Ma’ruza. Loyihaviy o`qitish texnologiyalari


MA’RUZA: Informatika ta’limida hamkorlikda va modulli o‘qitishni loyihalashtirish



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə25/31
tarix18.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#116631
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
4-курсга.маруза.талабага

MA’RUZA:

Informatika ta’limida hamkorlikda va modulli o‘qitishni loyihalashtirish
Modulli o‘qitish
Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
An’anaviy ta’limda o‘quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalangan ya’ni bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, modulli o‘qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Modulli o‘qitish texnologiyasining an’anaviy o‘qitishdan farqli xususiyatlarini quyidagi jadvalda keltirdik.



An’anaviy o‘qitish
texnologiyasiga asoslangan

Modulli o‘qitish texnologiyasiga
asoslangan

-Bir tomonga yo‘naltirilgan axborot.
-Bir tomonlama muloqot
(darslik→ o‘qituvchi→talabalar)
-Axborot olish
-Xotirada saqlash
-Ma’nosini tushunmagan holda mexanik tarzda yodlash.

-Fikrlash va amaliy faoliyat orqali tahsil olishda faol ishtirok etishni rag‘batlantirish.
-Ikki tomonlama muloqot
-Tahlil qilish orqali ma’lumotni eslab qolish
-Bilim va ko‘nikmalarni namoyish etish
-Mazmunni tushunish va hayotga bog‘lash.

Ushbu jadvalning tahlili shuni ko‘rsatadiki, modulli texnologiyaga asoslangan ta’lim an’anaviy ta’limdan o‘qitish usullari va vositalari uni tashkil etish va natijalari bilan sezilarli farq qiladi. Modulli o‘qitish ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama echish imkoniyatini yaratadi.


- Modul - faoliyatlik asosida o‘qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta’minlaydi;
- o‘qitishni individuallashtirish;
- amaliy faoliyatga o‘rgatish va kuzatiladigan xarakterlarni baholash darajasida o‘qitish samaradorligini nazorat qilish;
- kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish mustaqillik va o‘qitish imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish.
Modulli o‘qitish samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq:
- ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi;
- malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi darajasi;
- tinglovchilar tayyorgarligi darajasiga;
- kutiladigan natijalar bahosiga;
- didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga;
- modullar natijasi va tahliliga.
Modulli o‘qitishda o‘quv dasturlarini to‘la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi.
Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
- o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash;
- o‘qitishni individuallashtirish;
- o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun etarli sharoit yaratish;
- o‘qitishni jadallashtirish;
- fanni samarali o‘zlashtirishga erishish.
Modulli o‘qitish fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar beruvchi muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar tinglovchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Modul amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuzilishi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldirilishi kerak.
Modulni o‘qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o‘qitishning quyidagi usullarini qo‘llash mumkin: muammoli muloqotlar, evristik suhbatlar, o‘quv o‘yinlar va loyihalash va yo‘naltiruvchi matnlar va hokazo.
O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari aniqlanadi: fanlar va fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligini ta’minlanishi, har bir modul ichida va ular orasida o‘quv jarayonini barcha turlarining metodik jihatdan asoslangan muvofiqligini o‘rnatilishi, fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi, tinglovchilar o‘zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so‘ng) qilinishi, tinglovchilarning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng o‘qituvchi ayrim tinglovchilarga fanni individullashtirishni tavsiya etishi mumkin), axborotni «siqib» berish natijasida o‘qitishni jadallashtirish auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini ma’ruzaviy amaliy (tajribaviy) mashg‘ulotlar individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni – optimallashtirish.
Buning natijasida tinglovchi etarli bilimlarga va ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Modulli metodika asosida o‘qitishda faoliyatlik, tizimli kvantlash, qiziqtirish, modullilik, muammolilik, kognitiv vizuallilik, xatoliklarga tayanish tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
O‘quv materialining o‘zlashtirilishiga mashg‘ulotlar paytida modulning amaliy ahamiyati qay darajada ochib ko‘rsatilganligi modul mazmunining boshqa modullar bilan bog‘liqligi shu modulni o‘rganishdagi tinglovchilarning bir xil xatoliklari tahlili muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’limga joriy qilishda asosiy metodlaridan biri hamkorlikda ta’lim olishdir.
Hamkorlikda ta’lim olish texnologiyasidagi asosiy g‘oya turli o‘quv holatlarida o‘quvchi va talabalarning hamkorlikdagi (birgalikdagi) faol o‘quv faoliyati uchun sharoit yaratishdan iboratdir.
O‘quvchi va talabalarning qobiliyati turlicha bo‘lib, ba’zilari o‘qituvchining aytganlarini tez tushunishadi va ular muloqot qilish ko‘nikmalarini ham tez egallashadi. Ba’zi o‘quvchi va talabalarda bu jarayon qiyinchilik bilan kechadi, ya’ni buning uchun nafaqat ko‘proq vaqt, balki o‘quv materiali mazmunini ma’nosini to‘liq tushunib etishlari uchun qo‘shimcha misollar, mashqlar yoki tushuntirishlar olib borilishi talab qilinadi. Bunday o‘quvchi(talabalar) dars jarayonida barcha o‘quvchilar oldida savol berishga, tushunmaganlarini oydinlashtirishga tortinishadi. Hatto ba’zi o‘quvchilar tushunmaganliklarini tan olishmaydi yoki tug‘ri izohlay olishmaydi. O‘quv faoliyatida o‘rganilayotgan materialni o‘quvchi(talaba)larning tushunishi ta’limdagi eng muhim psixologik jarayon hisoblanadi.
Bizning izlanishlarimizda eksperimental psixologiya (pedagogik texnologiya asoslanadigan) va an’anaviy metodika (didaktika asoslanadigan) bir-birini boyitishi va shu bilan yangi pedagogik texnologiyalarning yaratilishiga olib kelish kuzatilmoqda.
Endi pedagogik texnologiyalarning tamoyillari(kafolatlangan yakuniy natija, ta’lim samaradorligi, qaytuvchan aloqalarning mavjudligi, ta’lim maqsadlarining aniq shakllanganligi)ga asoslanib, ta’lim jarayonida turli holatlar(situatsiyalar)da o‘quvchi(talaba)larning hamkorlikda ta’lim olishlarini tashkil qilish metodlari haqida fikr yuritamiz.
Sinf-dars sistemasida (hozircha bu sistema saqlanayapti) hamkorlikda ta’lim olish muammoni echishga maksimal sharoit yaratish yo‘llarini izlash lozim. Bunday sharoitni sinf dars jarayonida texnika vositalari, tarqatma materiallar, ko‘rgazmalilik vositalari yordamida yaratish mumkinligi A.Lure, E.S.Polat kabi olimlarning ilmiy metodik ishlarida aytilgan fikrlar asos bo‘la oladi. Dunyodagi ko‘p davlatlar ta’limida shaxsga yo‘naltirilgan muammolarni echishning turli yo‘llari ma’lum. Bu muammolarning echimlari tahliliga qisqacha to‘xtaymiz. Bizning vazifamiz sharoitimizni hisobga oluvchi darslarda bu yondashuvning amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan holatlarni ko‘rsatishdir. Hozirgi vaqtda pedagogika va psixologiya o‘quv qo‘llanmalarida ta’limning ijtimoiy yo‘nalishida 3ta didiktik sistema kiritilgan. Bular ochiq maktablar, individual ta’lim usuli va hamkorlikda ta’lim olishdir. Avstraliya, AQSH, Angliyada individual reja bilan o‘qish tajribasi keng yoyilgan. Bu individual uslubda o‘qitishga mos keladi. AQSHda hozir ham ochiq maktablar ko‘p. Kupchilik bunday maktablar ta’limning boshlang‘ich bosqichlariga to‘g‘ri keladi. Bunday maktablarda individual reja bilan o‘qitishadi. Individual reja o‘qituvchi rahbarligida tuziladi, keyingi bosqichlarda esa bu rejani o‘quvchining o‘zi o‘ziga mos holda tuza boshlaydi. Bunday rejalar kunlik, haftalik, oylik shaklda tuziladi va h.k. Lekin bunday ta’limni ommaviy qo‘llash kerak emas. Ommaviy maktablar uchun hamkorlikdagi ta’lim olish tajribasining ahamiyati katta. Hamkorlikda ta’lim olish texnologiyasida ommaviy maktablarda sinf dars sistemasi mos keladi. Ta’lim mazmuni bunda o‘zgarmaydi. Natijani oldindan aytish(tashxis)ga imkoniyat yaratiladi. Natijani olish har bir o‘quvchini bilim olishini faollashtirish uchun etarli sharoitlar yaratuvchi texnologiyalar topiladi. Olingan bilimlarni chuqurlashtirish, ma’lum darajada amaliy ko‘nikma hamda malaka hosil qilish mumkin. Hamkorlikda ta’lim olishni amerikalik pedagog R.Slavin, R.Djonson, D.Djonson, E.Arason tomonidan ishlab chiqilgan. Bu texnologiyaning asosiy g‘oyasi: turli o‘quv holatlarida o‘quvchilarning birgalikda faol o‘quv faoliyatlari uchun sharoit yaratishdir. O‘quvchilar turlicha bilimga ega: bir xillari o‘qituvchining barcha aytganlarini tez tushunishadi, ba’zilari uchun esa tushunishlar uchun vaqt kerak va h.k. Bunday o‘quvchilar materialning ma’nosini tushunishlari uchun ko‘proq o‘ylashlari lozim bo‘ladi. Ba’zi bolalar sinfda boshqa bolalarning oldida so‘rab o‘rganishdan tortinadilar. SHu bilan birga o‘rganilayotgan materildagi muammo tushunarli bo‘lmaydi va uni echish ham ularda qiziqish o‘yg‘otmaydi. Demak, bu holatda masalaning mohiyati ochiq qoladi. Bu holda sinfdagi bolalarni 3-4 tadan qilib mayda guruhlarga bo‘lish kerak. Bu erdagi kichik guruhda bolalar bir-birlariga psixologik mos kelishlari lozim. Aks holda bolalarni kichik guruhga bo‘lgan bilan ta’limda hamkorlik bo‘lmaydi. SHu kichik guruhga bitta umumiy vazifa (topshiriq)beriladi. Guruhdagi har bir o‘quvchiga esa shu vazifa yuzasidan alohida topshiriq beriladi. YA’ni har bir o‘quvchi o‘ziga belgilangan topshiriqni bajarishga javobgar bo‘lib, topshiriqni bajarishdagi natija olish bosh vazifa ekanligi tushuntiriladi. Odatda, bolalar dastlab bunga e’tiborsizlik bilan qarashlari mumkin. Topshiriqni bajarishda har bir o‘quvchi faqat o‘zining topshirig‘ini bajarishi bilan cheklanmasdan, shu kichik guruhga berilgan umumiy topshiriq uchun ham mas’ul ekanligini chuqur his qilganda, o‘quvchilar bu masalaga jiddiy qarashadi. Natijada, o‘quvchilar bir-birlaridan so‘rab, bir-biriga o‘rgatib, tortishib ta’lim uchun juda muhim bo‘lgan faoliyatlarni bajarishadi. Kuchsiz o‘quvchi kuchli o‘quvchidan tushunmaganlarini so‘raydi. Bunday sharoitda kuchli o‘quvchi o‘zining qobiliyatini to‘la namoyish qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘quvchi o‘zining qarashlarini tekshirib ko‘radi, kuchini sinaydi. Boshqa o‘quvchiga yordam beradi va birgalikda masalaning mohiyatini o‘rganishadi hamda tushunishadi. Natijada o‘quvchilar uchun birgalikda ta’lim olish hamkorligi yaratiladi. Bu usul yaxshi natijalarga olib keladi. Bolaning materialni o‘rganishi, tushunishi, chuqur fikrlashi, mavjud muammolarni mohiyatiga etishi, bu muammoni echish va yakuniy natijani olishi uchun undan ko‘p mehnat talab qiladi. O‘quvchi axborotni to‘plashi, tanlashi va axborotni qo‘llashi uchun faqat o‘qituvchi yoki kitobdan yordam olishi bilan chegaralanmasdan, boshqa bolalar bilan birgalikda jamoa (kollektiv), bo‘lib o‘z faoliyatini kichik guruhda belgilashi va bunda o‘z bilimini (mexnatini) baholashi ta’lim olishda g‘oyat muhimdir. Oxir-oqibat o‘quvchining o‘zi ustida mustaqil o‘rganib bilim olishi uchun yana katta turtki bo‘ladi. Bunday natija o‘qituvchi uchun ham juda qulay. Bunday hamkorlikda bilim olishda o‘quvchining faolligi rivojlanadi. Demak, sinfdagi bitta o‘quvchi darsni o‘zlashtirmasa, barcha guruh uchun bu berilgan baho bo‘ladi. Demak, dars o‘z maqsadiga erishmagan hisoblanadi. Hamkorlikda ta’lim olishda sinf dars sistemasida avval sinf oldiga yalpi umumiy vazifa belgilanadi, so‘ng masalaning mohiyati to‘la ravishda kichik guruhlarda alohida o‘rganiladi. Bu tadbirni o‘qituvchi boshqaradi. Kichik guruh uchun bitta umumiy topshiriqni bajarilishi kichik jamoaning mehnatiga berilgan baho bo‘ladi. Baho ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Bunday baho bilan har bir o‘quvchi ham o‘z mehnati va faoliyatiga baho qo‘yadi. Topshiriqni bajarishda har bir o‘quvchining alohida topshirig‘i bo‘ladi. Baho qo‘yish mezoni ham har xil bo‘lib, bunday bahoni ball bilan baholasa ham bo‘ladi. Topshiriq bajarilishiga mos keladigan yakuniy topshiriq ham bo‘lishi mumkin. Muhimi, har bir o‘quvchi o‘z mehnatiga baho oladi. O‘qituvchi tomonidan guruh faoliyati baholar yordamida rag‘barlantirilishi ham mumkin. Kichik guruhdagi bolalarning bu boradagi mehnatini har bir o‘quvchi his qilishi g‘oyat muhim bo‘lib, kelajakda o‘z samarasini beradi. Hamkorlikning pedagogik va psixologik jihatlari ko‘p. Bundan unumli foydalanish o‘quvchi shaxsini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar kichik guruhning muvaffaqiyatidan birga quvonishadi. Kamchiliklaridan esa birga qayg‘urishadi. Natijada, bolalarda hayotdan quvonish, bir-biriga yordam berish kabi insoniy hislatlar rivojlanadi. Bunday hamkorlikdagi ta’lim turli davlatlarda turlicha shaklda tashkillashtirilgan va etarlicha tajriba yig‘ilgan. Odatda kichik guruhlarni o‘quvchi o‘zi tashkillashtiradi. Buni turlicha tashkillashtirish va bu ishda ijodiy yondashish ham mumkin. Guruhda ta’lim oluvchilar ma’lum maqsadiga ko‘ra hamkorlikda ta’lim olish uchun vaqtincha tarkibi o‘zgaruvchan (harakatlanuvchi) bo‘lgan kichik guruhlarga bo‘linadi. Guruhda hamkorlikda ta’lim olishda, avvalo ta’lim maqsadlari, vazifalari, berilgan topshiriqlar mazmuni, uni echish usullari belgilanadi, kutilayotgan natijalar shakllantiriladi va muhokama etiladi. So‘ngra ilgari surilgan takliflar, g‘oyalar birga amalga oshiriladi va olingan natijalar tahlil qilinadi. Guruh shaklida ta’lim olishda «ta’lim beruvchi–guruh–ta’lim oluvchi» ko‘rinishidagi uch tomonli o‘zaro munosabatga asoslaniladi. Guruhda ta’lim olishda interfaol metodlardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Hamkorlikda ta’lim olishni tashkillashtirishda quyidagi hamkorlikda ta’lim olishning tamoyillarini keltiramiz:
1. Guruhni o‘qituvchi tashkil etadi. Bunda o‘quvchilarning o‘zaro psixologik moslashuvi hisobga olinadi. Har bir guruhda kuchli, o‘rtacha va kuchsiz o‘quvchilar bo‘lishi maqsadga muvofiq. Agar guruhda hamkorlik ko‘ngildagidek bo‘lmasa, darhol guruhni almashtirish kerak. Agar guruhda hamkorlik ko‘ngildagidek bo‘lsa, bu guruhni o‘zgartirish kerak emas.
2.Guruhda hammaga tegishli bitta umumiy vazifa beriladi. Bu vazifani bajarishda har bir o‘quvchining roli belgilanadi (mehnat taqsimoti). Odatda, bu taqsimotni o‘quvchilarning o‘zlari bajarganlari ma’qul. Lozim bo‘lganda o‘qituvchi bunga aralashadi.
3.Topshiriq uchun (barchaga) guruhga bitta baho qo‘yiladi. Bunda faqat bilim emas, balki o‘quvchilarning birgalikdagi mehnati baholanib, bu mehnatda (yutuqda) qaysi o‘quvchining roli qanday ekanligini o‘quvchilarning o‘zlariga o‘zlari baho berishsin. Lozim bo‘lganda esa, o‘qituvchi bu ishga aralashishi mumkin.
4.Guruhning ishi, ya’ni vazifaning bajarilganligini o‘qituvchi qaysi o‘quvchidan so‘rashini o‘qituvchini o‘zi belgilaydi. Agar hisobotni kuchsiz o‘quvchiga yuklatilsa, natija yaxshi bo‘ladi. CHunki kuchsiz o‘quvchi vazifaning maqsadi, muammolari, echimlarini to‘g‘ri tahlil qilib bera olsa, materialni qolgan o‘quvchilar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan. Demak, dars o‘z maqsadiga erishdi. Kuchsiz o‘quvchi topshiriqni muvaffaqiyatli bajarishi va faolligi hisobiga u o‘rtacha o‘quvchilar safiga ko‘tariladi. Xuddi shuningdek, o‘rtacha o‘quvchiga ham shu fikrni aytish mumkin. Agar natija salbiy bo‘lsa, o‘quvchining faoliyatiga salbiy baho berilib, uning o‘rni bir darajaga tushiriladi. Albatta, bu tadbir bilan o‘quvchining faoliyati to‘la belgilanmaydi. O‘quvchining kichik guruhdan tashqari (kichik guruhga aloqador bo‘lmagan) vazifalarni mustaqil bajarish bilan ta’lim va tarbiyada faoliyati baholab boriladi. Hamkorlikda ta’lim olishni sinfdagi yoki guruhdagi o‘quvchi-talabalar 3-4, 3-6, 4-6 va hokazo sonda qulay bo‘lgan kichik guruhlarga ajratiladi. Bunday kichik guruhlarni zveno, komanda yoki boshqa nom bilan atash ham mumkin. O‘qituvchi bu kichik guruhlar ishini tashkillashtiradi va rahbarlik qiladi. O‘qituvchining kichik guruhlar bilan ishlashi an’anaviy ta’limdagi o‘quvchilar bilan ishlash faoliyatidan farq qiladi. SHu boisdan o‘qituvchilar kichik guruhlar bilan ishlash uchun kerak bo‘ladigan pedagogik bilim va mahoratni egallashlari lozim bo‘ladi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin