Ma’ro’za-1: Kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


– bosqich – etnogenitik jarayon tarixi, 2-bosqich – etnos, ya’ni elat, xalq tarixi, 3- bosqich- millat tarixidan iborat



Yüklə 23,97 Kb.
səhifə2/2
tarix06.05.2023
ölçüsü23,97 Kb.
#108638
1   2
Этногенез 1 мавзу. маърўза (1)

1 – bosqich – etnogenitik jarayon tarixi, 2-bosqich – etnos, ya’ni elat, xalq tarixi, 3- bosqich- millat tarixidan iborat.
Etnogenez xalq tarixining elat, xalq bo‘lib, shakllanishiga qadar bo‘lgan davrni o‘rganadi. Xalqning ibtidosi qabiladan boshlanadi so‘ng elatga xos etnik alomatlar – hududiy birlik, iqtisodiy xo‘jalik birligi, etnomadaniy birlik, antropologik tip birligi, etnik nom, o‘zlikni anglash, til va siyosiy uyushma birligidan iborat.
Etnik tarix esa – xalq etnogenezi yakunlangach, shaklangan xalq tarixini o‘rganadi, Xalq biologik hosila emas, balki ijtimoiy uyushma birligidir. U uzoq davom etadigan etnogenik jarayon mahsuli va etnik alomatlar yig‘indisidir. Xalq feodal jamiyatining ijtimoiy mahsuli bo‘lib, u ba’zi hollarda dastlabki sinfiy jamiyat sharoitida ham yuz berishi mumkin(m:yunonlar). Xalq tarixi o‘z iqtisodiy – xo‘jalik va etnomadaniy rivojining ma’lum nuqtasiga etgach, uning millat bo‘lib shakllanish jarayoni boshlanadi. Millatning ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lishi jamiyatda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining boshlanishi bilan yuz bera boshlaydi. SHuning uchun millat kapitalizmining ijtimoiy mahsuli hisoblanadi.
Etnogenez, etnik tarix va millat tarixining har birini alohida olganda, ularning boshlang‘ich va yakuniy nuqtalari bor. Bu borada ham turli ilmiy qarashlar mavjud: A.YU.YAkubovskiy o‘zbek xalqi etnogenizining boshlang‘ich nuqtasi sifatida turk hoqonligi davrini hisobga oladi, S.P.Tolstov bu boshlang‘ich nuqtani antik davrgacha qadimiylashtirdi. K.SHoniyozov ham shu fikrga qo‘shildi. Ammo, A.Asqarov bu sanani yanada qadimiylashtirdi, ya’ni uni so‘nggi bronza davri bilan belgiladi. Bunda o‘zbeklarning o‘q tomiri, bosh ildizi ikki tilda so‘zlashuvchi etnik qatlamlar (so‘g‘diy va turkiy)ning qorishuvidan va bu aralasha boshlagan nuqta so‘nggi bronza davridan boshlanganligi hisobga olingan. O‘rta Osiyo saklari ( Avestoda turlar ularning aslzodalari – oriylar ) o‘z navbatida buyuk turk cho‘lining markaziy va sharqiy Qozog‘iston, tog‘li Oltoy, Urol, Enisey, Urxon daryolari havzalarigacha kirib borganlar va u joylarning hukmron turkiy til muhiti ta’sirida turkiylashganlar. Demak qadimgi sak-skif qabilalariga xos ikki tillilik juda keng turk-so‘g‘diy etnomaydonda yuz bergan iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy jarayonlar mahsuli ekanligi haqiqatga yaqindir. Demak, O‘zbekiston deb atalmish ona zaminimiz asosiy xalqining har ikki etnik qatlami ham turk-so‘g‘diy etnomaydonda juda qadimdan birga yashab, tarkib topgan tub joy- avtoxton aholi hisoblanadi.
O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari tili haqida sobiq sovet davri tarixiy lingvistika tadqiqotlari va uning ta’sirida bo‘lgan tarix fanida ularni eroniy tilli xalq sifatida talqin qilindi. Eroniy tilli xalqlar bilan yonma-yon yashagan turkiy xalqlar e’tibordan chetda qoldi. A.Asqarov fikricha turkiy xalqlar etnogenezini mutloqa turkchilikdan yoki turk davlatchiligining ilk makonlaridan kelib chiqib echib bo‘lmaydi. M.Isaqov tadqiqoticha Qadimgi Turonda axamoniylarning siyosiy hukmronligi o‘rnatilib umum eroniy tili qonuniy til qilib qo‘yildi. Bu ta’sirdan chetda qolgan o‘lkalarda xunnlar imperiyasi paydo bo‘ldi. YU. Bregel, S.P.Tolstov, aka-uka Dyakonovlar, V.A.Livshis, S.G.Klyashtorniy, B.A.Litvinskiy, YU.YA.Staviskiy, B.F.G‘ofurov, V.M.Masson, e.Kuzmina kabi olimlar Turondagi turkiy etnosni inkor etishgacha bordilar. Etnogenez masalasini faqat yozma yodgorliklar tili bilan echish ilmiy chalkashliklarga olib kelinishi hisobga olinmadi. Axamoniylarda oromiy yozuvi bo‘lib, jonli tili forsiy edi. Xatto keyinchalik turkiy xalqlardan podsholik sulolalari chiqqan bo‘lsada rasmiy xujjatlar tili forsiy bo‘lgan. So‘g‘d tili ilk o‘rta asrda turk xoqonligida jahon savdosi tiliga ko‘tarilgan. Movorounnahrda arab xalifaligi istilosidan keyin rasmiy mahkamachilik, ilmiy ijodiy til arabcha, hayotda esa eroniy va turkiy edi. Demak, yozma yodgorliklar tili etnogenez muammosini echishda asosiy omil bo‘la olmaydi, xatto ko‘pincha chalkashliklarga olib keladi. O‘rta Osiyoda ikki tilli xalqlarning aralashib yashashi, mushtarak madaniyat, fan - ma’naviyat va siyosiy hokimiyat oxir- oqibatda deyarli bir vaqtda o‘zbek va tojik qardosh xalqlar shakllanishiga olib keldi. O‘zbek xalqining shakllanishi uzoq etnogenetik jarayonni bosib o‘tdi. Bu jarayon XI asrgacha davom etib, G‘arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida XI-XII asrlarda o‘zbek xalqi uzil kesil shakllandi. SHundan so‘ng o‘zbek xalqining etnik tarixi boshlandi.
O‘zbek xalqining etnik tarixi davomida unga keyinroq qo‘shilgan etnik komponentlar uzil kesil shakllangan o‘zbek etnosi tarkibini deyarli o‘zgartirib yubora olmadi va ular vaqt o‘tishi bilan o‘zbek xalqi tarkibiga singib ketdi.
O‘zbek xalqining millat sifatidagi tarixi XIX asr oxiri XX asr boshlaridan boshlanadi. Millat etnik tarixning eng yuksak yuqori bosqichidirki, bu bosqichga ko‘tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi. Millat tili davlat tili maqomini oladi, u davlat jahon hamjamiyati tomonidan tan olinadi. YAgona millat adabiy tili paydo bo‘ladi.
Demak, XI-XII asrda Amudaryo-Sirdaryo oralig‘ida hamda Xorazm erida turkiy zabon xalqining o‘zagi shakllandi. Keyinchalik bu etnos o‘zbek etnik nomini qabul qildi. O‘zbek xalqining kelib chiqishi haqida quyidagi tadqiqotlarni keltirishimiz mumkin : A.YU.YAkubovskiy (o‘zbek xalqining yuzaga kelishi masalasi haqida, Toshkent, 1941); 1942 yili Toshkentda O‘rta Osiyo xalqlarining etnogenezi masalasi bo‘yicha maxsus sessiya chiqarildi va unda taniqli olimlar ma’ruzalari tinglandi: A.D.Udalsev “Etnogenetik tadqiqotlarining nazariy asoslari”; S.P.Tolstov “O‘rta Osiyo etnogenezining asosiy muammolari”; L.V.Oshanin “O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi haqida antropologiya ma’lumotlari”; K.V. Trever “Millodan avvalgi V1-V asrlarda O‘rta Osiyo aholisining etnik tarkibi”; I.I.Umnyakov “Toharlar muammosi”; A.N.Bernshtam “O‘rta Osiyo etnogenezida qadimgi turkiy elementlar”; N.A.Kislyakov “Tojiklarning yuzaga kelishi muammosi haqida”; V.V.Gunzburg “Antropologiya ma’lumotlari tojiklar etnogenezi haqida; A. YU. YAkubovskiylar “ Turkman xalqining VIII – X asrlardagi etnogenezi tarixidan “ deb nomlangan mavzularda ma’ruza qilishgan.
1926 yilda ko‘p jildlik “ jahon xalqlari tarixi” ning O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlariga bag‘ishlangan seriyasi chop etilib, uning “ O‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi” bo‘limida XI- XII asrlar o‘zbek xalqining asosiy o‘zagi shakllanganligi borasida so‘z boradi. Karim SHoniyozovning 2001 yili “SHarq” nashriyotida chop etilgan “O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni” nomli monografiyasi juda ahamiyatli hisoblanadi. A. Asqarov fikricha mazkur monografiyada muammo ilmiy taxlilida turkiy komponentga ko‘proq e’tibor qaratilib, etnogenezning bosh ildizi mahalliy asosi soyada qolgan.
O‘rta Osiyo xalqlari tarixining yangicha davrlashtirish masalasida XX asrning 30-yillari, hali arxeologiya fani uncha rivojlanmagan paytda, arxeologik manbalarga tayanilmay, faqat yozma manbalar asosida V.V. Bartol’d tomonidan O‘rta Osiyo xalqlari tarixining davrlashtirish tizimi ishlab chiqilgan: “Musulmonchilikkacha bo‘lgan davr” ; “Mo‘g‘ullargacha bo‘lgan davr” ; “Mo‘g‘ullar davri”, “Temuriylar davri”. Uning “Ahamoniylar va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy tuzum nafaqat arablargacha va arablar istilosidan ham keyin davom etgan” degan g‘oyasi haqiqatga zid bo‘lib qoldi. 1936 yili Sankt – Peterburgda O‘rta Osiyo xalqlari tarixi va arxeologiyasiga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilishda arxeologik izlanishlarni kengaytirish masalasi ko‘tarildi. V.V.Struve Qadimgi SHarq materiallariga asoslangan holda O‘rta Osiyoda musulmonchilikkacha quldorlik jamiyati bo‘lgan degan g‘oyani ilgari surdi va uni S.P Tolstov qo‘lladi. Lekin, shu paytda arxeologik ma’lumotlar kam edi, shu sababli keng ko‘lamda arxeologik tadqiqotlar boshlandi: S.P.Tolstov, YA.G‘ulomov Xorazmda; A.YU.YAkubovskiy va V.A.SHishkin Zarafshonda; M.E.Masson “Eski Termizda” ; A.N.Bernshtam Ettisuvda, B.A.Latininlar Farg‘ona vodiysida ish olib bordilar. 1948 - 1954 yillari bo‘lib o‘tgan ilmiy plenumlar ham O‘rta Osiyo xalqlari tarixini davrlashtirishga bag‘ishlanib, A.YU.YAkubovskiy, C.P.Tolstov, K.V.Trever, L.V.Oshanin, YA.G‘.G‘ulomovlar bu masalada asosiy tadqiqotchilar bo‘lishdilar. Ayni kunda tarixni ijtimoiy- iqtisodiy formasiyalar asosida o‘rganish to‘g‘ri kelmay qoldi (quldorlik klassik ko‘rinishda bo‘lmagan, sosializm – davlat monopolistik kapitalizm shaklda bo‘lgan. SHu sababli hozir tarixni davrlashtirishda formasion metod o‘rniga sivilizasion metodni qo‘llash g‘oyasi ilgari surildi.
Tarixda yuz bergan davriy madaniy yuksalishlar sivilizasiyalar (tamaddunlar) tarixini tashkil etadi. SHunday 5 ta yirik sivilizasion yuksalish bo‘lgan: 1- “Qadimgi SHarq tamadduni” mil.avv. III ming yillik Frot, Dajla, Nil, Hind daryolari havzalarida ro‘y berdi (2 minginchi yillar boshlarida Movaraunnahrga yoyildi): 2- sivilizasiya mil.avv I ming yillik o‘rtalarida Gresiya va Rimda yuz berdi (Antik davr sivilizasiyasi); 3- sivilizasiya Movaraunnahr va Xurosonda milodiy IX – XIII asr boshlarida yuz berdi: 4- sivilizasiya XIV –XV asrlarda Evropa va Osiyoda yuz bergan uyg‘onish davri bilan bog‘liq: 5- sivilizasiya XX asrdagi yuksalishlar bilan bog‘liq.
O‘zbekiston tarixi ham jahon tarixining tarkibiy qismidir. Qaysi xalq bo‘lmasin kishilik tarixi taraqqiyotining barcha bosqichlarini u yoki bu darajada bosib o‘tishi shart. Jamiyatning notekis rivojlanishi qonuniyati qadimgi zamondan mintaqaning tabiiy- geografik sharoiti va uning ekologik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lgan. A. Asqarov uchta omilni asos qilib O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasini ilgari surdi: 1. Jamiyat iqtisodiy asosini harakatlantiruvchi kuchlar; 2. Mulkka egalik qilishning xarakteri; 3. Jamiyat ijtimoiy hayotining ma’naviy asosini qanday mafkura tashkil etganligini hisobga olgan holda quyidagicha davrlashtirishni taklif etdi: 1.“Ibtidoiy to‘da davri” (1mln- 12 ming); 2. Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri (40 ming – milodiy III- asrlar) ; 3. Ilk o‘rta asrlar davri (milodiy III- IVto IX asr boshlari); 4.“O‘rta asrlar davri” (Somoniylar davlatidan to XIX asr o‘rtalarigacha); 5. “Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri” (CHor Rossiyasi bosqinidan to 1917 yilgacha); 6. “Sovetlar davri”; 7. “Milliy istiqlol, demokratik davlat va fuqorolik jamiyati qurish davri”.
O‘rta Osiyoda rivojlangan o‘rta asrlargacha yuz bergan tarixiy jarayonlar.
Odamzod paydo bo‘lishidan dastlabki sinfiy jamiyat tarkib topguniga qadar o‘tgan davr “Ibtidoiy jamoa tuzumi” nomi bilan yuritiladi. Ibtidoiy to‘da davri to dastlabki odamzod urug‘ jamoalari bo‘lib uyushishga qadar davrni o‘z ichiga oladi. (Arxeologik jihatdan Olduvey, shell, ashel va mustega to‘g‘ri keladi. Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi matrearxat va patrearxat, harbiy demokratikdek tarixiy davrlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tilgach xususiy mulkchilikka zamin yaratildi va oqibatda patriarxatninguzil-kesil qaror topishi ro‘y berdi. “Ilk o‘rta asrlar davri Movaraunnahr va Xorzamda badavlat dehqonzodalar mulk egaligining shakllanishi va mahalliy hokimliklarning xukmronlik davri sifatida ma’lum feadal munosabatlar shakllanib boradi (milodiy 5-9 asrlar), So‘g‘d, Toxariston, Xorazm, Ustrushona, Farg‘ona davlatlari. Manbalar ko‘rsatishicha (Geradot) Doro 1 ning soliq siyosati tufayli xorazmiylar Hilmend (Hirot vohasidan) Amudaryoning quyi oqimlariga ko‘chib kelishib (massagetlar yurtiga) Xum-buz tepa, Xozarasp, Ko‘zalqir degan makonlar tashkil etishganlar (mil.avv 513 yili) va shu tariqa Xorazm atamasi paydo bo‘ldi. Ziroatkorlar o‘z havfsizligini ta’minlash uchun dastlabki qo‘rg‘on- qalalarni qurishganlar (Ko‘zaliqir, Qalaliqir); Ilk o‘rta asrga xos “ko‘shk”, “qo‘rg‘on” lar qurilgan. Arab tarixchilari Belazuriy, al – Maqsudiy, Tabariy hamda Abu Rayxon Beruniy ma’lumotlari, Xitoy manbalari bu davrni o‘rganishda muxim. Arab xalifaligi davri va IX asr boshlaridan mahalliy davlatlar tashkil topa boshladi (Toxiriylar va Samoniylar davlati).
Yüklə 23,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin