M. F. 12-noyabr 1987 Maorifchilarimiz faoliyati kino jurnallarda



Yüklə 44,21 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü44,21 Kb.
#166481
Maorifchilarimiz faoliyati kino jurnallarda


M.F. 12-noyabr 1987
Maorifchilarimiz faoliyati kino jurnallarda
Respublika ilmiy-ommabop filmlarni sur’atga olish kinostudiyasida O’zbekiston CCP maorifministriligining buyurtmasi boyicha ‘’Qishloq maktablarida mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish’’ nomli 2 qisimdan iborat 4 pardali o’quv kino filimi yaratildi.
K.Davlatov senariysi asosida yaratilgan bu filimda rayonimiz maorifining mehnat ta’limi va yoshlarni kasbga yonaltirishdagi axamiyatli ishlari haqida xikoya qilingan.
Xususan , V. P. Chkalov nomli 3-o’rta maktab petkolektivining o’quvchi-yoshlariga mehnat tarbiyasi berishdagi yutuqlari xamda uzoq yillar shu maktabda mehnat ta’limidan dars berib kelgan. Xozirda qarilik gashtini surayotgan ,veteran o’qituvchi M. G. Makarov rahbaridagi amalga oshirilgan ishlar filmida markaziy o’rinni egallagan. Maktabning tikuvchilik, duradgorlik va slesarlik kabinetlaridan o’quvchining olib borayotgan ishlari, zamonaviy kabinetlardan jihozlar va ularning ahamiyati hamda o’quvchilar qo’li bilan yasalgan buyumlar film kadrlarida aks ettirilgan.
Filmda maktab programmalariga bu o’quv yilida yangidan predmet sifatida kiritilgan ‘Ko’cha xarakati qoidalari’ mashg’ulotlarini o’tkazish hamda bu borada V. P. Chkalov nomli maktab ‘Svetafor’ komandasining respublika miqiyosidagi musobaqalarda ishtirok etishi keng planda ko’rsatilgan .
Rayonimiz maorifining mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish bo’yicha ishlarni xikoya qiluvchi bu kinojurnalni operator I. SHoyunusov, rejissyor R. Raximboev, film redakdori I. MUhiddinov va kolsuntalt D. Yoldashevlar suratga olganlar. Bu o’rinda rayondagi 3-o’rta maktab faolyatiga to’xtatilinganligi bejiz emas ,albatta. Mehnat ta’limining yuqori saviyada, zamon talablari asosida tashkil qilishda mohir pedagor M. G. Makarovning murabbiylik va boy tajribasi o’z samarasining berganligining guvohi bo’lamiz. Xozirda maktabda oblast mehnat ta’limi o’quvchilarni ichida birinchi bo’lib katta o’qituvchi unvoniga sazovor bo’lgan o’z ishining ustasi K. Boboprahimov ilg’or ish tajribasini Mirzo Ulug’bek nomidagi Forg’ona Davlat pedagogika jamoyati ommalashtirmoqda. Makdabda mehnat ta’lim bo’yicha samrali ish olib borayotgan I. Usmonov , M. Obidov, X. Mirzamotov , A. Olimova kabi o’qituvchilar ta’lim berayotgan o’quvchilar rayon va oblast olimpiadalarida bir necha yillar davomida g/oliblikni qo’ldan bermay kelayotirlar/ Fikrimizning dalili sifatida M. Turdiyev , D. Madaliyeva va X. Qoziboyeva kabi o’quvchilarning ishlaridan tashkil qilingan ko’rgazmalar Xalq Xo’jaligi Yutuqlari Ko’rgazmasida namoyish qilingani va bronza medaliga sazovor bo’lganligini aytish kifoya.
Mehnat ta’limi har doimgidek bir qancha xayotiy muammolarini o’rtaga tashlamoqda. Insonning ma’naviy va iqtisodiy extiyojiga aylanib qolgan mehnatni ulug’lash , yoshlari maktab islohatida ko’rsatib o’tilganidek mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash kommunistik tarbiyaning ajralmas qismi bo’lgan mehnat tarbiyasi berish va xilma-xil kasblar haqida ma’lumotlar berish, kasbga yo’naltirish o’qituvchi va tarbiyachilarning muxim vasifasi bo’lishi lozimligi rayonimiz misolida yorqin ko’rsatilganligi xarakterlidir.
Kino filmda biz 7-maktab direktori, mehnat ta’limi o’qituvchisi X. Xudoberduyev , rayon xalq maorifi bo’limi metodisti J. Mamadaliyev va V. P. Chkalov nomli 3-o’rta maktabning o’quvchilarini ko’ramiz .
Rayon xalq maorifi bo’limi filmofondida saqlanayotgan bu kinofilmning mehnat o’qituvchilari, barcha o’qituvchi va maorif xodimlarining metodik maslahatchisi bo’lib qolishiga ishonchimiz komil .

  1. SHayxuddinov

‘’Markaziy Farg’ona’’ning jamoatchi muhbiri
Yüklə 44,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin