasuflar nimalar ustida ish olib bormoqdalar, nimalar haqida bahslashmoqdalar» turkumidagi ommabop kitoblar va yetarli darajada malakali bo‘lgan kitobxonlar uchun mo‘ljallangan boshqa turkumdagi nashrlar hisobga olinishi mumkin, lekin, falsafa, siyosiy iqtisod asarlarini yoki boshqa ijtimoiy fanlarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan materiallar, u yoki bu siyosiy voqealar bilan tanishish uchun mo‘ljallangan adabiyot (targ‘ibotli - ommaviy adabiyot), odatda kiritilmaydi. Gazeta materiallari ijtimoiy tarmoq axborot markazlari joriy ko‘rsatkichlariga deyarli jalb qilinmaydi. Gazetalarda bosilgan eng muhim materiallar: rahbarlik materiallari, juda muhim maqolalar, ko‘pincha «Xalq so‘zi», «Narodnoye slovo» gazetasida 60 bosilgan muharririyat maqolalari va boshqa ba’zi bir asosiy gazetalarda bosilgan materiallar bundan mustasnodir. Avvalo, nashrlarning hajmi cheklanganligi uchun gazeta materiallaridan voz kechiladi. Ayniqsa iqtisodiy mavzudagi joriy bibliografiyaga gazetalardan olingan maqolalarni yanada keng jalb qilish to‘g‘risidagi muammoni mutaxassislar bir necha marta o‘rtaga qo‘ygan edilar. Ma’lumot adabiyoti, bibliografik qo‘llanmalar, darsliklar va ommabop adabiyot singarilar tanlanadi: eng muhim spravochniklar va bibliografik materiallar e’lon qilinishi shaklidan qat’iy nazar (ayrim nashrlar, kitob ichidagi, jurnal ichidagi nashrlar) hisobga olinadi. Ommabop spravochniklar, tavsiya bibliografik qo‘llanmalar mavzusi alohida dolzarb bo‘lib, ularda ozmi-ko‘pmi to‘liq axborot bo‘lgan taqdirdagina kiritiladi. Iqtisodchilar, qonunshunoslar va boshqalar uchun mo‘ljallangan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan adabiyotni, shuningdek dastlabki, ishlanmagan tadqiqot materiali (statistika materiallari, amaliy ish tajribasi birinchi marta umumlashtirilgan material, uslubiy ko‘rsatmalar va boshqalar)ni tanlash masalasi tabaqalashtirilib hal qilinadi. Asosan tadqiqotchilar, oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan joriy ko‘rsatkichlar odatda, kiritilmaydi. Bunday materiallar tarmoq axborot markazlarining nashrlarida ancha keng bosiladi, chunki ular tarmoqlardagi amaliy ish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar uchun foydalidir. Ijtimoiy fanlarga oid joriy ko‘rsatkichlarda ham tanlashning yuzaki mezonlari qo‘llaniladi, lekin ular tanlashning sifat mezonlari bilan ko‘pincha bog‘liqdir. Bular tanlashning xronologik doiralaridan (bir oy, kvartal ichida olingan adabiyot va hokazo) nashr etilgan joy bo‘yicha tanlashdan iborat. Ijtimoiy – siyosiy mazmundagi vaqtli nashrlar va chiqarish davom etayotgan nashrlar sahifalarida joriy bibliografik axborotni tanlashning yagona mezonlari ishlab chiqilmagan. Bu muharririyatlarning har biri o‘z kitobxonlarini qiziqtiradigan tematikani, ular uchun g‘oyat muhim bo‘lgan adabiyot turlari va tiplarini, shuningdek jurnal sahifalarida ozmi ko‘pmi katta bibliografik materiallarni bosish imkoniyatlarini hisobga olib, ularni xabardor qilib turadi. Adabiyotni guruhlash joriy bibliografik ko‘rsatkichlarga kiritish uchun aniqlangan va tanlangan hujjatlar faktlarning faqat majmuasidan iborat bo‘lib, ular axborot iste’molchilariga bir biri bilan muayyan 61 bog‘langan holda yetkazilishi kerak. Bunday aloqalar turli jihatlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Shu boisdan materialni ko‘p jihatdan ochib berish ko‘rsatkichlarda uni sistemalashtirishning asosiy tuzilishini, uning bo‘limlari, kichik bo‘limchalarni hamda hujjatlarni izlashga boshqa yo‘llar bilan yondoshish imkonini beradigan ko‘rsatkichlar (Kalitlar) tizimini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy fanlar bo‘yicha joriy ko‘rsatkichlarning asosiy tuzilishi, odatda fan yoki fanlar guruhining real tarkibiy qismiga va amaliy faoliyatiga mos bo‘lishi lozim.

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin