O‘qituvchi (pedagog) – pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs.
O‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtning mavzularni o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlanishi, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
O‘quv qo‘llanmasi –1) ma’lum o‘quv fanlari bo‘yicha metodik materiallar, tushuntirishlar, tavsiyalarni yorituvchi hamda o‘qituvchi yoki o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan manba; 2) muayyan fan bo‘yicha tayyorlangan hamda metodik jihatidan o‘quv-tarbiyaviy jarayonda bevosita foydalanish imkonini beruvchi qo‘shimcha o‘quv materiallari.
O‘rgatish - tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlar.