Leksikografiyaning vazifa doirasiga quyidagilar kiradi



Yüklə 59,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü59,48 Kb.
#185081
1   2   3   4   5   6
1461478256 62416

Lisoniy lug’atlarda
so’z ma’nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar 
(frazemalar), xalq maqollari, xullas, til birliklari va filologik 
tushunchalarga oid ma’lumotlar beriladi. Demak, lisoniy lug’atlarda 
til va nutq birliklari, til kategoriyalari haqida ma’lumot berish, maqol 
va matal kabi janr boyliklarini to’plash maqsad qilinadi.

Lisoniy lug’atlar ham dastlab ikki turga – umumiy va xususiy 
(maxsus) lug’atlarga bo’linadi.

U m u m i y l u g’ a t l a r d a umumtil birliklari, ularning 
ma’nolari va qo’llanish xususiyatlari izohlanadi. Bunday lug’atlar bir 
tilli, ikki tilli, ko’p tilli, izohli, izohsiz bo’lishi mumkin. "o’zbek tilining 
izohli lug’ati" (ikki tomli, 1981 y.), "o’zbekcha-ruscha lug’at" (1959), 
"Ruscha-o’zbekcha lug’at" (besh tomli, 1950-1955) va boshqalar 
shular jumlasidandir.
www.arxiv.uz



X u s u s i y (m a x s u s) l u g’ a t l a r d a tilning lug’at 
boyligidagi birliklar ma’lum sohalar bo’yicha yoki shu tildagi ma’lum 
mikrosistemalar, guruhlar bo’yicha tanlab izohlanadi. "Ruscha-
o’zbekcha fizik terminlar lug’ati" (M.D.Yagudev, R.X.Mallin, 1952), 
"Ruscha-o’zbekcha matematik terminlar lug’ati" (M.Sobirov, 1952), 
"o’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati" (A.hojiev, 1974), "Lingvistik 
terminlarning izohli lug’ati" (A.hojiev, 1985), "o’zbek tilining izohli 
frazeologik lug’ati" (SH.Rahmatullaev, 1978), "Imlo lug’ati" (Olim 
Usmon, 1949), "o’zbek tilining imlo lug’ati" (S.Ibrohimov, 
E.Begmatov, A.A.Ahmedov, 1976), "o’zbek ismlari" (E.Begmatov, 
1991), "o’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati" (SH.Rahmatullaev, 
1984), "o’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati" (SH.Rahmatullaev, 
N.Mamatov, R.SHukurov, 1980), "Ruscha-o’zbekcha botanika 
terminlarining qisqacha izohli lug’ati" (Q.Zokirov, M.M.Nabiev, 
o’.Pratov, h.Jamolxonov, 1963) va boshqalar shular jumlasidandir.
www.arxiv.uz



Keyingi yillarda o’zbek tilida yana bir qator yangi lug’atlar 
yuzaga keldi: "Yozuv tarixidan qisqacha lug’at-
ma’lumotnoma" (N.Mahmudov, 1990), "o’zbek ismlari" 
(E.Begmatov, 1991), "o’zbek tilining etimologik lug’ati" 
(SH.Rahmatullaev, 2000y.), "O`zbek tilining imlo lug`ati" 
(Sh.Rahmatullayev, A. Hojiyev, 1995), "o’zbek tili tasviriy 
ifodalarining izohli lug’ati" (R.Rasulov, I.Umirov, 1997), 
Hozirgi o’zbek tili faol so’zlarining izohli lug’ati (A.Hojiyev, 
A.Nurmonov, S.Zaynobiddinov, K.Kokren, M.Saidxonov, 
A.Sobirov, D.Quronov, 2001), "Turkcha-o’zbekcha, 
o’zbekcha-turkcha lug’at" (Nizomiddin Mahmud, Ertug’ul 
Yaman, 1993) shular jumlasidandir.
www.arxiv.uz




Yüklə 59,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin