Maktabgacha ta'lim muassasasida rasm chizishga o'rgatish


Katta guruhda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari



Yüklə 38 Kb.
səhifə8/9
tarix13.12.2023
ölçüsü38 Kb.
#174728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1404448751 53307

Katta guruhda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
Besh yoshdagi bolalar uchun dekorativ rasmda ancha xalq dekorativ naqshlari turli ko'rinishlarining ahamiyatini ko'raolishni o'rgatish; rasmlarda xalq naqshining alohida elementlaridan foydalanish;

  • qalam va bo'yoqlar bilan chizish texnik ko'nikmalarini takomillashtirish.

Maktabga tayyorlov guruhiga yumaloq to'g'ri burchakli shakllarda naqsh chizishning asosiy prinsiplari bilan tanish bo'lgan bolalar keladi. Ularga yangi shakllar - to'g'ri to'rtburchak va ko'pburchak hamda turli xildagi yassi shaklli predmetlar - vazalar, ko'za (kuvshin)lar, piyola (chashka)lar, qo'lqoplar, qalpoqlar va hokazolar tavsiya qilinadi. Bu predmetlar to'g'ri geometrik shaklga ega emas, va ularda naqsh chizish turli prinsiplardan foydalanishni talab qiladi. (Masalan, ko'zacha bo'ynining chetiga chiziqli ornament (naqsh) chizilsa, yumaloq qismiga esa markazda chiziladigan naqshdan foydalaniladi). Undan tashqari, simmetriya haqidagi tushuncha ham murakkablashadi. Bir xil shaklni chap va o'ng tomonga joylashtirishdan tashqari, bolalar ko'zgusimon aks bilan tanishadilar (Zerkalnoe otrajenie); ko'zgusimon aksda naqshning qismlari o'z o'rnini o'zgartiradi. Undan so'ng bolalar to'rsimon bezak prinsipi asosida bir turdagi naqsh bilan elementlarni shaxmat ketma-ketligida qaytarib, galma-gal chizish bilan butun shaklni to'ldirish usulini egallaydilar. Bolalar matolar uchun, qo'g'irchoqning ko'ylagi uchun turli naqshlarni chizadilar. Uchburchakdagi naqsh faqat chetlarida, burchaklarida bo'lmay, balki bir burchakdan boshlanib, butun uchburchak bo'ylab tarqalishi mumkin. Bunday hollarda teng tomonli uchburchak shakli emas, balki yon tomonlari teng bo'lib, to'g'ri yoki o'tmas burchakli uchburchak shakli olinadi. Bolalar ularda uchburchak shaklga ega bo'lgan ro'molcha naqshini chizadilar. Naqshni chizish uchun bolalar turli tabiiy shakllardan (o'simliklar, hayvonlar) foydalana boshlaydilar. Maktabga tayyorlov guruh bolalari xalq dekorativ naqsh bezaklarining elementlaridan o'z naqshlarida foydalanishlari mumkin. Bunda asosiy usul saqlanib qolishi kerak. Tarbiyachi bolalarga xalq san'atining namunalariga qarab, naqsh jimjimalarini, mayda va yirik shakllarni o'zaro moslashtirishni, ularni o'tsimon bezak bilan bezashni, berilgan naqshga xos ravishda ranglardan ma'lum moslashuvda foydalanishni o'rgatadi (Xoxlomskaya, Dimkovskaya, Ukrainskaya va b.). Dimkov namunasi asosida loydan yasalgan o'yinchoqlarni bezashdan tashqari, bolalar yana «pape-mame»dan yasalgan katta-kichik tarelkalarni, stakanlarni Xoxlom yoki Jostov naqshlariga asoslanib bezashlari mumkin.
Tayyorlov guruhida bolalar faqat bo'yoqdan emas, balki rangli qalamlardan ham foydalanishni o'rganadilar. Kichikroq guruhlarda rangli qalamlardan faqat mazmunli rasm mashg'ulotlarida foydalanilar edi, chunki bolalar qalam bilan kerakli ranglarni me'yoriga yetkaza olmasdilar; bu esa dekorativ rasmda juda katta ahamiyatga ega. Ozoda, bir tekisda yorqin shtrixlash kabi texnik qiyinchiliklar ko'pgina diqqatlarini va kuchlarini olib qo'yar edi. Tayyorlov guruhidagi bolalarda ma'lum ko'nikmalar mavjud bo'lib, ular qalamdan turli rang jilolarini hosil qila oladilar. Masalan, gulning har bir gulbargi markazdan qalam bilan turli xil bosimda shtrixlanadi. Bolalar faqat yorqin ranglarning moslashuv go'zalligini emas, balki nozik, sokin va bir vaqtning o'zida ko'zlar uchun yoqimli bo'lgan ranglarning go'zalligini ko'rishga o'rganadilar. Tayyorlov guruhida bu vazifa qalam hamda bo'yoqlar bilan chizishda hal qilinadi. Dekorativ rasmda barcha guruhlarda faqatgina guashdan foydalaniladi, chunki guashda bir rang ustiga boshqa rang bilan chizish irnkoni bor; dekorativ rasmda ko'pincha bunday ustma-ust chizish talab qilinadi va akvarel bo'yoq bunday imkonga ega emas.

Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin