Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani haqida ma’lumot



Yüklə 25 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü25 Kb.
#36316
Fan haqida


Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani haqida ma’lumot
“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani makroiqtisodiyot doirasida nazariy va amaliy masalalalarni o‘rganish va uni mo‘tadil rivojlantirishning echimlarini topishda hamda “iqtisodiyot” sohasi mutaxassislarining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda keng foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini prognozlash uchun talabning yuqori bo‘lganligi sababli fanning ahamiyati va uni o‘rganish zarurati katta.

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy boshqaruv usullarini qo‘llash, moliyaviy-iqtisodiy faoliyat natijalarini tahlil qilish, boshqaruvning turli darajalaridagi qarorlarni asoslash, makro tartibga soluvchilar tomonidan makroiqtisodiy modellar asosidagi siyosatni ishlab chiqish, mamlakat va mintaqalarning rivojlanishini iqtisodiy usullar asosida taqqoslash bo‘yicha nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.



Fanning vazifalari – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishni boshqarishning zamonaviy nazariyasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish; Zamonaviy boshqaruv muammolarini hal qilish uchun makroiqtisodiy modellardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash; iqtisodiy targetlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlari to‘g‘risidagi o‘rta va uzoq muddatli ssenariylarni ishlab chiqishda makroiqtisodiy yondashuvlarni mohirona qo‘llash usullarini o‘rgatishdan iborat.
Yüklə 25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin