Lapchik M. P. Metodika prepodavaniya informatiki: Ucheb posobie dlya stud ped vuzov \



Yüklə 34,18 Kb.
səhifə2/7
tarix30.09.2023
ölçüsü34,18 Kb.
#150534
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi fani va uning predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni

Informatika o’qitish uslubiyoti — yosh fan, lekin u bo’sh joyda shakllanmagan. Ilgarilab ketgan umumiy kibernetika ta’limi fundamental didaktik tadqiqotlarining maqsadi va mazmuni, informatika kiritilishidan avval maktab tomonidan to’plangan pedagogik tajribalar:

  • O’quvchilarga kibernetika elementlarini o’qitilishi;

  • Algoritmlashtirish va dasturlashtirish;

  • Mantiq elementlari;

  • Hisoblash va diskret matematika elementlarining informatkaga o’qitishda muhim umumta’lim yondashuvdagi masalalarini ishlab chiqish qariyib yarim asr tarixiga ega. Informatika o’qitish uslubiyoti o’zinig rivojlanishida falsafaga, pedagogikaga, psixologiyaga, infor­matikaga (shu jumladan, maktab informatikasiga), shuningdek umumta’lim maktabining umumlashgan amaliy tajribasiga tayanadi.

Informatika uslubiyotini birlashtiruvchi barcha uslubiy-pedagogik bilimlar va tajribalar ichidan, davlat ta’lim standartlariga mos holda «Informatika o’qitish uslubiyoti» mutaxassisligi bo’yicha tayyorlash ta’limiy-kasbiy dasturining «Informatika o’qitish nazariyasi va uslubiyoti» o’quv predmeti ajralib turadi.
Dastlab, fizika-matematika fakultetlari negizida matematika o’qituvchisi mutaxasissligiga qo’shimcha sifatida tayyorlashni tashkil etish munosabati bilan pedagogika oliy ta’lim muassasalarining o’quv rejalariga 1985 yili «Informatika o’qitish uslubiyoti» o’quv kursi kiritilgan. Tezlikda ushbu kurs bo’yicha birinchi o’quv qo’llanma paydo bo’ldi1. Maktablarda «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» predmetini o’qitishga na darslik va na kompyuterlar bo’lgan. Kompyuter o’rnida mikrokalkulyatorlar, keyinroq «Pravets» kompyuterlaridan foydalanila boshlangan. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika darslarini turli adabiyotlardan yoki Rossiyada chop etilgan darsliklardan foydalanib tashkil etilar edi.
Respublikada dastlab foydalanilgan darslik (Ershov A.P., Kushnirenko A.G. i dr. Osnovi informatiki i vo’chislitelnoy texniki (uchebnoe posobie dlya sred. ucheb. zaved.), 1989 g. va Kushnirenko A. G. i dr. Osnovi informatiki i VT. Uchebnik dlya sr. uch. zavedeniy, 1990 g.)lar A.Abduqodirov tomonidan tarjima etilib respublika umumta’lim maktablari darslik bilan ta’minlanishiga zamin yaratildi. 1993 yildan e’tiboran 10-11-sinflarda o’qitilayotgan IHTA predmeti respublikamizda 8-9-sinfdan o’qitila boshlandi.
1993 yildan e’tiboran Nizomiy nomli pedagogika institutiga matematika va informatika mutaxassisligi bo’yicha o’qituvchilar tayyorlash uchun dastlabki qabul amalga oshirildi. 1995 yildan boshlab «Informatika» mutaxassisligi bo’yicha Davlat ta’lim standartlari joriy etilgan. Respublikada informatika o’qituvchilarini tayyorlash tobora kengaya bordi. Lekin informatika o’qitish uslubiyoti bo’yicha mos adabiyotlarni ancha vaqtgacha yo’qligi, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan mashg’ulotlar aksariyat vaqtlarda davriy nashrlarga tayanilgan holda olib borildi. Bo’lajak o’qituvchilarning uslubiy tayyorgarligi uchun rasmiy mo’ljal bo’lib, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligini namunaviy o’quv dasturlari xizmat qildi. Ushbu o’quv kursning asosiy mazmunini dasturiy-texnik vositalari, shuningdek maktab kursining aniq mavzularini tayanch va kasbiy o’qitish bosqichlarida o’qitish uslublari bilan birgalikdagi informatika o’qitish uslubiyotining umumiy nazariy asoslari tashkil etadi.
1994 yildan boshlab umumta’lim maktablarining «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» predmetini o’qitishga mo’ljallangan A.Abduqodirovning darsliklari o’zbek tili bilan bir vaqtda qoraqalpoq tilida, 1997 yildan esa tojik, qozoq, turkman, qirg’iz, rus tillarda ham chop etila boshlandi.
Informatika o’qitish uslubiyotining informatika fani, psixologiya, pedagogika va boshqalar bilan aloqadorligi. Informatika o’qitish uslubiyoti kursining o’rganish ob’ekti informatika tushunchalaridan iborat bo’lganligidan, kurs ularning xususiyatlarini hisobga oladi, ya’ni ixtiyoriy materialni bayon qilinishi asosiy: axborot, model, algoritm tushunchalarga mos holda olib boriladi.
Sinfda ishlashning uslub va shakllarini tanlashda o’quvchilarning sub’ektiv psixologik xarakteristikalarini hisobga olinishi zarur. Bunday bilimlarni psixologiya fani taqdim etadi. Uslub didaktikaning qismi bo’lib, o’z navbatida pedagogikaning qismidan iborat. Shuning uchun unda pedagogikaning tadqiqot uslublari foydalaniladi, didaktikaning qonun va tamoyillari (faollik; o’qitishda nazariya bilan amaliyotni bog’liqligi; ko’rgazmalilik; o’qitishning tarbiyalovchi xarakteri; ilmiylik; o’qitishda muntazamlilik va izchillik; o’qitishning tushunarli bo’lishi; namunalardan foydalanish; o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish; bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning puxta bo’lishi va didaktik reduktsiya tamoyillari) bajariladi.

Yüklə 34,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin