a) b)
O’lchashda lupning holati: a) to’g’ri; b) noto’g’ri.
DRON-2,0 rentganovskogo apparatining umumiy ko’rinishi ( 1-elektron hisoblash qismi EBU-1-4; 2- avtomatik boshqarish bloki BAU; 3-rentgen trubkasi va gonimetr GUR-5 difraktometr metodi; 4-yuqori kuchlanishli tok VIP-2-50-60M; 5-perforator va hisoblangan qiymatlarni qayta ishlash moslamasi UVI-3M-1.
“Keys-stadi” metodi
«Keys-stadi» - inglizcha so’z bo’lib, («case» –aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o’rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o’rganish, tahlil qilish asosida o’qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini o’rganishda foydalanish tartibida qo’llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When), Qaerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday/ Qanaqa (How), Nima-natija (What).
1-keys. Materiallarni cho’zilishga va siqilishga mustaxkamligini aniqlashga mo’ljallangan qurilmadagi muammoli vaziyat “Materiallarni tadqiqot qilishning ilg’or usullari” modulidan laboratoriyalar “UzKTJM” AJ bilan kelishilgan shartnoma bo’yicha institut laboratoriyasida o’tkazilar edi. Materiallarni cho’zilishga va siqilishga mustaxkamligini aniqlashga mo’ljallangan qurilma bilan detallarning mexanik xossalari aniqlanayotgan edi.
Ishlab turgan qurilma birdaniga to’xtab buzilib qoldi. Tekshirishlar natijasida qurilmaga ortiqcha yuklama qo’yilganligi va tadqiqot qilish jarayonida GOST talablariga amal qilinmaganligi aniqlandi.
Savol: Nima uchun yuqorida keltirilgan materiallarni cho’zilishga va siqilishga mustaxkamligini aniqlashga mo’ljallangan qurilma buzilib qoldi? Tadqiqot qilish jarayonida aynan qanday talablarga amal qilinmagan?
! Topshiriqlarni ketma-ketlikda bajaring va keys yechimini toping