Hozirgi
kunda elektron kutubxonalar, elektron darsliklar,
on-layn darsliklar
rasmga kirmoqda. Multimedia darslik o‘zida ko‘pgina ma’lumotlarni
mujassamlash bilan birga, bu ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, hamda ovoz
yordamida izohlaydi. Multimedia darslikning hususiyati u voqea va ma’lumotlarni
yaqqol aks ettiradi. Ya’ni multimedia voqea va ma’lumotlarni hayotiylashtiradi. Bu
matn, videotasvir, multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi.
Masofadan
o‘qitishda
virtual
kutubxonalar,
sputnik
orqali
videokonferensiyalar, darslar, internet yordamida muloqot va axborot olish
imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bu esa o‘quvchi uchun maxsus o‘qish doirasini berdi.
O‘quvchining fanni o‘zlashtirish tezligi va sifati keskin yaxshilandi.
Masofadan o‘qitishning yangi bir usullaridan
biri bu bilim dargohlarida
tashkil qilinadi. Bu usulda bir ma’ruzachi yuzlab borinki minglab tinglovchilarga
bir vaqtning o‘zida ma’ruza o‘qishi va shu vaqtning o‘zida tinglovchilar bilan fikr
almashishi, savollarga javob berishi mumkin. Bu usul yuqori texnikalardan
samarali foydalanishni taqozo etadi. Ya’ni har bir o‘quv
xonalari mikrofon,
videokamera, video proyektor va video-audio uskunalari bilan ta’minlangan
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bu usulda ishlash nafaqat bir bilim dargohi, nafaqat
bir davlat, borinki butun bir davlatlar orasida ham qo‘l keladi. Ya’ni bir
ma’ruzachini ma’ruzasini kommunikatsiya yordamida boshqa davlatlar
tinglovchilari ham tinglashi mumkin bo‘ladi.
Oddiy darslikdan elektron darslikning afzallik
tomonlaridan biri u
"intellektual" kuchga ega bo‘lishi bilan bir qatorda kerakli ma’lumotlarni o‘z
vaqtida va joyida taqdim etish imkoniyatlari bilan farqlanadi. Elektron darslik
ma’lum bir predmet bo‘yicha hamma tegishli o‘quv materiallarini o‘zida
ifoda
etgan bo‘lishi kerak. Uning intellektual darajada bo‘lishi esa o‘z navbatida, oddiy
darslikka nisbatan bir qator afzalliklarni tug‘diradi. Masalan, ma’lumotlarni tez
izlab topish, mavzularni o‘zlashtirish darajasini multimedia elementlari yordamida
amalga oshirish va hokazo.
Har bir elektron darslik alohida ko‘rinishda bo‘lishi va ma’lum bir standart
talabga javob berishi lozim. Avtomatlashtirilgan o‘qitish
tizimlarining uskunaviy
vositalari asosida yaratilayotgan elektron darslikning tarkibiga to‘xtalib o‘tamiz.
Elektron kitobning tarkibi. Elektron darslikning bahosi uning mavzularida
berilayotgan ma’lumotlarning mazmunini boyitishga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: