tajribada sinalgan bo‘lishi kerak: bu yo‘riqnomani avval o‘zi yoki hamkasbidan bajarishini iltimos qilish kerak;
guruh topshiriqni mustaqil bajarish bo‘yicha to‘la tavsiyanomalar bo‘lishi kerak
Modulli o‘qitish Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
An’anaviy ta’limda o‘quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalangan ya’ni bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, modulli o‘qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Modulli o‘qitish texnologiyasining an’anaviy o‘qitishdan farqli xususiyatlarini quyidagi jadvalda keltirdik.
-Bir tomonga yo‘naltirilgan axborot.
-Bir tomonlama muloqot
(darslik→ o‘qituvchi→talabalar)
-Axborot olish
-Xotirada saqlash
-Ma’nosini tushunmagan holda mexanik tarzda yodlash.
-Fikrlash va amaliy faoliyat orqali tahsil olishda faol ishtirok etishni rag‘batlantirish.
-Ikki tomonlama muloqot
-Tahlil qilish orqali ma’lumotni eslab qolish
-Bilim va ko‘nikmalarni namoyish etish
-Mazmunni tushunish va hayotga bog‘lash.
Ushbu jadvalning tahlili shuni ko‘rsatadiki, modulli texnologiyaga asoslangan ta’lim an’anaviy ta’limdan o‘qitish usullari va vositalari uni tashkil etish va natijalari bilan sezilarli farq qiladi. Modulli o‘qitish ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama echish imkoniyatini yaratadi.
- Modul - faoliyatlik asosida o‘qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta’minlaydi;
- o‘qitishni individuallashtirish;
- amaliy faoliyatga o‘rgatish va kuzatiladigan xarakterlarni baholash darajasida o‘qitish samaradorligini nazorat qilish;
- kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish mustaqillik va o‘qitish imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish.
Modulli o‘qitish samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq:
- ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi;
- malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi darajasi;
- tinglovchilar tayyorgarligi darajasiga;
- kutiladigan natijalar bahosiga;
- didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga;
- modullar natijasi va tahliliga.
Modulli o‘qitishda o‘quv dasturlarini to‘la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi.
Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
- o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash;
- o‘qitishni individuallashtirish;
- o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun etarli sharoit yaratish;
- o‘qitishni jadallashtirish;
- fanni samarali o‘zlashtirishga erishish.
Modulli o‘qitish fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar beruvchi muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar tinglovchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Modul amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuzilishi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldirilishi kerak.
Modulni o‘qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o‘qitishning quyidagi usullarini qo‘llash mumkin: muammoli muloqotlar, evristik suhbatlar, o‘quv o‘yinlar va loyihalash va yo‘naltiruvchi matnlar va hokazo.
O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari aniqlanadi: fanlar va fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligini ta’minlanishi, har bir modul ichida va ular orasida o‘quv jarayonini barcha turlarining metodik jihatdan asoslangan muvofiqligini o‘rnatilishi, fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi, tinglovchilar o‘zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so‘ng) qilinishi, tinglovchilarning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng o‘qituvchi ayrim tinglovchilarga fanni individullashtirishni tavsiya etishi mumkin), axborotni «siqib» berish natijasida o‘qitishni jadallashtirish auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini ma’ruzaviy amaliy (tajribaviy) mashg‘ulotlar individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni – optimallashtirish.
Buning natijasida tinglovchi etarli bilimlarga va ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Modulli metodika asosida o‘qitishda faoliyatlik, tizimli kvantlash, qiziqtirish, modullilik, muammolilik, kognitiv vizuallilik, xatoliklarga tayanish tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
O‘quv materialining o‘zlashtirilishiga mashg‘ulotlar paytida modulning amaliy ahamiyati qay darajada ochib ko‘rsatilganligi modul mazmunining boshqa modullar bilan bog‘liqligi shu modulni o‘rganishdagi tinglovchilarning bir xil xatoliklari tahlili muhim ahamiyatga ega.