Личность: три основных подхода к ее трактовке



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə1/2
tarix01.05.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#105371
  1   2

Individ, individuallik tushunchasi, shaxs


Individ - bu biologik, fiziologik, ijtimoiy, psixologik xususiyatlari birligida alohida olingan insondir. Individ bo’lib dunyoga kelgan insonni shaxs bo’lib shakllanishi uchun bir qancha shartlar zarur bo’ladi:

1.

Ijtimoiylik

individ ijtimoiy sharoitda, ya’ni kishilik jamiyatida
shaxs bo’lib shakllanadi

2.

Ongga ega bo’lishi

tevarak-atrof to’g’risida bilimga ega bo’lish,
o’zlikni anglash, bilish faoliyat maqsadlarini shakllanishi

3.

Aktivligi

faoliyat maqsadlariga erishishga yo’naltirilganligi

4.

Ehtiyojlarining shakllanishi

avvalambor ma’naviy, madaniy, o’z-o’zini mukammallashtiradigan ehtiyojlarni rivojlanishi

Har bir individ yoshlik chog’idayoq tayyor holdagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga duch keladi va bu munosabatlar jarayonida shaxs sifatida shakllanadi. Shuning uchun ham shaxs ijtimoiy munosabatlarning majmuidan iboratdir. Shaxs va uning mohiyati haqidagi psixologik ta’limotga muvofiq har bir konkret shaxs o’zi mansub bo’lgan ijtimoiy muhit va siyosiy sharoitning mahsulidir.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, ya’ni yakkaholligidir.
Individuallik – bu kishining o’ziga xosligi, uni boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik va fiziologik fazilatlar birikmasi. Shaxsning eng qimmatli sifatlaridan biri mustaqillik, ichki erkinlik, ichki o’ziga xoslikdir. Mustaqillik o’zganing yo’l-yo’rig’isiz muhim qarorga kelish va uni amalga oshirish qobiliyatini; mas’ullik, o’z xatti-harakatlari uchun javob berishga tayyorlikni; xulq, fe’l-atvorning realligiga, ijtimoiy jihatiga va ma’naviy to’g’riligiga bo’lgan e’tiqodni o’z ichiga oladi. Psixologiyada shaxsni bir qancha sturkturalari ishlab chiqilgan. Shulardan biri K.K. Platonov tomonidan taklif etilgan shaxsning dinamik funksional buzilishini ko’rib chiqamiz:


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin