98
umumiy moliyaviy holati aynan
moddiy ishlab chiqarish
moliyasining holatiga bog‘liqdir.
Moliya, shuningdek ayirboshlash va iste’molga o‘z ta’sirini
o‘tkazishi mumkin. Bu maqsadli pul fondlari orqali amalga
oshiriladi. Ularning miqdori, tashkil etish shartlari va tartibi,
foydalanish tamoyillari ayirboshlash va iste’mol
sohalarini
talablarini hisobga olgan holda o‘zgaradi. Bu xususiyat, iqtisodiy
rag‘batlantirish sifatida, moliya bilan
foydalanish jarayonida
obyektiv asos bo‘lib, katta ahamiyatga ega.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi noishlab chiqarish sohasini
vujudga kelishiga imkon yaratadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasi
xalq xo‘jaligining asosiy sohasi bo‘lib, qiymat, ijtimoiy mahsulot va
milliy daromadni vujudga keltiradi. Noishlab chiqarish sohasi esa,
shu vujudga kelgan daromadni taqsimlanishida ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: