Margin Padding


Web-tipografiyasini ishlab chiqish. Matn bloklarini joylashtirish



Yüklə 53,06 Kb.
səhifə12/13
tarix07.01.2024
ölçüsü53,06 Kb.
#209858
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Hujjat sarlavhasi-fayllar.org

Web-tipografiyasini ishlab chiqish. Matn bloklarini joylashtirish.
Web sohasida, blok tushunchasi juda kerakli termin hisoblanadi, saytning barcha brauzerlarda birxilda ochilishi, rasm va yozuvlarni o‘ylaganingizdek namoyon bo‘lishi aynan blok holatiga bog‘liq. Bu maqoladan boshlab, blokga tegishli stillar xususiyatini ko‘rib chiqamiz. Dastlab, umumiy blok nimaligini bilib olamiz.
Blok bu - ma'lum bir chegaraga ega bo‘lgan va alohida qism sifatida qaraladigan ma'lum bir
axborotni o‘zida saqlaydigan joydir.
HTML gippermatn tilini oladigan bo‘lsak, u yerda ham blok va qator elementlari tushunchasi bor. Blokli elementlar, alohida strukturaga ega bo‘lib, to‘rtburchak chegaraga bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ikkita blokli elementni bir qatorga joylashtirib bo‘lmaydi. HTML gippermatn tilida blokli elementga misol qilib, "H1...H6", "P" va "DIV" teglarini olish mumkin. Har safar bu
teglarni ishlatganda, brauzer har biri uchun alohida qator ajratib beradi.
Qatorli elementlarga esa, "strong", "em", "i" kabi teglarni misol qilish mumkin. Bu teglardan bir
qatorda bemalol foydalansa bo‘ladi.
CSS stillar texnologiyasida ham blok tushunchasi mavjud va u ham o‘z strukturasiga va
to‘rtburchak chegarasiga ega. Strukturali blok ichida qatorli blok ham bo‘lishi mumkin(blok
ichidagi yozuvlar), qatorli blok yozuv ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin, to‘g‘riroq etadigan
bo‘lsak, strukturali blok ichida ob'yektli blok bo‘lishi mumkin. YUqoridagi nazariy
ma'lumotlarni quyida bitta rasm orqali tushunish mumkin.
Bloklarning o‘z xususiyatlari bor, misol uchun, blok uzunligi(width), blok balandligi(height),
chegarasi(border),...
Har bir blok qandaydir tashkil etuvchilardan iborat bo‘lishi shart, ya'ni yozuv, rasm yoki boshqa
axborot. Blokning bu qismi kontentdeb yuritiladi. Misol uchun "P" tegi uchun kontent yozuv
hisoblanadi.
Blok atrofida qandaydir boshqa blok yoki ob'yektlar bo‘lishi mumkin, blokdan ulargacha bo‘lgan masofaga "margin" kalit so‘zi javob beradi.
Blok ajralib turishi uchun, uning chegarasi bo‘lishi lozim, bu chegaraga "border" javob beradi.
Yuqoridagilardan tashqari blokning ichki bo‘sh oralig‘i bo‘lishi mumkin, ya'ni blokdan blok
chegarasigacha bo‘lgan masofa, bu masofaga "padding" kalit so‘zi javob beradi.
Keyingi maqolalarda blokning shu xususiyatlarini birma-bir ko‘rib chiqamiz, bu maqolani blok
tushunchasiga ta'rif sifatida qabul qilasiz.

Yüklə 53,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin