10-Jadval
Tetrasiklinni ajratib olish uchun zarur bo`lgan reaksion muhitning tarkibi
(% hisobida)
№
Moddalarning nomi
%
1
Makkajo`xori uni
6.0
2
Makkajo`xori ekstrakti
1.5
3
Ammoniy sulfat
0.6
4
Natriy xlorid
0.4
5
Bo`r
0.8
6
Suv
Qolgan qism
Asosiy fermentatsiya bosqichida ham aynan shu tarkibdagi oziqa muhitidan
foydalaniladi, faqat vitamin B
12
ni hosil bo`lishini kuchaytirish maqsadida muhitdagi
reaksion suyuqlikning 1 m
3
hajmi hisobiga 1 g kobalt xlorid qo`shiladi.
«Ekish» uchun tayyorlangan mikrobning o`stirish materiali fermentyorlarning
umumiy hajmini 10-15 % qismi miqdorida asosiy fermentatsiyani o`tkazish uchun
uzatiladi. Ushbu jarayonni sanoat miqyosida o`tkazishning barcha texnologik
ko`rsatkichlari oldingi bosqichdagi o`stirish apparatidagi tarzda amalga oshiriladi.
Biosintetik jarayonlarning hamma bosqichlarida aseptik talablarga rioya qilinadi.
Biosintez jarayoni hamisha amaliy jihatdan ko`p miqdorda ko`pik hosil bo`lishi bilan
yuz beradi, shuning uchun fermentyorlarning hajmini faqat 50 % gacha to`ldirish
mumkin bo`ladi. Produsent hujayralarini o`stirib, ko`paytirishni ancha keng
chegaradagi pH ko`rsatkichi chegarasida amalga oshirish mumkin, lekin
qo`llaniladigan produsentning xiliga bog`liq holda antibiotikning sintezlanishi va
yig`ilishi ham har xil bo`ladi. Shu sababli bu ishlarni nazoratini to`g`ri yo`lga
qo`yish lozim bo`ladi. Jaryonni nazorati pH, harorat va aeratsiya ko`rsatkichlari
bo`yicha amalga oshiriladi. Oksitetrasiklinning biosintezi 26-28
0
C da 100-120 soat
- 54 -
davomida nihoyasiga yetadi. Dastlab mitselliyning jadal ravishda o`sishi yuz berib,
bunda muhitda mavjud bo`lgan karbon, azot va fosfor manbalari jadal o`zlashtiriladi
va buning uchun kuchli aeratsiya talab qilinadi.
Bu bosqichda amaliy jihatdan antibiotik hosil bo`lmaydi, balki kamroq miqdorda
pirouzum va sirka kislotalar hosil bo`ladi va aynan shu moddalar keyinchalik
zamburug` tomonidan tetrasiklinning biosintezi uchun foydalaniladi. Tarkibida 4,5
% gacha quruq moddaga ega bo`lgan muhitdagi suyuqlik vakuum-bug`latqich
qurilmasi tomon uzatiladi, u yerda 50-60
0
C da quruq massasi 12-15 % gacha
ko`rsatkichga yetgancha bug`lantiriladi. Shu yo`sinda konsentrlangan aralashma
purkab qurituvchi qurilmaga uzatiladi va quritiladi. Ba`zan bu jarayonni amalga
oshirishda muhit suyuqligiga bir yo`la yem-oziqaga aralashtiriladigan qo`shimchani
qo`shib birgalikda quritiladi, o`z navbatida bunday qo`shimcha sifatida qand lavlagisi
turpi (chiqindisi) ishlatilsa, uni 1 m
3
suyuqlik hisobiga 250 kg qo`shiladi.
Terravit -5, -10, -50 lar
Act. rimosus
produsenti o`stirilgan muhit suyuqligining
quritilgan massasi bo`lib, uning tarkibi muhitda hosil bo`lgan antibiotik va unga
qo`shimcha qo`shib standartlashtirilgan tayyor mahsulot hisoblanadi.
Terravit-E produsent o`stirilgan suyuqlikning filtrati bo`lib, uni keyinchalik
purkab qurituvchi qurilmada quritilgan massa hisoblanadi, filtrlash jarayonida erimay
qolgan qoldiq quritilgandan so`ng terravit-EO ni olishda asos bo`lib xizmat qiladi.
Yetarli faollik darajasidagi hamma terravit preparatlari qand lavlagisi turpi yoki
makkajo`xori uni qo`shib standartizatsiyalanadi. Tayyor mahsulot darajasiga
keltirilgan terravit preparatlari 20 kg og`irlikda qog`oz xaltachalarga qadoqlanadi. Bu
tayyor mahsulotni qorong`ida, harorati 20
0
C dan, namligi 75 % dan oshmayligan
omborxonalarda saqlanadi. Preparatlarni shu sharoitda saqlash muddati 6 oyni tashkil
qiladi. Biovit ishlab chiqarishda foydalaniladigan sporali material ekish stansiyalarida
o`stirilib zavodlarga tarqatiladi. Standart talabga muvofiq bu materialning faollik
ko`rsatkichi 3000 birlik/ml dan kam bo`lmasligi lozim. Shuningdek ishlab chiqarish
korxonalarida biovitni produsentini dastavval kolbalarda ko`paytirish (1-2
generatsiya) yo`li bilan 26-28
0
C da, 24-30 soat davomida tarkibida ( % hisobida)
don-kartoshka to`poni-40, makkajo`xori ekstrakti-3, un-3 dan tashkil topgan oziqa
muhitida o`stirib ko`paytirish mumkin. Aralashmani pH ni 30 % li o`yuvchi natriy
yordamida 6,7-6,9 ko`rsatkichigacha yetkaziladi. O`stirib ko`paytirish apparatiga
yuqoridagi tartibda tayyorlangan «ekish» materialini 1m
3
muhit suyuqligi hisobiga
0,7 l miqdorda kiritiladi. Produsentni o`stirishni ham xuddi shu xil tarkibdagi muhitda
27-28
0
C da 30-40 soat davomida aeratsiyali va muhitdagi aralashmani doimo
aralashtirib, steril ko`pik so`ndirgich qo`shib amalga oshiriladi. Xlortetrasiklinni
asosiy fermentyorlardagi biosintezini amalga oshirishda oziqa muhitini 11-Jadvaldagi
tarkibidan foydalaniladi.
Aralashma tarkibiga dastlabki modda sifatida 0,0001 % qo`shiladi. Produsentni
o`stirishni boshlashdan oldin muhitning pH ko`rsatkichini 6,6-6,7 ga olib kelinadi.
Sanoat miqyosida produsentni o`stirishni yaxshi aeratsiyali sharoitda 60-70 soat
davomida amalga oshiriladi. Haroratni produsentni ko`payishi va antibiotikni
biosintezi davomida 26-28
0
C atrofida ushlab turiladi. Biosintez jarayonini
nihoyasiga etganini muhitning pH ni 6,9-7,2 ko`rsatkichigacha o`zgarishidan bilib
olinadi. Hosil bo`lgan dastlabki produsentli suyuqlikga ikki xil uslub asosida qayta
- 55 -
ishlov beriladi. Ulardan birinchisi xuddi terravit ishlab chiqarishda qo`llanilgan uslub
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |