Maktabgacha pedagogika



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə64/95
tarix26.01.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#80958
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95
Maktabgacha pedagogika

Ta’lim muassasi Ustavi – ta’lim muassasasiga rahbarlik mohiyatini yorituvchi hamda uning faoliyatini boshqarish tizimini aniqlovchi hujjat.
Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o‘rganadi.
Tushuntirish - o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilish.
Uzluksiz Ta’limmalakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimining tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi;
O‘qituvchi (pedagog)pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs.
O‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtning mavzularni o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlanishi, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
O‘quv qo‘llanmasi – 1) ma’lum o‘quv fanlari bo‘yicha metodik materiallar, tushuntirishlar, tavsiyalarni yorituvchi hamda o‘qituvchi yoki o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan manba; 2) muayyan fan bo‘yicha tayyorlangan hamda metodik jihatidan o‘quv-tarbiyaviy jarayonda bevosita foydalanish imkonini beruvchi qo‘shimcha o‘quv materiallari.
O‘rgatish - tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlar.
Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi;
Hikoya – o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi.
SHaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin