Mashhurlar hayoti saida Rametova



Yüklə 15,96 Kb.
tarix26.01.2023
ölçüsü15,96 Kb.
#81068
Mashhurlar hayoti

MASHHURLAR HAYOTI

Saida Rametova


KADR… Ha, ha, aziz tomoshabinlar bu aynan o’sha butun o’zbek xalqiga qaynona roli bilan tanilgan mashhur aktrisa Saida Rametova.
Saida Rametova 65 yoshigacha ekran ortida ishlab xizmat qilgan bo’lsa, o’zbek xalqi bu ismni eshitishi bilan ko’z oldida deyarli barcha o’zbek aktrisalarining qaynonasi va shu bilan kifoyalanib qolmay, injiq, qaysar, qattiqqo’l, talabchan, bir so’z bilan aytganda haqiqiy general qaynona timsoli gavdalanadi. KADR
Ammo bu xislatlar faqatgina filmlardagi rollarda xolos. Hayotda also unaqa emasman. Aksincha kelinlarimni o’z qizlarimdek ko’raman, ularning yonini olaman, zinhor urushmayman – deydi Saida Rametova intervyularida va kelinlari ham aktrisaning haqiqatdan ham mehribon qaynona ekanligini mamnun bo’lib tasdiqlashadi. KELINLARI BILAN INTERVYUDAN KADR.
Agarda ularga nimanidir tushuntirmoqchi bo’lsam tezda ichimda ssenariy tuzib olamanda o’rnimdan turib olib baland ovozda –‘’Hoooy kelinlaru qani chaqqon-chaqqon qimirlang, ish qilganizni sezmay qolay, hama joyni yog’ tushsa yalagudek qilib tozalang, hozir mehmonlar kelib qolishadi ovqatga urnang.’’- deb gapiraman shunda kelinlarim oldimga yugurib kelib,
-Oyijon bizga aytayapsizmi deyishsa,
-Voy yo’g’e rolimni yodlayapman-deyman keyin o’zlaridan bilib ishlarini qilib ketishadi – deydi super qaynona Saida Rametova. KADR.
Elimiz ardog’idagi ko’zlaridan o’t chaqnab turadigan jonkuyar san’atkor Saida Rametova ayol kishining metin iroda sohibasi ekanligini isbotladi. Hatto 63 yoshida saraton kasalligiga chalinib ijodida qisqa tanaffus bo’lib qoldiyu biroq oyoqqa turib yana ekranlarga qaytdi. Shundan so’ng volidai muhtaramasi tuzalganidan xursandchiligi ichiga sig’magan aktyor Aziz Rametov o’z nikoh to’yida onasiga bag’ishlab qo’shiq aytadi. KADR.
Saida Rametovaning o’tkir nigohlariyu, ma’noli gap-so’zlari tomoshabinni o’ziga jalb qiladi. U ijro etgan har bir filmidagi rollarini maromiga yetkazib o’ynagani uchun ham tomoshabinlar maroq bilan takror va takror tomosha qilib zerikishmaydi. KADR.
Saida Rametova o’z kasbining ustasi deb tan olingan va O’zbekiston respublikasida xizmat ko’rsatgan artist unvoni va mehnat shuhrati ordeni sohibasi bo’lgan.
Saida Rametova QAYSARGINAM, FARZAND, UCHAR QIZ, SUPER QAYNONA, QUDAJONLAR, ONAM BILMASIN, MUG’OMBIR KUYOVLAR, MILLIONER KELIN, FARISHTAGINAM, SALOM NATASHA, UQUBAT, CHAPANI KUYOV, POYMA-POY, HECH KIM BILMASIN, SUPER KELINCHAK, ONA, DADAM BILMASIN, KUNLARDAN BIR KUN, ASAL OYI, QUDAMNI KO’RMADINGIZMI, HASAD, ONASINI ERKASI, QOCHQIN, SNAYPER, KECHIR FARZANDIM, TELBA va yana bir qator filmlarda ajoyib rol ijro etgan. Kadr.
Qadrli tomoshabinlar, bugun biz sizlarga ko’pchilikning sevimli aktrisasi bo’lgan Saida Rametovaning ijodini va filmlarini yana bir bor eslatib yuzingizga kulgu-tabassum yugurtirgan bo’lsak va kayfiyatingizni ko’targan bo’lsak bundan bag’oyatda mamnunmiz. Aziz tomoshabinlar agar biz sizni bugungi ko’rsatuvimiz bilan zeriktirib qo’ymagan bo’lsak unda keyingi ko’rsatuvimizga qadar xayr, salomat bo’ling.
Yüklə 15,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin