Maʼlumotlar bazasini loyihalash. Maʼlumotlar bazasi nima?



Yüklə 369,56 Kb.
səhifə2/4
tarix12.06.2023
ölçüsü369,56 Kb.
#129112
1   2   3   4
loyha ishi

relyatsion model, ma’lumotlarni jadvallarga ajratadi. Har bir jadval ustunlar va qatorlardan iborat. Har bir ustunda biror obyektga oid atributlar keltirilgan, masalan mahsulot narx, foydalanuvchi ismi yoki tug’ilgan sanasi, pochta indeksi va hokazo. Bu atributlar birgalikda domen deb ataladi. Jadvalning qatorlari esa aynan bitta obyekt (buyum, shaxs, joy) haqidagi maʼlumotlarni saqlaydi.
Quyida biz Foydalanuvchilar haqida maʼlumot saqlash uchun Foydalanuvchilar jadvalini yaratdik. Jadvaladagi ID, Ism, Familiya, Telefon foydalanuvchining attributlari hisoblanadi. Birgalikda esa attributlar domen deb ataladi.
MB bir nechta jadvallardan iborat boʻlishi tabiiy. Misol uchun Mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni saqlash uchun alohida jadval, Xaridlar uchun alohida jadval, Mijozlar uchun alhoida jadval va
2
hokazo. Biror jadvalni boshqa jadvlaga bogʻlash uchun jadval attributlaridan biri (yoki attriburtlar birikmasi) primary (asosiy) kalit etib tayinlanadi. Boshqa jadvallar esa bu attributga foreign key deb murojaat qiladi.
Relational Model jadvallar oʻrtasidagi munosabatlarni ham tartibga soladi. Masalan mijozlar va ular sotib olgan mahsulotlar jadvali, yoki talabalar va ular o’qiyotgan fanlar alohida jadvallarda saqlansada, ular o’rtasidagi munosabat relational model yordamida ko’rsatiladi. Bunday munosabatlar one-to-one (birga-bir), one-to-many (birga-koʻp) yoki many-to-many (koʻpga-koʻp) koʻrinishida boʻlishi mumkin. Munosabatlar haqida birozdan keyin alohida toʻxtalamiz.

3
Demak yuqoridagilarning barchasi Relational Maʼlumotlar bazasining sifatlari ekan.
Keling endi bevostia loyihalash jarayoniga toʻxtalamiz.
1. Talablarni tahlil qilish: ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash
Dasturchi sifatida yaratilayotgan dasturiy taʼminot, unda saqlanadigan maʼlumotlar va ularga qoʻyilgan talablarni tushunish maʼlumotlar bazasini loyihlashda ishingizni bir muncha osonlashtiradi.
Maʼlumotlar bazasiga har tomonlama qarashni unutmang. Masalan, onlayn doʻkon uchun baza yaratganda, bazaga mijoz sifatida, yoki sotuvchi sifatida qarashingiz mumkin va bu ikkisi uchun bir hil maʼlumotlar turli koʻrinishda koʻrsatilishi kerakligini hisobga oling.
Talablar va maqsdalarni aniqlash uchuh quyidagi qadamlarni bajarish mumkin:
Bazani ishlatadigan odamlardan intervyu oling
Hisob-fakturalar, ish jadvallari, so’rovnomalar kabi biznes hujjatlarni tahlil qiling
Mavjud ma’lumotlar tizimlarini oʻrganing (shu jumladan jismoniy va raqamli fayllar)

4
Mavjud maʼlumotlar istalgan koʻrinishda boʻlishi mumkin
Navbat ma’lumotlar bazasiga kiritilishi kerak bo’lgan barcha maʼlumotlarni yig’ib, ularni turlarga ajratish: shaxslar, joylar, buyumlar, talabalar, fanlar, hodisalar va hokazo. Har bir turdagi maʼlumotlarning attributlarini ham aniqlab oling:
Xaridorlar
Ism
Manzil
Shahar, tuman, viloyat
E-pochta manzili
Telefon raqami
Mahsulotlar
Nomi
Narxi
Zaxiradagi miqdori
Buyurtma miqdori
Buyurtmalar
Buyurtma ID
Buyurtmani qabul qilgan sotuvchi
Sana
Mahsulotlar
Miqdor
Narx
Jami
Keyinchalik bu ma`lumotlar bevosita MB jadvallarini shakllantirishda ishlatiladi. Maʼlumotlarni imkon qadar mayda boʻlaklarga boʻling. Misol uchun, manzilni shahar, tuman, viloyat qilib ajratsangiz, kelajakda MBdagi foydalanuvhchilarni tuman, shahar yoki viloyat boʻyicha ajratib olishingiz qulay boʻladi.
5

Yüklə 369,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin