Ma’ruza Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti. Fan bilishning maxsus shakli sifatida Reja: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi»


Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 262,62 Kb.
səhifə5/7
tarix16.12.2023
ölçüsü262,62 Kb.
#181966
1   2   3   4   5   6   7
Маъруза1

3.2.Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari

Fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat XVII–XVIII asrlarda to`la shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni aytish mumkinki, bu I.N’yuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta`riflab, shu tariqa tabiatshunoslikning bo`limi– asoslari asrlar mobaynida shakllangan, bosh tamoyillari esa bundan yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo Galiley tomonidan ta`riflangan klassik mexanikaning shakllanishiga yakun yasaganidan keyin yuz berdi.


1.Miloddan avvalgi III-I ming yillikdan XVI asrgacha bo`lgan davr ilk fan davridir. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o`tib kelgan, hayot tajribasi va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega bo`lgan tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa masalalarni echishda foydala-niladigan ma`lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan falsafada tegishli bo`limlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqqan. Jumladan, Aristotelning falsafiy asarlarida fizika, zoologiya, embriologiya, mineralogiya, geografiya kabi fanlarning kurtaklariga duch kelish mumkin.
Qadimgi Gretsiya fani tabiat, jamiyat va tafakkur qonuniyatlarining ilk tavsiflarini berdi. Qadimgi Gretsiyada tarixan birinchi naturfalsafa maktabi miloddan avvalgi VII-VI asrlar oralig’ida Miletda - greklarning Kichik Osiyodagi yirik koloniyasida vujudga keldi. Fales (mil.av. VII asrning oxiri - VI asrning birinchi yarmi), Anaksimen (mil.av. 528-524 yillar atrofida vafot etgan), Anaksimandr (taxminan mil.av. 610 yilda tug’ilgan) Milet maktabining vakillari edi.
Fales o`z ijodida amaliy ko`nikmalarni tabiatni chuqur o`rganish bilan birlashtirdi. U savdogar va sayohatchi bo`lib, SHarq mamlakatlarining bilimlar tizimi bilan yaxshi tanish edi. Fales barcha mavjudotlar qandaydir birlamchi namlikdan yoki suvdan bino bo`lgan deb faraz qilar edi. Falesning qarashlari - sodda materializmdir.
Antik dunyoqarashda mil.av. V asrgacha sodda materializm etakchilik qildi. Platon (mil.av. 427-347 asrlar) o`z dunyoni tushunishini materializmga qarshi qo`ydi. Buning asoslarini ustozi Suqrotdan olgan edi. Platonga ko`ra, hissiy narsalar olami chinakam borliq olami emas: hissiy narsalar tinimsiz vujudga keladi va halok bo`ladi, harakatlanadi va o`zgaradi, ularda mustahkam va haqiqiy hech narsa yo`q. Aql bilan idrok etiladigan tanasiz sezgisiz shakllar - narsalarning asl mohiyati, ularning sabablaridir. Bu sabablarni Platon turlar («eydoslar») deb atadi. eydoslar deganda hissiy narsalarning sabablari va namunalari, hissiy idrok etiladigan olamdagi mavjudotlar intiladigan maqsadlar, narsalarning umumiy asosi haqidagi tushunchalar, g’oyalar tushuniladi.
Platonning bilish nazariyasi juda qiziqarlidir. Uning fikricha, bilim eslatish demakdir: o`lmas ruh tana qobig’iga kirib joylashgunga qadar chinakam borliqni kuzatadi, ammo tana qobig’iga kirib joylashganidan so`ng bilgan hamma narsasini unutadi, shundan keyingi bilish ilgari bilingan, ammo unutilgan narsalarni eslash demakdir.
Platonning fikricha, kundalik tasavvurlarda yoki qarashlarda zohir ziddiyatlarni aniqlash orqali ijodiy fikrlash san`ati «dialektika» san`atidir.
Antik davrning buyuk mutafakkiri Aristotel (mil.av. 384-322 yillar) o`z ustozi Platonning qarashlari va ta`limotlarini ijodiy rivojlantirdi. Inson ijodini yangi bilim olish sharti sifatida o`rgangan Aristotel’ fikrlash, xulosa chiqarishning to`g’ri, haqqoniy metodlari va usullari haqidagi fan - mantiq haqida ta`limot yaratdi. Mantiqni Aristotel’ «organon» - haqqoniy bilimning universal quroli deb atadi.
Aristotelning falsafiy tizimi uning o`zi va shogirdlari tomonidan amalga oshirilgan tabiiy ilmiy va ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar bilan uzviy aloqada shakllandi. Aristotelning qiziqishlari doirasiga mantiq, psixologiya, bilish nazariyasi, ontologiya, kosmologiya, fizika, zoologiya, siyosat, etika, iqtisod, pedagogika, estetika, ritorika masalalari kiradi.
Aristotelning fikricha, har bir real narsa qotib qolgan, passiv, o`ziga nisbatan befarq materiya bilan faol, harakatchan, tirik shaklning birligi demakdir. Shakl, ijodiy, faol negiz sifatida, qotib qolgan, inert materiyaga ta`sir ko`rsatadi, uni shakllantiradi, rasmiylashtiradi, materiyaga tegishli tus beradi, eng yuksak shakl yoki shakllar shakli, borliqning etakchisi esa - Xudodir. Shuning uchun ham Aristotelning falsafasi ob`ektiv idealizmdir. Aristotelning fikricha, insonni qurshagan olam uning bilish, o`rganish, tadqiq qilish ob`ektidir.
Miloddan avvalgi III–II asrlarda falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika, gidrostatika, geometrik optika (xususan, ko`zgular haqidagi alohida fan– «ka-toptrika») farqlanadi va nisbatan mustaqil ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Osiyo mutafakkirlari al-Xorazmiy (783-850) matematika, al-Farg’oniy (797-865) astranomiya va matematika, al-Beruniy (973-1048) matematika, mineralogiya va geografiya, ibn Sino (980-1037) tibbiyot, Mirzo Ulug’bek (1394- 1449) astranomiya, matemaika, Alisher Navoiy (1441-1501) adabiyot ilmi rivojiga munosib hissa qo`shdi va ular ijodi mahsullari bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q.
Biroq bu fanlarda ayrim tasodifiy kuzatishlar va amaliyot ma`lumotlari umumlashtiriladi-yu, lekin eksperimental metodlar hali qo`llanilmaydi, aksariyat nazariy qoidalar esa asossiz va tekshirib bo`lmaydigan spekulyatsiyalar mahsuli hisoblanadi. Ammo ko`rib chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr mobaynida falsafiy bilim qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, hatto XVII asr oxirida Nyuton o`zining fizika asoslarini yaratgan «Natural falsafaning matematik asoslari» deb nomlangan asarini e`lon qilgan. Shunday qilib, falsafadan alohida faoliyat sohasi sifatidagi fan hali mavjud bo`lmagan: u asosan falsafa doirasida, ilmiy bilim-larning boshqa manbai– hayot amaliyoti va hunarmandchilik san`ati bilan bir vaqtda va u bilan juda zaif aloqada rivojlangan.
Xullas, bu davrda Qadimgi Yunonistonda «Platon akademiyasi» ( 2013 yilda Platon akademiyasiga 2400 yil to`lishi bilan XXIII Jahon Falsafa Kongressi Gretsiyaning Afina shahrida o`tkazildi), Markaziy Osiyoda «Ma`mun akademiyasi» tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida muayyan yutuqlarga erishilgan bo`lsada, madaniyatning alohida shakli sifatida fan paydo bo`lishidan oldingi«embrional» davri hisoblanadi.
2. XVI–XVII asrlar– 1-ilmiy inqilob davri bo`lib, u klassik fan davri deb nomlanadi va XIX asrgacha davom etadi. U Kopernik va Galiley tadqiqotlaridan boshlanib, Nyuton va Leybnitsning fizika va matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan o`z cho`qqisiga ko`tarilgan. Galiley vafoti (1642 yil 8 yanvar)dan so`ng oradan bir yil o`tgach, Nyuton tug’ilgani (1643 yil 4 yanvar) ramziydir. Fanning bu buyuk ijodkorlari yashagan davr–kashfiyotlar hamda yangi ilmiy g’oyalarning mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib borgan romantik davrdir.
Uyg’onish davri falsafasi va fani insonparvarlik, ilmiy tafakkur, fan va falsafaning ijodiy sinteziga yorqin misol bo`la oladi. Bu davrda Leonardo da Vinchi (mexanika, fizika, gidravlika), Nikolay Kopernik (Quyosh sistemasi tuzilishining geliotsentrik nazariyasi), Iogann Kepler (astronomiya, kosmologiya, samoviy mexanika qonunlari) singari mutafakkirlar o`zlarining genial tabiiy ilmiy asarlarini yaratdilar.
XVI-XVII asrlarda G’arbiy Yevropada ishlab chiqarish munosabatlarining jadal rivojlanishi fan (matematika, mexanika, fizika, optika, gidrodinamika) va texnikaning faol rivojlanishiga olib keldi. Bu davrda G.Galiley, I.N’yuton, R.Guk, L.Eyler va boshqa olimlarning daho asarlari va betakror ijodiy faoliyati natijasida izchil, mantiqiy, tajribalarda ko`p karra o`z tasdig’ini topgan klassik mexanika vujudga keldi.
Yangi davr faylasuflari F.Bekon, T.Gobbs, J.Lokk, D.Yum ijodga inson tomonidan yangi mexanizmlar, mashinalar, qurilmalar va agregatlarning kashf etilishi deb qaradi. Fan va texnika yutuqlari va kashfiyotlari falsafa va fanda dunyoning mexanistik manzarasi, metafizik dunyoqarash hukmronlik qilishiga olib keldi.
Buyuk frantsuz faylasufi R.Dekart materiya mustaqil ijodiy kuchga ega deb e`tirof etdi, mexanik harakatga esa borliq, bilish va ijodning negizi bo`lgan materiya hayotining ifodasi deb qaradi. R.Dekart metod muammosiga alohida e`tibor berdi, ratsionalizmni, tafakkurning aniq va qat`iyligini bilimning haqqoniyligi sharti deb e`tirof etdi. Uningcha, bilish va ijodda sezgi va his-tuyg’ular emas, aql, idrok, mantiq etakchi rol o`ynaydi. Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshunosligining asoslari yaratilgan. Hunarmandlar, tabiblar, alximiklar tomonidan qo`lga kiritilgan ayrim dalillar tizimli tahlil qilinib, umum-lashtirila boshlagan. Ilmiy bilim tuzishning tabiat qonunlarini matematik ta`riflash, nazariyalarni tajribada sinash, tajribada asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan bog’liq bo`lgan yangi me`yorlari va ideallari vujudga kelgan.
Fan o`z metodologiyasini yaratgan va amaliy faoliyat ehtiyojlari bilan bog’liq bo`lgan masalalarni echishga tobora faolroq yo`naltirilgan.
Biroq fan o`zining yangi metodologiyasini yaratib, amaliyot ruhi bilan sug’orilgani sari u o`z tarixiy vatani– falsafa qirg’oqlaridan uzoqlasha boshlaydi. Ko`rib chiqilayotgan davr oxiriga kelib u falsafiy, diniy, texnologik aqidalardan qat`i nazar rivojlanishi mumkin bo`lgan bilimlar tizimi sifatida tushunila boshlaydi. Natijada fan faoliyatning alohida, mustaqil sohasiga aylanadi. Professional olimlar paydo bo`ladi, ularni tayyorlash amalga oshiriluvchi universitet ta`limi tizimi rivojlanadi. O`z faoliyati, muloqot va axborot ayirboshlashning alohida shakllari va qoidalariga ega bo`lgan ilmiy hamjamiyat vujudga keladi.
XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar: Rimda (1603) birinchi ilmiy akademiya Dei Licheya Akademiyasi (bu akademiyaning a`zolaridan biri G. Galiley bo`lgan), London qirollik jamiyati (1660), Parij Fanlar akademiyasi (1666) tashkil topadi. Keyinroq Berlinda (1700), Sankt-Peterburgda (1724), Stokgol’mda (1739) va Evropaning boshqa poytaxt shaharlarida ilmiy akademiyalar ta`sis etiladi. Bu akademiyalarning eng yirigi– London qirollik jamiyati bo`lib, u tashkil etilgan paytda 55 a`zodan iborat bo`lgan. Parij Fanlar akademiyasi 21 kishidan iborat tarkibda ish boshlagan. Sankt-Peterburg akademiyasining a`zolar shtatida dastlab 11 kishi belgilangan. Yevropa mamlakatlarida XVIII asr boshiga kelib olimlar soni bir necha ming kishiga etgan bo`lsa kerak, chunki ilmiy jurnallarning (bu davrda bir necha o`n ilmiy jurnallar nashr etilgan) tirajlari ming nusxagacha borgan.
3. XIX asr o’rtasi XX asrning 70-yillar fani noklassik fan davri deb ataladi. Bu davrda ko`plab ayrim fanlar vujudga keladi, ularda ulkan dalillik material to`planadi va tizimga solinadi. Matematika, fizika, kimyo, geologiya, biologiya, psixologiya va boshqa fanlarda fundamental nazariyalar yaratiladi.
Texnika fanlari vujudga keladi va moddiy ishlab chiqarishda yanada sezilarliroq rol’ o`ynay boshlaydi. Fanning ijtimoiy roli ortadi, uning rivojlanishi o`sha davr mutafakkirlari tomonidan ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida e`tirof etiladi.
XVIII asrning o`rtalarida jahonda fan bilan shug’ullanuvchi kishilar 10 ming kishidan oshmagan bo`lsa, XIX asr oxiriga kelib olimlar soni 100 ming kishiga etadi. XVI asrda «olim odamlar»ning yarmidan ko`prog’i diniy ma`lumot olgan kliriklar edi. XIX asrda fan ijtimoiy mehnatning mustaqil tarmog’iga aylanadi va u bilan universitetlar va institutlarning maxsus fakul’tetlarini tamomlagan«dunyoviy» professional olimlar shug’ullanadi. 1850 yilda jahonda mingga yaqin ilmiy jurnallar nashr etiladi, 1950 yilga kelib esa ularning soni 10 mingdan oshadi. 1825 yilda nemis kimyogari Yu. Libix ilmiy laboratoriya tashkil qiladi va u olimga ko`p miqdorda daromad keltira boshlaydi. XIX asr oxiriga kelib bunday laboratoriyalar soni ko`payadi. Fan tijoratchilar, tadbirkorlar e`tiborini o`ziga tobora ko`proq torta boshlaydi. Ular olimlarning ishlab chiqarish, sanoat ahamiyatiga molik bo`lgan ishlarini mablag’ bilan ta`minlay boshlaydilar.
4. XX asrning 70-yillarida fan rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bu davr fani postnoklassik deb ataladi, chunki mazkur asr bo`sag’asida fanda inqilob yuz beradi va buning natijasida u oldingi davrning klassik fanidan sezilarli darajada farq qila boshlaydi. XIX–XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan inqilobiy kashfiyotlar bir qancha fanlarning asoslarini larzaga soladi. Matematikada to`plamlar nazariyasi va matematik tafakkurning mantiqiy asoslari tanqidiy tahlil qilinadi, bir qancha yangi fanlar vujudga keladi. Fizikada klassik fizikaning falsafiy asoslarini qayta ko`rishga majbur qilgan fundamental nazariyalar– nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi yaratiladi. Biologiyada genetika rivojlanadi.
Tibbiyot, psixologiya hamda inson haqidagi boshqa fanlarda yangi fundamental nazariyalar paydo bo`ladi. Ilmiy bilimning shakl-shamoyilida, fan metodologiyasida, ilmiy faoliyatning shakl va mazmunida, uning me`yorlari va ideallarida olamshumul o`zgarishlar yuz beradi.

Yüklə 262,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin