Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Ta’sis hujjatlarini tekshirish



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə143/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

2. Ta’sis hujjatlarini tekshirish
Auditor ta’sis hujjatlarini tekshirishda quyidagilarni aniqlaydi:
– ta’sis hujjatlarida qanday faoliyat turlari ko‘zda tutilgan;
– haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turlarining ta’sis hujjatlariga muvofiqligi;
– O‘zbekiston Respublikasining «Ayrim faoliyat turlarini litsenziya-lash to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo‘lgan fao-liyat turlari va litsenziyalarning mavjudligi.
Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari bo‘yicha litsenziyalar mavjudligi va ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi. Chunki korxo-na bunday faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqiga litsenziya olingan yoki unda ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab ega bo‘ladi va ushbu huquq lit-senziya amal qilish muddati o‘tishi bilan to‘xtatiladi. Tegishli litsenziya-larga ega bo‘lmasdan amalga oshirilgan faoliyat turlari noqonuniy hisobla-nadi. Agar korxona bitta ta’sischi tomonidan tashkil etilgan bo‘lsa, bunda u mazkur ta’sischi tomonidan tasdiqlangan, tegishli hokimiyat organidan ro‘yxatdan o‘tgan va notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta’sis hujjatlari bilan tanishish auditorga mulk egasi kim ekanligini va kimning manfaati uchun tekshiruv o‘tkazilayotganligini aniqlashga imkon beradi.
Agar korxona bir necha ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan bo‘lsa, u holda ta’sis shartnomasi tuzilishi lozim, ustav esa ta’sischilar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) barcha ta’sischilar tomonidan imzolangan ta’sis shartnomasi va ustav asosida tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Auditor tegishli ta’sis hujjatlarining mavjudligini va ularni tasdiqlash hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi. Korxona ta’sischilar tomonidan uni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab emas, balki davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan deb hisoblanadi. Shu bois-dan, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjud-ligini, agar ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa, qayta ro‘y-xatdan o‘tkazilganligini tekshirish lozim.
Auditor ta’sis shartnomasi bilan tanishishda, unda qanday shartlar keltirilganligini aniqlaydi. Jumladan:
– mulklarni ulush sifatida qo‘shish (topshirish);
– faoliyatda ishtirok etish;
– foyda va zararlarni ta’sischilar o‘rtasida taqsimlash;
– korxona faoliyatini boshqarish va unda ta’sischilarning ishtiroki;
– ta’sischilarning korxonadan chiqishi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) ta’sis shartnomasida yu-qorida sanab o‘tilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi shartlar ham bo‘-lishi lozim:
– ustav kapitalining tarkibi va hajmi to‘g‘risida;
– har bir ta’sischi ulushining hajmi va uni o‘zgartirish tartibi;
– ta’sischilar ulushlarining tarkibi, hajmi va topshirish muddatlari;
– ulushlarni qo‘shishga doir majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik;
– ta’sischilar tomonidan qo‘shiladigan ulushlarning jami summasi.
Auditor korxona ustavi bilan tanishish chog‘ida unda quyidagilar ko‘rsatilganliini aniqlaydi:
– korxonaning o‘ziga xos xususiyatlari va tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydigan nomi;
– korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan, joylashgan o‘rni;
– ustav kapitalining ko‘lami va uning barcha ta’sischilar o‘rtasida ulushlarga taqsimlanishi;
– korxonaning maqsadi va faoliyat turlari;
– ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi;
– korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular tomonidan qaror qabul qilish tartibi;
– dividendlar taqsimlash tartibi;
– amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgani hamda ta’sischilar bilan kelishilgan, lekin qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar. Shuningdek, ta’sis hujjatlarini tekshirishda korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini e’tiborga olish zarur. Masalan, aksiyadorlik jamiyatining ta’sis-chilari tomonidan tasdiqlangan ustavida, ustav kapitalining ko‘lami to‘g‘-risidagi ma’lumotlar bilan birga jamiyat tomonidan chiqariladigan aksiya-larning toifalari, ularning nominal qiymati va miqdori, aksiyadorlarning huquqlari to‘g‘risidagi shartlar har xil bo‘lishi lozim. Aksiyadorlik jami-yatining barcha aksiyalari bir aksiyador tomonidan sotib olinganda, aksiyadorlik jamiyatini bir kishi tashkil etgan hisoblanadi yoki bir aksiya-dordan iborat bo‘ladi. Bu holdagi ma’lumotlar aksiyadorlik jamiyati us-tavida qayd qilingan, ro‘yxatga olingan va hamma tanishishi uchun e’lon qilingan bo‘lishi kerak.
Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aksiyadorlik jamiyati va mas’u-liyati cheklangan jamiyat yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘la olmasligiga e’tibor berishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham yuridik shaxslar, ham jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Qo‘shma korxona ustav kapitaliga o‘zbekistonlik ishtirokchi tomoni-dan qo‘shiladigan hissa xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko‘ra milliy valutada qanday baholansa, kelishilgan baholar bo‘yicha chet el valutasida ham jahon bozoridagi bahoni hisobga olgan holda shunday baholanadi.
Xorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo‘shma korxonani tashkil etish haqidagi shartnoma imzolangan kundagi yoki uning ishtirok-chilari kelishgan boshqa sanaga amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy valuta kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tka-zish yo‘li bilan baholanadi.
Jahon bozori bahosi bo‘lmaganda qo‘shilayotgan mulklar qiymati ish-tirokchilarning kelishuviga muvofiq aniqlanadi.
Ta’sis hujjatlarini tekshirishda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har bir tashkiliy-huquqiy shakldagi xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun turli mas’uliyatlar belgilanishini inobatga olish zarur.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin