Mantiq -bilish nazariyasining tadqiqot ob’ekti



Yüklə 67,61 Kb.
səhifə2/2
tarix03.12.2023
ölçüsü67,61 Kb.
#172073
1   2
Mantiq -bilish nazariyasining tadqiqot ob’ekti

Formal mantiqning asosiy qonunlari.Olamdagi narsa va hodisalar harakati o‘ziga xos ichki qonunlar asosida yuzaga keladi. Bu harakatning inson ongidagi in’ikosi, ya’ni tafakkur jarayoni ham o‘ziga xos ob’ektiv qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Falsafada qonun tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalaydi. Formal mantiqda ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari o‘rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi. Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga bo‘ysunadi. aniq, izchil, ziddiyatsiz va asoslangan bo‘lishini e’tiborga olgan holda o‘rganadi.
Formal mantiq qonunlari fikrlashga xos muhim, zururiy bog‘lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari ob’ektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan. Bu qonunlar fikrlashning to‘g‘ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo‘lgan tushunchalar, mulohazalar (xukmlar) hamda xulosa chiqarishning shakllanishi va o‘zaro aloqalarini ifodalaydi. Tafakkur qonunlari yuzaki qaraganda sub’ektiv qonunlardek bo‘lib tuyulsa ham, aslini olganda, ob’ektiv mazmunga egadir. Bu qonunlar hamma kishilarning fikr yuritishida bir xil amal qiluvchi umuminsoniy qonunlardir. Ularni buzish, almashtirish, o‘zgartirish, yangilash mumkin emas. Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo‘lish va isbotlilik (asoslanganlik) to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy qonunlarning asosini tashkil etuvchi belgilar bo‘lganligi uchun ularning har birini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.
Inson tafakkuriga xos bo‘lgan muhim xislatlardan biri fikrning aniq bo‘lishidir. Ma’lumki, ob’ektiv voqelikdagi har bir buyum, hodisa o‘ziga xos belgi va xususiyatlarga ega. Bu belgi va xususiyatlar buyum va hodisalarni bir-biridan farqlashga, ularning o‘ziga xos tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, buyum va hodisalarning inson tafakkurida aniq aks etishini, har bir fikr, mulohazaning aniq, ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Fikrning noaniqligi fikrdagi mantiqning sayozlashuviga, mantiqsizlikka olib keladi. Masalan, ob’ektiv va sub’ektiv sabab tushunchalarining mohiyatini aniqlab olmasdan birorta hodisaning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida aniq fikr yuritib bo‘lmaydi. Shu sababdan fikrdagi aniqlik to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Ob’ektiv voqelikdagi buyum va hodisaning joylashishi, o‘zaro munosabati va bog‘lanishida muayyan tartib, izchillik, ketma-ketlik mavjuddir. Buyum va hodisalarning bu xususiyatlari fikrlash jarayonining izchil amalga oshishida o‘z ifodasini topgan. Tafakkurga xos bo‘lgan izchillik belgisi har bir fikrning muayyan tartibda o‘zaro bog‘langan holda bayon etilishini talab qiladi. Fikrdagi izchillikning buzilishi, fikr ma’nosining o‘zgarishiga olib keladi va bunday fikrni tushunib olish qiyinlashadi. Masalan, birorta faylasuf - mutafakkirning umumfalsafiy qarashlarini o‘rganmasdan turib, uning ijtimoiy yoki ahloqiy ta’limotining mohiyatini to‘liq tushunib bo‘lmaydi.
Ayniyat qonuni. Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritilganda ularga xos bo‘lgan barcha muhim belgilar, tomonlar qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatlarda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy mazmunga ega bo‘ladi. Tafakkurga xos bo‘lgan bu aniqlik xususiyati ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi. Ayniyat qonuniga ko‘ra ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida «A-A dir» formulasi bilan ifodalanadi. Ayniyat qonuni simvolik mantiq ilmida, ya’ni mulohazalar mantig‘i va predikatlar mantig‘ida o‘ziga xos ko‘rinishda ifodalanadi:
Nozidlik qonuni. Inson tafakkuri aniq, ravshan bo‘libgina qolmasdan, ziddiyatsiz bo‘lishi ham zarur. Zidiyatsizlik inson tafakkuriga xos bo‘lgan eng muhim xislatlardan biridir. Ma’lumki, ob’ektiv voqelikdagi buyum va hodisalar bir vaqtda, bir xil sharoitda biror xususiyatga ham ega bo‘lishi, ham ega bo‘lmasligi mumkin emas. Masalan, bir vaqtning o‘zida, bir xil sharoitda inson ham axloqli, ham axloqsiz bo‘lishi mumkin emas. U yo axloqli, yo axloqsiz bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida bir predmetga ikki zid xususiyatning taalluqli bo‘lmasligi tafakkurda nozidlik qonuni sifatida shakllanib qolgan. Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi va tafakkurning ziddiyatsiz hamda izchil bo‘lishini ta’minlaydi. Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ikki o‘zaro bir-birini istisno qiluvchi (qarama-qarshi yoki zid) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bo‘lishi mumkin emasligini, xech bo‘lmaganda ulardan biri albatta xato bo‘lishini ifodalaydi. Bu qonun «A ham V, ham V emas bo‘la olmaydi» formulasi orqali beriladi. Mulohazalar mantig‘ida bu qonun quyidagi formula orqali yoziladi: x (r (x) (x)), ya’ni har qanday r (x) mulohaza uchun r (x) va uning inkori birgalikda chin bo‘lmasligi to‘g‘ridir.
Uchinchisi istisno qonuni.Uchinchi istisno qonuni nozidlik qonunining mantiqiy davomi bo‘lib, fikrning to‘liq mazmunini qamrab olib bayon qilingan ikki zid fikrdan biri chin, boshqasi xato, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligini ifodalaydi. Bu qonun «A V yoki V emasdir» formulasi orqali beriladi. Mulohazalar mantig‘ida bu quyidagi formula orqali ifodalanadi: rv . Bu formula quyidagicha o‘qiladi. r yoki r emas. Uchinchisi istisno qonuni tushunchalar o‘rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. Agarda zid munosabatlar tushunchaning to‘liq mazmunini qamrab olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi ma’lum bo‘lsa, unda uchinchisi istisno qonuni amal qilmaydi.Masalan:
Talaba imtihonda»a’lo» baho oldi.
Talaba imtihonda «ikki» baho oldi.
Bu mulohazalar munosabatida nozidlik qonuni amal qiladi. Chunki bu mulohazalarning har ikkisi ham xato bo‘lishi va talaba imtihonda «o‘rta» yoki «yaxshi» baho olishi mumkin.Agar, «Talaba imtihonda «a’lo» baho oldi» va «Talaba imtihonda «a’lo» baho olmadi», mulohazalarini tahlil qilsak, unda bu mulohazalardan biri chin, boshqasi xato, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligi ma’lum bo‘ladi. Chunki «yaxshi», «o‘rta» va «ikki» baholar-»a’lo» baho emas.Uchinchisi istisno qonuni quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: 1. Alohida olingan yakka buyumga nisbatan bir xil vaqt va munosabat doirasida o‘zaro zid fikr bildirilganda. Masalan,
Toshkent-o‘zbekistonning poytaxti.
Toshkent-o‘zbekistonning poytaxti emas.
Bu mulohazalar birgalikda chin ham, xato ham bo‘la olmaydi. Ulardan biri chin, ikkinchisi xato, uchinchi mulohazaga o‘rin yo‘q. Uchinchisi istisno qonuni o‘zaro zid umumiy mulohazalar doirasida amal qilmaydi. Chunki umumiy mulohazalarda buyumlar sinfiga va shu sinfga mansub har bir buyumga nisbatan fikr bildiriladi.
Masalan: Hamma faylasuflar notiqdir.
Hech bir faylasuf notiq emas.
Bu mulohazalardan, birining xatoligidan ikkinchisining chinligi haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Bunday holatda «Ba’zi faylasuflar notiqdir» degan uchinchi bir mulohaza chin hisoblanadi.
Yetarli asos qonuni. To‘g‘ri fikrlashga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida buyum va hodisalar haqida chin muhokama yuritibgina qolmasdan, bu muhokamaning chinligiga hech qanday shubha bo‘lmasligi uchun, uni isbotlashga, asoslashga harakat qilinadi. Bunda chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan va o‘zaro mantiqiy bog‘langan mulohazalarga asoslaniladi, ya’ni bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan, tasdiqlangan boshqa bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati yetarli asos qonuni orqali ifodalanadi. Inson tafakkuriga xos bo‘lgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va matematigi G. Leybnis ta’riflab bergan. Uning ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalar o‘zining mavjudligi uchun yetarli asosga ega. Har bir buyum va hodisaning real asosi bo‘lgani kabi, ularning in’ikosi bo‘lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bo‘lishi kerak. Yetarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar V mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud».
Yetarli asos qonunida to‘g‘ri tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda bog‘lanib kelish xususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi ko‘rib o‘tilgan qonunlar bilan o‘zaro bog‘liq holda amal qiladi. Fikrlash jarayonida berilgan mulohazaning chinligini asoslash uchun keltirilgan chin mulohazalar mantiqiy asos deb, berilgan mulohazaning o‘zi esa mantiqiy natija deb yuritiladi.
Inson tafakkuri tushunchalar asosiga qurilgan. Tafakkurni muxtasham binoga qiyos etsak, uning “g‘isht” lari turli – tuman tushunchalarga o‘xshaydi. Ular o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ob’ektiv voqelikdagi biz fikr qiladigan narsa-xodisalar mantiq asoslarida fikr predmetlari deb ataladi. Chunonchi, kitob, daraxt, institut, jumxuriyat, avtomobil va hokazolar. Bu narsa-xodisalar turli xususiyatlarga ega. Ularning mantiq ilmida belgilangan deb atash qabul qilingan. Masalan, kitobning katta kichikligi, mundarijasi, rangi, qalin yupqaligi va boshqalar. Predmetlar o‘z belgilariga ko‘ra bir-biriga o‘xshash bo‘lishi yoki farq qilishi mumkin. Predmetning boshqa predmetlardan tub farqini ko‘rsatadigan, uni aynan shu muayyanligini tashkil qiladigan xossalari uning muxim belgilari deb yuritiladi. Chunonchi, kitobning muxim belgisi – bu uning mutola qilishga mo‘ljallanganligidir. Bu mazkur tushunchaning muxim belgisi bo‘ladi.
“Inson” tushunchasi barcha odamlar uchun umumiy bo‘lgan bir necha muxim belgini o‘z ichiga olgan: bu ularning ong soxiblari ekanligi, tilga egaligi, mehnat qilish qobiliyati, ijtimoiy moxiyatidan iborat. Kishilarning irqiy, milliy, kasb-korga oid, jinsiy, yosh xususiyatlari esa ushbu tushunchaning nomuxim belgilari bo‘ladi.
Har qanday tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. Tushuncha buyumni in’ikos ettirsa, so‘z buyum nomini bildiradi. Tushunchalar bir yoki bir necha so‘z (so‘z birikmasi) yordamida ifodalanadi. So‘z - tushuncha, ya’ni bilimning moddiy-buyumlashgan qobig‘i, xissiy shaklidir. Shu boisdan odamlar tushunchalar bilan almashina oladilar, ularning qabul qilingan ma’nolarda qo‘llaydilar, aralashtirib yubormaydilar.
Har bir tushuncha o‘z mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmuni deganda mazkur tushuncha aks ettirayotgan predmetning muhim belgilari yig‘indisi tushuniladi.
Tushuncha doirasiga kiradigan narsa va xodisalar yig‘indisi to‘plamiga tushuncha xajmi deyiladi. Tushunchalar xajmi keng yoki tor bo‘lishi mumkin. Kengroq tushunchalar jinsiy tushunchalar, torroq tushunchalar esa tur tushunchalar deyiladi. Biroq jins va tur tushunchalarga bo‘lish shartli xarakterga ega, negaki qay nuqtai nazardan qaralishiga, qanday tushunchaga nisbat berilishiga ko‘ra bir tushunchaning o‘zi turli munosabatlarda o‘zini turlicha namoyon qilishi mumkin. Chunonchi, yuqorida jins tushuncha o‘rnida kelgan “shaxar” tushunchasi “manzilgox” tushunchasi bilan nisbatan olingan tur tushunchaga aylanib, ikkinchisi jins tushuncha rolini bajaradi, tur tushuncha deb qaraganimizda “o‘qituvchi” esa “tarix fani o‘qituvchisi” tushunchasiga nisbatan jins tushuncha bo‘ladi va hokazo.
Tushunchalar o‘rtasida jins-tur munosabatlari tushunchaning xajmi bilan mazmuni o‘rtasidagi teskari aloqa qonuni deb atalgan formal-logik qonunda o‘z aksini topgan. Bu qonunga ko‘ra, tushunchaning mazmuni qanchalik keng bo‘lsa, ya’ni uning xajmi shunchalik tor bo‘ladi va aksincha, tushunchaning mazmuni qanchalik torayib, ya’ni belgilari kamayib, umumiylashib borsa, uning xajmi shunchalik kengayib boradi. Masalan, “o‘qituvchi” va “metodist-o‘qituvchi” tushunchalarini olsak, ularning birinchisining xajmi keng, ikkinchisiniki tor. Biroq mazmunan teskari: ikkinchisining mazmuni birinchisiga qaraganda kengroqdir, negaki “metodist-o‘qituvchi” tushunchasining qo‘shimcha yana bir muxim belgisi bor: u o‘qituvchilar uchun xos barcha umumiy belgilardan tashqari yana bir muxim belgisini – yuksak maxoratli, malakali o‘qituvchining belgisini ham o‘z ichiga olgan. Shu ma’noda “o‘qituvchi” tushunchasidan “metodist-o‘qituvchi” tushunchasiga o‘tilganda tushuncha xajmi torayadi (negaki metodist-o‘qituvchilar jami o‘qituvchilarning ma’lum bir qismini tashkil etadi xolos), mazmuni va uning belgilari miqdori ko‘payishi evaziga kengayib boradi.
Tushunchalarning mazmuni va xajmiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Mazmuniga ko‘ra: a) konkret va abstrakt; b) nisbatdosh va nisbatsiz; v) ijobiy va salbiy; 2. Xajmiga ko‘ra: a) yakka va umumiy; b) jamlovchi tushuncha.
Ayrim predmet va xodisalarni yoki ularning turkumi, sinfini aks ettirgan tushunchalar konkret tushunchalar deyiladi. Bular qatoriga “yotoqxona”, “qo‘shiq”, “Oybekning “Qutlug‘ qon” romani”, “o‘qitish metodi” singari tushunchalarni kiritish mumkin. Narsa va xodisaning o‘zini emas, balki undan fikran ajratib olingan biror belgisini aks ettirgan tushuncha abstrakt (mavxum) tushuncha deb ataladi. Chunonchi, “xaqiqatan”, “sof”, “ulug‘vor”, “tubanlik” va hokazo. Nisbatdosh deb bir-birini taqozo etadigan, biri ikkinchisi orqali aniqlanadigan tushunchalarga aytiladi. “ish-ishchi”, “oq-qora”, “mazmun-shakl” shunday tushunchalar sirasiga kiradi.
O‘z-o‘zicha, mustaqil, biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘lmagan narsa va xodisalar aks ettirilgan tushunchalar nisbatsiz xisoblanadi. Ijobiy tushuncha narsa yoki xodisaga u yoki bu sifat (belgi) xosligini ko‘rsatadi. Predmet yoki xodisaning u yoki bu sifat (belgi) lardan maxrum ekanligini ta’kidlagan tushunchalar salbiy tushunchalarni tashkil etadi. Chunonchi, “beqaror xolat”, “farosatsiz”, “noaniq maqsad” va shu kabi xollarda “-be”, “-no”, “-siz” qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan xosil qilinadi.
Agar tushuncha ob’ektiv reallikni u qanday bo‘lsa, shundayligicha, to‘g‘ri aks ettirsa, u chin tushuncha bo‘ladi, aksincha, tushuncha voqelikni buzib, noto‘g‘ri aks ettirsa, u yolg‘on tushuncha deb yuritiladi. Endi tushunchalarning xajmiga ko‘ra bo‘linishini ko‘rib chiqamiz. Yakka tushunchalar borliqdagi yakka, ayrim predmet va xodisalarni aks ettiradi. Masalan, “Namangan muhandislik-pedagogika instituti”. Tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo‘li bilan aniqlashga tushunchani bo‘lish deyiladi. Bo‘lish amalini bo‘linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan tushuncha), bo‘lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilanadigan birorta umumiy belgisi) va bo‘lish a’zolari (bo‘lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar) tashkil etadi. Masalan «Inson» tushunchasini (bo‘linuvchi tushuncha) ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra (bo‘lish asosi) «ishchi», «dehqon», «ziyoli» (bo‘lish a’zolari) tushunchalariga ajratish yo‘li bilan uning hajmi aniqlanadi. Bo‘linuvchi tushuncha-jins tushuncha, bo‘lish a’zolari-tur tushunchalar bo‘lib, ular o‘zaro birga bo‘ysunish munosabatidadirlar.
Tushunchalarni bo‘lish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq qilish lozim. Masalan, avtomobilni kuzov, shassi, dvigatel va shu kabilarga ajratsak, uni qismlarga bo‘lgan bo‘lamiz. Predmetning qismi predmetning umumiy belgilariga ega bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ham «Kuzov avtomashinadir», degan mulohaza hosil qilsak, u xato bo‘ladi. Agar «Avtomobil» tushunchasini «Yengil avtomobil», «Yuk tashuvchi avtomobil» tushunchalariga ajratsak, uni bo‘lgan bo‘lamiz. Bo‘lishning ikkita turi mavjud: asos bo‘lgan belgining o‘zgarishiga qarab bo‘lish va dixotomik bo‘lish. Birinchi turida predmetning birorta umumiy belgisi bo‘lish uchun asos qilib olinib, uning o‘zgarishiga muvofiq holda predmetlarning ayrim guruhlari aniqlanadi. Masalan: burchakning o‘zgarishiga qarab «uchburchak» tushunchasi uchta tur tushunchaga: «to‘g‘ri burchakli uchburchak», «o‘tmas burchakli uchburchak», «o‘tkir burchakli uchburchak»larga ajratiladi. Bo‘lish asosi qilib bo‘linuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan har qanday umumiy belgini olish mumkin. Masalan «uchburchak» tushunchasini tomonlariga qarab «teng tomonli uchburchak», «teng yonli uchburchak», «turli tomonli uchburchak» tushunchalariga ajratish mumkin.
Tushunchaning qaysi belgisini bo‘lish asosi qilib olish bo‘lishda hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifaga bog‘liq. Lekin qanday vazifani hal qilishdan qat’iy nazar, bo‘lish o‘zining ob’ektiv asosiga ega bo‘lishi lozim, ya’ni bo‘lish asosi bo‘lgan belgi predmetning umumiy belgisi bo‘lishi shart.
Xukm - tafakkur shakli sifatida. Xukm predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.Xukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar xukmlar yordamida ifodalanadi. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun, ularni ifodalaydigan xukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi xukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida xususiyatning predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Xukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo‘ldi. Xukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. Obektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan xukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan xukmlar - noaniq xukmlar mavjuddir. Xukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Xukm mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Xukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo‘ladi.
Masalan, «Vaqt orqaga qaytmaydi», «Hayot-bu harakat» kabi gaplar xukmni ifoda qiladilar.
Xukmlar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy xukm deb tarkibidan yana bir xukmni ajratib bo‘lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq xukmni ajratish mumkin bo‘lgan mulohazalarga murakkab xukm deyiladi. Masalan, «Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan mulohaza oddiy xukmni ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi», degan mulohaza murakkab humkmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o‘rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o‘rganadi», degan ikki oddiy xukmdan iborat.
Mulohaza (xukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega-sub’ekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim-predikat (P) predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Xukmning sub’ekt va predikati uning terminlari deb ataladi. Xukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U sub’ekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada xukm hosil bo‘ladi. Oddiy qat’iy xukmning formulasi quyidagicha yoziladi: S-P.
Oddiy xukmlar sifati va miqdoriga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Sifatiga ko‘ra tasdiq va inkor xukmlar farqlanadi. Xukmning sifatini mantiqiy bog‘lama belgilaydi. Tasdiq xukmlarda belgining predmetga xosligi, inkor xukmlarda, aksincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, «A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madxiyasining muallifidir»-tasdiq xukm, «Matematika ijtimoiy fan emas»-inkor xukm. Miqdoriga ko‘ra oddiy xukmlar yakka, umumiy va juz’iy xukmlarga bo‘linadi. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetlarning soni, ya’ni uning hajmidan kelib chiqiladi.Yakka xukmlarda birorta belgining predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir», «Axmedov tarixchi emas». Umumiy xukmlarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Masalan: «Har bir inson baxtli bo‘lishni hohlaydi», va «Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi». Juz’iy xukmlarda birorta belgining predmetlar to‘plamining bir qismiga xos yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «Ba’zi faylasuflar notiqdir». «Ko‘pchilik talabalar dangasa emas». Juz’iy xukmlarda «ba’zi» so‘zi «hech bo‘lmasa bittasi, balki hammasi» degan ma’noda qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra «Ba’zi toshlar tirik mavjudot emas», degan xukm chin bo‘ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas.
Mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ba’zi boshqa holatlarda oddiy xukmlarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari) dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Umumiy tasdiq xukmlar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar». Bu xukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S-Pdir» formulasi orqali ifodalanadi.
2. Umumiy inkor xukmlar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu xukm»Hech bir S-P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi.
3. Juz’iy tasdiq xukmlar bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S-P dir» formulasi orqali ifodalanadi.
4. Juz’iy inkor xukm bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shug‘ullanmaydilar». Uning formulasi «Ba’zi S-P emas»bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi.
Murakkab xukmlar. Xukm terminlari birdan ortiq bo‘lsa, murakkab xukm deb ataladi. Murakkab xukmlar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog‘lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo‘llash orqali ikki va undan ortiq oddiy xukmlarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga ko‘ra murakkab xukmlarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent.
Normalar ilmiy bilishda qoidalarni, metodlarni, huquqiy sohada - huquqiy normativ hujjatlarni (masalan, qonunlarni, kodekslarni, buyruqlarni va shu kabilarni), axloqda-odob normalarini va boshqa sohalardagi normativ fikrlarni ifoda qiladilar. Ularning bilishdagi va amaliyotdagi ahamiyati ana shu bilan belgilanadi.
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsiri. Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi. Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakliga aytiladi. Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o‘tishdan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, avvalam bor, asoslar chin mulohazalar bo‘lishi, o‘zaro mantiqan bog‘lanishi kerak. Masalan, «Aristotel-mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki bu mulohazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q. Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi shart. Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra, aniqrog‘i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko‘ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi.

Mazkur klassifikatsiyada xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to‘liq induksiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin.


Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy xarakterga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir. Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha ifodalanadi: XSPYSP, bunda X va Y oddiy qat’iy mulohazalarni (A, E, I, O), S va P lar esa mulohazalarning sub’ekti va predikatini ifodalaydi. XSP - xulosa asosi yoki antesedent, YSP - xulosa yoki konsekvent deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o‘zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning strukturasi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat xarakteristikalari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
Ma’lumki, deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo‘ladi. Sillogizm qo‘shib hisoblash, degan ma’noni anglatadi. Bu termindan mantiqda, odatda, deduktiv xulosa chiqarishning ko‘proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy qat’iy sillogizmni ifoda qilish uchun foydalaniladi. Sillogizm xulosa chiqarishning shunday shakliki, unda o‘zaro mantiqiy bog‘langan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi-yangi qat’iy mulohaza zaruriy tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabki mulohazalardan biri albatta yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza bo‘ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo‘ladi. Masalan, quyidagi mulohazalar berilgan bo‘lsin:
Hech bir xasis saxiy emas.
Ba’zi boylar xasisdir.
Bu mulohazalardan zaruriy ravishda - «Ba’zi boylar saxiy emas», degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qat’iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat’iy sillogizm deyiladi.
Terminlarning katta yoki kichik deb atalishi ular ifodalagan tushunchalarning hajmiga bog‘liq. Terminlar o‘rtasidagi munosabatni doiralar yordamida quyidagicha ifodalash mumkin.
S - kichik termin.
M - o‘rta termin.
R - katta termin.
O‘rta termin katta va kichik terminni mantiqiy bog‘lovchi element hisoblanadi.
Aksiomalar isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy mulohazalar bo‘lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi. Sillogizm aksiomasini terminlarning hajmiga yoki mazmuniga ko‘ra, ya’ni atributiv ta’riflash mumkin. Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi quyidagi qoidaga asoslanadi: «agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning ichida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning ichida joylashgan bo‘ladi» yoki «bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan tashqarida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bo‘ladi». Bu qoidani quyidagi sxemalar yordamida yaqqol ifodalash mumkin.


Bu qoida sillogizm aksiomasining mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Sillogizm aksiomaning mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi to‘g‘risida tasdiqlab yoki inkor etib bayon qilingan fikr shu sinf ichiga kiruvchi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrim qismiga ham taalluqli bo‘lgan tasdiq yoki inkor fikr hisoblanadi.
Masalan:
Tafakkur shakllari ob’ektiv xarakterga ega.
Tushuncha tafakkur shaklidir.
Tushuncha ob’ektiv xarakterga ega.
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu buyum hodisaning belgisidir; buyum, hodisa belgisiga zid bo‘lgan narsalar buyum, hodisaning o‘ziga ham ziddir. Sillogizm aksiomalarida fikr shakli va mazmuni o‘zaro uzluksiz, ob’ektiv bog‘langan bir butunning ayrim tomonlarini ifodalaydi. Bu bir tomondan, hamma umumiylikka xususiylik, juz’iylik va yakkalik xos ekanligini va har bir yakkalik, juz’iylik, xususiylik umumiylik xislatiga ega bo‘lishini ifodalasa, ikkinchi tomondan, buyum va belgining o‘zaro uzviy bog‘langanligini, ya’ni buyumlar jinsi ayrim o‘ziga xos belgiga ega bo‘lsa, albatta, bu belgi shu jinsdagi hamma buyumlar uchun ham xos belgi bo‘lishini ifodalaydi. Bular esa o‘z navbatida yakkalik va umumiylik o‘rtasidagi, miqdor va sifat o‘rtasidagi dialektik aloqadorlikning tafakkur jarayonida o‘ziga xos namoyon bo‘lishidir.
Yüklə 67,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin