Madaniy qadryatlar yo’nalganligni aniqlash. Reja: Uzbekiston Respublikasi «Uz-uzini boshqarish organlari haqidagi»



Yüklə 42 Kb.
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü42 Kb.
#114290
  1   2
MADANIY QADRYATLAR YO’NALGANLIGNI ANIQLASH.


MADANIY QADRYATLAR YO’NALGANLIGNI ANIQLASH.


Reja:

1.Uzbekiston Respublikasi «Uz-uzini boshqarish organlari haqidagi»nizom haqida.


2.Maktab yoshidagi bolalarning tarbiyasi bilan xamkorlik, o‘zaro musobakalar,bayramlar utkazish metodikasi.
3.Maktab, oila va jamoaning bir-biri bilan boglikligi.

Oila o‘zining tarixiy taraqqiyeti davrida uzoq va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Bu yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri jamiyatning o‘zaro aloqalari va ijtimoiy vazifalarining tubdan o‘zgarganligidir.


Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy tuzilishining o‘zgarishi oilaning shakllanishiga, uning o‘zaro aloqa shakllariga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, jamiyatning moddiy texnika va ma’naviy yo‘nalishidagi o‘zgarishlari oila faoliyatining o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarishlar oila qurish, mehr-muhabbat, o‘zaro do‘stlik va farzand ko‘rishni rejalashtirishda o‘z ifodasini topmoqda.
Davlatimiz oilalarni o‘zining olib boradigan siyesati markazida olib qaraydi. Shu sababli imkoniyat doirasida moddiy va ma’naviy yerdam berishga majbur. Oilaviy tarbiyani maktab, jamoatchilik bilan uyg‘unligini ta’minlashdan manfaatdordir.
Oilaning eng muhim xususiyatlaridan biri insonlar avlodini ko‘paytirishdir. Bolalarni ijtimoiy hayetga tayyerlash borasida oila ma’lum darajada ijtimoiy tashkilotlar bilan jamiyat taraqqiyetiga hamohang holda faoliyatda bo‘lmoqda. Oilaviy tarbiya muammolarini tadqiq etish, asosan ikki yo‘nalishda olib borilmoqda. Bir tomonda oilaviy tarbiya pedagogikaning an’anaviy qismi sifatida o‘rganilmoqda. Ikkinchi tomondan esa oila sotsiologiya va filologiya yo‘nalishida ham tadqiq etilmoqda. Matbuotda e’lon qilingan maqolalarda mazkur sohaga qiziqqan olimlarning oilaviy tarbiya xususiyatlariga ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan yendashayetganliklari ma’lum bo‘lmoqda.
Bolalarning bolalar yasli va bog‘chasida uzoq muddat bo‘lishlari ularning kamolotiga, ehtiyej, qiziqish va muomala xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Baxtga qarshi hozirgi vaqtda ota-onalarning ishlab chiqarishda ko‘plab mashg‘ul bhlishlari sababli o‘zlarining to‘laqonli tarbiyaviy vazifalarini bajara olmasliklarini tasdiqlamoqda.
Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo‘lsagina o‘sib kelayetgan yesh avlod farovonligini ta’minlash mumkin. U yeki bunisining yo‘qligi tarbiyaviy jarayenga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Respublikamizda ayni hozirgi kunda oilalarning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda. Oilalarning moddiy ehtiyejlarini to‘laroq qondirish asosida bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni kuchaytirish jarayeni tezlashmoqda. Biz uchun oila mustahkamligini ta’minlovchi axloqiy ruhiy aloqalar juda muhimdir. Xuddi ana shu aloqadorlik oilaviy munosabatlar, to‘laqonli hissiy-emotsional, otalik yeki onalik, oilaviy baxtni ta’minlash ehtiyejlarini qondiradi.
Ota-onalarga pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha tajriba almashishi, ota va onalarni tarbiya ishlariga qizg‘in jalb qilish uchun ularni maktabga, mahalla qo‘mitalariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalarning bu boradagi eng muhim vazifalari bolalari kamolotini oldindan tasavvur eta olishlari, tarbiya maqsadini aniqlashlaridir.
Qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish faoliyatni mohirlik bilan tashkil etishga bog‘liq. Buning uchun -
a) Bolalarning hayeti va mashgulotini to‘g‘ri tashkil etish (rejim, o‘yin, mehnat, uydagi o‘quv ishlari, sport va shunga o‘xshash)
b) O‘zining shaxsiy faoliyati va dam olishini tashkil etish (ishda, uy-xo‘jaligida, bolalarni parvarishlashda, o‘qishda, dam olishda, yesh avlod tarbiyasi yuzasidan jamoat ishlarida va hokazo).
Biroq, bu yo‘lda bir qancha qiyinchiliklar mavjud. Birinchi qiyinchilik shundan iboratki, ilg‘or oilalar ham tarbiyaning maqsadini va o‘z mas’uliyatlarini yaxshi bilsalar ham tarbiya uslublari, usul va vositalarini aniq qo‘llay olmaydilar. Ma’lumki, oilada biron-bir uslub alohida qo‘llanilmaydi, balki barcha uslublar uyg‘unlashuvda qo‘llaniladi. Bizning hozirgi sharoitimizda ko‘proq ishontirish va unga hamohang uslublar ko‘proq tatbiq etiladi (masalan, ma’qullash, rag‘batlashtirish). Majbur etish esa boshqalarga nisbatan yerdamchi usul sifatida qo‘llaniladi.
Demak, tarbiya usullari va uslublarini tanlash, ularni takomillashtirish va tatbiq etish oila hayetining muhim formasidir. Yesh avlod tarbiyasining muvaffaqiyati biron-bir alohida olingan usullarga emas, balki o‘ylab va yaxshi tashkil etilgan uslublar tizimiga bog‘liqdir. Oilada qo‘llanilgan u yeki bu usullar haqida gap ketganda, shuni esda saqlash lozimki, agar oilaning hayet tarzi, turmushi va axloqiga monand usullar tanlansa, tarbiyaviy samaradorlik oshishi yeki mos kelmasa, aksincha bo‘lishi hayetda ko‘plab kuzatilgan.
Oilada bolalarni tarbiyalash o‘zining bir qancha milliy xususiyatlariga ega. Ular xalqning shakllangan oilaviy an’analari, urf-odatlari, xalqning ruhiyati, hayeti va turmush tarzidir.
Respublikamiz bolalarga ko‘rsatadigan amaliy ta’sirini oila orqali amalga oshiradi. Oilaning bolalariga ko‘rsatadigan ta’sir doirasi shunchalik kattaki, u jamiyat ta’siri bilan uyg‘unlashib ketadi. Shu bilan birga, biz uning o‘ziga xos imkoniyatlari mavjudligini inkor eta olmaymiz.
Barkamol inson tarbiyasida oila jamiyat bilan yaxlit bir birlikni tashkil etadi, bu esa hozirgi kunimiz uchun xos xususiyatlardan biridir. Ayniqsa, ota-onalar va jamiyat a’zolarining mehnat faoliyatlari xarakteri, er va ayelning teng huquqligi, o‘zaro hurmat, farzandlarni e’zozlash, hurmatlash, ijtimoiy va fuqarolik e’tiqodi, oilaviy madaniy hayetning mavjudligi va o‘sayetganligi oilalarga xos fazilat sifatida qadrlanmoqda.
Bolalar tarbiyasiga birinchi gavbatda ota va onaning o‘zaro munosabatlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Bizning jamiyatimizda er va ayellarning teng huquqligi ta’minlangan bo‘lsa-da, lekin biologik tenglik yo‘qligini inkor eta olmaymiz. Shu sababli onalar bolalari tarbiyasi uchun ko‘proq mehnat qilishlarini taqozo etadi. Bundan tashqari, ayellar oilada erkaklarga nisbatan ko‘proq vaqtini uy ishlariga sarflaydi. Sotsiologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, hatto dam olish kunlari ham ayellar uy ishlari uchun to‘qqiz soatdan o‘n bir soatgacha vaqt ajratishadi. Ishlovchi ayel bolalar tarbiyasi uchun juda oz vaqt ajratishga majbur bo‘ladi. Ertalab, ishga jo‘nashdan oldin bolalarini avqatlantiradi, kiyintiradi, yasli yeki bog‘chaga olib boradi, maktabga jo‘natadi. Katta yeshdagi farzandlari o‘zlarini eplaydi. Kunning ikkinchi yarmida ishdan qaytgach, ayelning ikkinchi - uy uchun bo‘lgan ish faoliyati boshlanadi, ya’ni bolalarining uy vazifalarini bajarishlarini nazorat qilish, kechki ovqat tayyerlash va hokazo.
Otaning uy ishlaridagi ishtiroki asosan buyruq berishda ko‘proq namoyen bo‘ladi. G‘Uni bajar, nima uchun buni bajarmading, hozir bajarG‘ va hokazo. Uning vazifasi ko‘proq oilaning iqtisodiyetini va farzandlarining sog‘-salomat o‘sishlarini ta’minlashda ifodalanadi. Chunki farzandlarining bemorligi nafaqat onaning, balki otaning ham ish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli farzandlari sog‘ligining yaxshi bo‘lishini ta’minlash har ikkisi uchun birday mas’uliyatni yuklaydi.
Oilalar tarbiya usullarini qo‘llash borasida bir-birlari tajribalaridan foydalanadilar. Shu nuqtai nazardan oilalarni shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni G‘qattiqqo‘lG‘, va G‘yumshoqG‘ intizomli oilalar. Birinchi guruhga kiruvchi oilalar o‘z faoliyatlarida talabga asoslangan uslublarga, hatto, tan jazosi berish orqali tarbiyalashga asoslanadilar. Ikkinchi guruhga kiruvchi oilalar esa o‘z faoliyatlari namunasida, ishontirish, yumshoq intizom shirin, to‘g‘ri muomala orqali tarbiyalashga asoslanadilar. Agar G‘qattiqqo‘llikG‘ intizomli oilaning ichki munosabatlarida hukmronlik qilsa, G‘yumshoqG‘ intizomlilarida esa demokratiya, tenglik munosabatlari mavjuddir. Biroq G‘yumshoqG‘ oilalardagi bunday munosabatlar ota-onalarning o‘z xulqlari bo‘yicha mas’uliyatlarini kamaytirmaydi. Bunday intizomli oilalar uchun bolalarni qo‘rqitish, cho‘chitish usullari yet bo‘lib, bolaning qadrini bilish, o‘z-o‘zini hurmat qilish xislatlarini tarbiyalash asosiy hisoblanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tarbiyalashda jazo, qo‘rqitish usullaridan foydalangan oilalardagi bolalar voyaga yetgach, ruhiy asab faoliyatida buzilishlar sodir bo‘lgan. Munosabatda qo‘rqoqlik, aqliy faoliyatda orqada qolish holatlari kuzatilgan.
Oilaviy kelishmovchiliklar, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi tengsizlikka asoslangan munosabatlar, ayrim ota-onalarning madaniyat va ma’lumotining nisbatan past saviyada ekanligi mavjud tarbiyaga oid bilimlarni o‘zlashtirishga xalaqit beradi. Beqaror kayfiyat, hayetiy o‘zgarishlar oilaviy muhitda qarama-qarshilikni vujudga keltiradi. Ota-onalarning aniq bir-birini tushunmasliklari va o‘zaro kelishmovchiliklari, yeki bolaning yenini olishlari uning xulqida egoizm ko‘rinishidagi holatni zohir etadi. Otalar bunday holatlarda jazolashga moyillik, onalar esa muloyimlik, G‘ba’zanG‘ betaraflik holatlarida bo‘lishadi.
Oilalarni har tomonlama o‘rganish, ularning faoliyatlarini qiyesiy tahlil etish va baholash maqsadida ko‘plab oilalarda tabiiy kuzatishlar olib borildi, oilaviy marosimlarda ishtirok etildi.
Olib borilgan kuzatishlar natijasida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin.
A) Oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish omillaridan biri bola shaxsini kamolotga yetkazish uchun uni har tomonlama o‘rganish, shuningdek, oilaviy tarbiya usullari va shakllariga ijodiy yendashish, uni takomillashtirishdir. Yeshlarni har tomonlama o‘rganish ularni o‘qishga, mehnatga, o‘z-o‘ziga, o‘rab turgan muhitga, inson kamoloti uchun zarur bo‘lgan sifatlardan eng muhimlarini ajrata olishga o‘rgatish imkonini beradi.
B) Ota-onalar o‘rtasida tarbiyaga oid bilimlarni targ‘ib qilish, ayniqsa, oilaviy tarbiyada qiyinchilikka uchrayetgan ota-onalarga jamoatchilik yerdamini kuchaytirish lozim.
V) Oilaviy tarbiyada ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritgan ota-onalarning tajribalaridan foydalanish uchun ularni maktabning kengaytirilgan yig‘ilishlariga, ota-onalar qo‘mitalarining majlislariga taklif etish va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishni yo‘lga qo‘yish nihoyatda muhimdir. Ulardan unumli foydalanish uchun maktablarda ota-onalar kunini joriy etish zarur.
G) Ota-onalar qo‘mitalari rahbarlarining bevosita boshchiligida radioaloqalarni tashkil etish. Bunda G‘Ota-onalar - ilk tarbiyachiG‘, G‘Ota-onalarning bola tarbiyasidagi shaxsiy namunalari va ularning ahamiyatiG‘, G‘Yeshlarni mehnatga, hayetga, turmushga o‘rgatish va tayyerlashda oila, maktab va jamoatchilik hamkorligiG‘ va shunga o‘xshash mavzulardagi eshittirishlarni tayyerlab, izchil o‘tkazish zarur.
D) Bolalarni xalq og‘zaki ijodiga doir qiziqishlarini o‘stirish maqsadida suhbatlar, hikoyalar, ertak va dostonlar o‘qib eshittirishni yo‘lga qo‘yish lozim.
Ma’lumki, har qanday ota-ona o‘z bolasiga tikanni ravo ko‘rmaydi, turli qiyinchiliklar, xavf-xatarlarning oldini olishga intiladi. Ota o‘z farzandlarida maqsadga intiluvchanlik, botirlik, javobgarlik kabi sifatlarni shakllantirish bilan ajralib turadi.Bunday sifatlar o‘g‘il-qizligidan qat’i nazar inson egallashi lozim bo‘lgan sifatlar hisoblanadiki, ularsiz to‘laqonli inson shaxsi kamol topmaydi. Buning isbotini yana shunda ko‘rish mumkinki, ona qo‘lida otasiz voyaga yetgan o‘g‘il bolada erkaklarga xos rahbarlik fazilatiga muhtojlik kuchli bo‘ladi, ayniqsa, u yetuklik yeshiga yetganida bu ehtiyej yana ham kuchayadi.
Otaga bo‘lgan muhabbat-bu birinchi navbatda unga bo‘lgan hurmatda o‘z ifodasini topadi. Otaning obro‘si uning o‘ziga xos shaxsiyatida namoyen bo‘ladi. G‘Menga o‘xshab bajarG‘, G‘Men qanday ishlasam sen ham shunday ishlaG‘ kabi qoidalarga amal qilinadi. Nazarimizda o‘g‘il bola xulqining o‘ziga xosligi ham ana shunday xatti-harakatlarda o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, ota hg‘lini o‘z fikrini muloyim ifodalay olishga, munozarali voqeada o‘z fikrini qat’iy himoya qilishga, qiziqqonlik, o‘zligini, qadrini yo‘qotmaslikka o‘rgatadi. Shuning uchun ham otaning o‘rni o‘g‘il bolani kuchli shaxs sifatida shakllantirishda nihoyatda kattadir. Bu sifatlarni esa ota o‘zining shaxsiy namunasida-o‘g‘liga, onaga, ayelga, xotin-qizlarga bo‘lgan munosabatlarida qaror toptirib boradi.
Ota-onalarning obro‘si va shaxsiy namunalari tarbiya samaradorligini oshiruvchi omildir.
Bolalar ma’naviy dunesining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri kattalarni obro‘li siymo, namuna deb bilishlari, maslahat olishlari, taqlid qilishlari va lozim bo‘lgan paytda har qanday yerdamni olishlariga ishonch hosil qilishlaridir.
Hech qanday narsa bolalarga namuna kuchidek ta’sir ko‘rsata olmaydi. Namuna taqlid uchun asosiy manba rolini o‘ynaydi. Shaxsiy namuna esa tarbiya olish sifatida o‘sib kelayetgan yesh avlodning ongi va xulqiga ta’sir ko‘rsatuvchi katta yeshdagi kishilarning xatti-harakatlari va boshqa faoliyatlari yig‘indisidir. Kattalarning namuna sifatidagi tarbiyaviy ta’siri shuning uchun ham muhimki, ular aynan bolalar va o‘smirlarning taqlidi uchun jonli manbadir. Bolalar ruhiyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ko‘pincha o‘zi sezmagan holda o‘z oldiga namuna olsa arziydigan, taqlid qilishga loyiq biron-bir ijobiy shaxs bo‘lishini juda xohlaydi.
Atrofimizni o‘rab turgan noma’lum narsa va hodisalar, rang-barang olam bilan tanishishda bola kattalarning yerdamiga tabiiy ehtiyej sezadi. Yetarli darajada bilim va tajriba yo‘qligi sababli ular kattalarning muomala va xatti-harakatlariga taqlid qila boshlaydi. Yeshlari ulg‘aya borishi bilan kattalarga taqlid qilish ham o‘zgarib, ma’no kasb eta boradi.
Oilaviy tarbiyada otaning roli nihoyatda ulkan. Chunki oilada er hamma vaqt bolalarining, turmush o‘rtog‘ining doimiy tayanchi bo‘lib kelgan. Shu sababli oiladagi o‘g‘il doimo otasiga o‘xshashga intilgan, uning xatti-harakatiga taqlid qilgan. Xalqimizning dono maslahatlarida o‘g‘il tarbiyasida otaning roli ulug‘lanib kelgan. Ota-ona namunasi bolalar uchun ko‘rgazmali xayet darsidir. Otaning onaga, ona mehnatiga, jamiyatga, jamiyat a’zolariga bo‘lgan munosabati bola qalbida yaxshilik yeki yemonlik, ma’qul yeki noma’qul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarni vujudga keltiradi. Maqsadsiz, tarbiya natijalarini hisobga olmasdan qilingan ota-onalar mehnati baribir samarasizlik bilan tugaydi. Og‘zaki so‘zlar emas, balki ongli, o‘ylab qilingan ishlar bola ongi va qalbiga borib yetadi.
Bola odatda, ko‘p vaqtini oilasi davrasida o‘tkazadi va kattalarning qiliqlari, o‘ziga xos xususiyatlarini osonlik bilan qabul qiladi. Bu qiliq va xatti-harakatlarni o‘z faoliyatlarida takrorlaydi. So‘ralgan paytda G‘Dadam shunday qiladilarG‘, G‘Onam shunday degenlarG‘, G‘Buvim shunday o‘rgatganlarG‘ va hokazo degan javoblarni eshitish mumkin.
Oila muhiti-bu qandaydir alohida uzib olingan tarbiya vositasi emas, balki ota-onalarning va katta yeshdagi kishilarning har taraflama olib borgan tarbiyaviy ish natijalari, oila a’zolarining o‘zaro yuksak axloqiy munosabatlarining yig‘indisi va kattalarning ijobiy ta’sir ko‘rsatish namunasi natijasidir.
Bolalarga ota-onalarning xatti-harakatlarigina emas, balki og‘zaki nutqi, savol-javoblari ham ta’sir qiladi. Ota-ona o‘zaro janjallashib tursalar, qo‘shnilari bilan chiqisha olmasalar, bir-birlaridan bo‘lar-bo‘lmas narsalarni talab qilsalar, bunday tarbiya yaxshi natija bermaydi, aksincha bolaning ota-onalariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. So‘z qudratli kuchga ega.



Yüklə 42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin