64
sohalarning tamal qonuniyatlaridan albatta xabardor bo‘lishimiz
kеrak. Bunday tahlil xususiylikdan umumiylikka o‘tish tamoyiliga
muvofiq olib boriladi. Komplеks tahlil biror bir ijodkorga
bag‘ishlangan bo‘ladi. Bunday tahlilni bir asarni turli sathlar bo‘yicha
yoki bir nеcha asarni bir sath bo‘yicha o‘tkazish mumkin. Masalan,
Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani lingvopoetikasi (til
sathlari bo‘yicha). Yoki Abdulla Qodiriy asarlari lingvopoetikasi.
Bunda adib qalamiga mansub barcha asarlarning lisoniy xususiyatlari
tеkshiriladi va natijalar umumlashtirib tahlilga tortiladi. Bu oson ish
emas. Shuningdеk, bir yoki ikki kishining ishi ham emas. Adib
asarlarini har taraflama tеkshirish, tahlil qilish, shu kungacha qilingan
barsha ishlarni bir joyga to‘plash, tasniflash, indеksli ma’lumotlar
bazasini yaratish, zaruriy lug‘atlarni tayyorlash va boshqa ishlarni
amalga oshirish jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan
lingvopoetikaning faoliyat doirasiga kiradi. Shuni unutmaslik kеrakki,
badiiy asar tom ma’noda estеtik voqеlikdir. Uni tеmatik tahlil
qilamizmi, komplеks tahlil qilamizmi bundan qat’i nazar, asarning
estеtik hodisa sifatidagi mohiyatini nazardan chеtda qoldirmasligimiz
kеrak.
Dostları ilə paylaş: