Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə121/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

Dastlabki hujjatlar ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirishda aso-siy ma’lumot manbaasi hisoblanadi. Jumladan, xodimlar va yollangan shaxslar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda: ishga qabul qilish va bosh-qa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi, ta’tilga chiqarish to‘g‘risidagi, mehnat shartnomasini to‘xtatish to‘g‘risidagi buyruqlar; kontraktlar, mehnat shart-nomalari; shtatlar jadvali; shaxsiy kartochkalar(T-2sh); ish vaqtini hisobga olish tabeli(T-13sh); mehnatga layoqatsizlik varaqasi; hisoblashuv-to‘lov vedomosti(T-49sh); hisob-kitob vedomosti (T-51sh); to‘lov vedomosti (T-53sh); shaxsiy hisob varaq (T-54sh); ijro varaqalari; daromad va daromad solig‘ini hisobga olish bo‘yicha soliq kartochkasi;
ijtimoiy sug‘urta va ta’minotga doir hisob-kitoblarni tekshirishda:
«Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha hisob-kitoblar vedo-mosti» (F. 4-ISJ), «Ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlari», «Sug‘ur-ta qildiruvchiga xabarnoma», «Ijtimoy sug‘urta jamg‘armasiga o‘tkazilgan badallar hisobidan pensiya va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha vedomost»;
hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda: bo‘nak (avans) hisoboti; xizmat safari guvohnomasi; xizmat safariga boruvchi va keluvchi xodimlarni ro‘yxatga olish daftari; 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar», 4230-«Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘-naklar» va 6970 –«Hisobdor shaxslardan qarzlar» schyotlari bo‘yicha in-venttarizatsiya ro‘yxatlari;
Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob-kitoblarni tekshirishda:
kreditga sotilgan tovarlar uchun topshiriqnoma-majburiyat; qarz shart-nomasi; moddiy zararni qoplash to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish); sud qa-rori; ijro varaqalari; to‘lov topshiriqlari; kassa kirim orderlari.
Dastlabki hujjatlarni tekshirishda auditor dastlabki hujjatlarning belgi-langan tartibda tasdiqlangan namunaviy shakllaridan foydalanilganligini ham aniqlashi zarur.
Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish ushbu muomalalarni hisobga olish va ichki nazoratning ahvolini oldindan baholashni nazarda tutadi.
Bunda xodimlarni ishga yollash va ishdan bo‘shatishda qonunchilikka rioya qilinishini, ro‘yxatdagi hisob va nazorat xodimlariga xizmat vazifa-larini, ish vaqtini va bajariladigan ishlarni taqsimlash holati; mehnatga haq to‘lash, mukofotlash va moddiy yordam to‘g‘risidagi nizomlarga rioya qi-linish va boshqalarni aniqlaydi.
Auditor ichki nazoratning holatini o‘rganganidan so‘ng («a’lo», «yax-shi», «o‘rta») ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirish uchun tanlash hajmini aniqlaydi.
Korxonaning tashqi hisob-kitob muomalalari mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar, xaridorlar va buyurtmachilar bilan, turli debitorlar va kre-ditorlar bilan, mustaqil balansga ajralib chiqqan bo‘linmalar bilan, sho‘ba va tobe korxonalar bilan, ssudalar bo‘yicha banklar bilan, soliqlar va bosh-qa yig‘imlar bo‘yicha budjet bilan hamda budjetdan tashqari tashkilotlar bilan Shuningdek, da’volar bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi.
Korxonaning to‘lov layoqati, moliyaviy ahvoli va investitsion muhiti ko‘p jihatdan ushbu hisob-kitoblarning holatiga bog‘liq. Tashqi hisob-kitoblarning ahvoli to‘g‘risidagi hisobot ko‘rsatkichlarining aniqligiga ishonch hosil qilish barcha hisobot talabgorlari uchun zarurdir. Shu bois-dan, auditor tashqi hisob-kitob muomalalarining holatini maxsus puxta tekshiruvdan o‘tkazishi lozim.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin