Mavzu : Markaziy Osiyo xalqlari tarixida yozuvlar



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix01.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#170864
1   2   3   4
MAHMUDOV ISROIL Markaziy Osiyo xalqla tarixi yozuvlari1

3. Bo‘g‘in yozuvi
. Eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikning o‘rtalarida va birinchi ming 
yillikning boshlarida ilgarigi yozuvga nisbatan qulayroq va soddaroq bo‘lgan yozuv shakli 
shakllana boshlagan. Bu yozuvda so‘zlar hamda ayrim sodda jumlalar bo‘g‘inlarni bildiruvchi 
belgilar yordamida ifodalangan. SHuning uchun bu yozuv bo‘g‘in yozuvi deb ataladi. YOzuvning 
bu turi ilgarigi yozuvlardan qulayroq bo‘lgan, lekin uning ham o‘ziga yarasha nuqsoni bo‘lgan. U 
ham bo‘lsa, bu yozuv asosan so‘zlar bir yoki ikki bo‘g‘indangina iborat bo‘lgan tillar uchun qulay 
bo‘lgan. Bunday tillarga hind tilining ayrim tarixdagi variantlari kiradi. SHu kamchiligi bor 
bo‘lgani uchun bu yozuv boshqa xalqlar orasida kam tarqalgan.

Lekin yozuvning bu turkumiga kiruvchi mixxat deb atalgan yozuv nisbatan keng tarqalgan. Uni 
eramizdan avvalgi to‘rtinchi mingyillikning oxirida Mesopotamiyada (hozirgi Iroq davlati 
hududi)da yashagan shumerlar o‘ylab topganlar. 

Mixxat yozuvidagi elementlar asosan mix yoki pona shaklini eslatgani uchun mixxat deb nom 
olgan. Mixxat eramizdan avvalgi birinchi mingyillikning oxirlarigacha bobiliylar, assuriylar, 
xettlar, finikiylar tomonidan qo‘llanib kelingan. Bu yozuvdan 
Urartu davlati aholisi
, forslar va 
boshqa qo‘shni xalqlar ham foydalanishgan. 

Mixxat yozuvi piktografik yozuvdan kelib chiqqan. Bu dastlab italiyalik savdogar Pestro CHella 
Valle tomonidan o‘rganilgan. 

Mixxat yozuvlari ichida eng ko‘p tarqalgani forsiy mixxatdir. Bu yozuv eramizdan avvalgi VI-IV 
asrlargacha Ahamoniylar davlati hududida qo‘llanib kelingan. Bu yozuvdan qo‘shni davlat xalqlari, 
shu jumladan O‘rta Osiyo xalqlari ham foydalanishgan. Ahamoniylar davlatining qulashi bilan bu 
yozuvdan foydalanish ham kamaya boshlagan





Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin