Laboratoriya ishi №1 Mavzu: To’g’ri o’tkazgich va aylanma halqaning magnit maydonini o’rganish


TAJRIBA QURILMASI VA ISHNI BAJARISH TARTIBI



Yüklə 363,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix14.02.2023
ölçüsü363,66 Kb.
#84280
1   2   3
TAJRIBA QURILMASI VA ISHNI BAJARISH TARTIBI 
a) To’g’ri o’tkazgichning magnit maydoni. 
Eksperimental qurilma 4 – rasmda tasvirlangan. 
-Kichik optik qurilmani shtativga o’rnating va uni gorizantal holatda joylashtiring. 
-(a) shtepsel uchun tutgichni Leyboldga mahkamlang. 
-To’g’ri o’tkazgich uchun tutgichni mahkamlang , to’g’ri o’tkazgichni unga 
o’rnating va katta tokli manbaga ulang. 
-Tangensial B- namuna ni teslametrga ulang va teslametrni nolini o’rnating 
(teslametr uchun ko’rsatmalarga qarang) 
-Tangensial B-probening chap uchini Leyboldga shkalada 50.0 sm belgiga 
To’g’irlab va to’g’ri o’tkazgich o’rtasining balandligiga to’g’irlab o’rnating. 
-To’g’ri o’tkazgichni Xoll datchigi tomon deyarli unga tegadigan darajada yaqin qilib 
o’rnating.(S=0 bo’lsin) 


-Tok kuchi I ni har 2 A qiymatga 0 A dan, 20 A gacha oshiring. har safar B magnit
maydonini o’lchang, qiymatini yozib oling. 
- I=20 A ga B- namunani unga tomon qadamba qadam siljiting, B magnit 
maydonini masofaning funksiyasi sifatida o’lchang va qiymatlarini yozib oling. 
b) Aylanma halqa shaklidagi o’tkazgichning magnit maydoni eksperimental 
qurilma 5-rasmda tasvirlangan. 
-To’g’ri o’tkazgich uchun tutgichni o’tkazgich halqa uchun adapter bilan almashtiring va 
unga diametrik 40 mm bo’lgan o’tkazgich halqani biriktiring. 
-Otkazgich halqani ulash kabellari yordamida tutgichning (a) shtepselli elementining 
pozetkalariga ulang. 
-Aksial B- namunani teslametrga ulang va teslametrning nolini o’rnating (teslametr 
uchun ko’rsatmalarga qarang) 
-Aksial B- namunani Leyboldga chap uchi 70.0 sm shkala belgisiga to’grilab 
joylashtiring. B- namunani o’tkazgich halqa markaziga to’g’rilab joylashtiring. 
-O’tkazgich halqani imkoni boricha Xoll datchigiga aniq joylashtiring. 
- I tok kuchini har safar 2 A qiymatga 0 A dan to 20 A qiymatgacha oshiring. Har safar 
magnit maydonini o’lchang va qiymatini yozib oling. 
- I=20 A da B – namunani chap tarafga va ong tarafga qadam – baqadam siljiting, har 
safar magnit maydonini o’lchang, ya’ni magnit maydonini fazoviy koordinata x ning 
funksiyasi sifatida o’lchang. O’lchagan qiymatlarni yozib oling. 
-40 mm li o’tkazgich halqani 80 mm li o’tkazgich halqa bilan almashtiring va keyin 120 
mm li o’tkazgich halqa bilan almashtiring. Barcha hollarda magnit maydonini fazoviy 
koordinata x ning funksiyasi sifatida o’lchang. 
4 – rasm. To’g’ri o’tkazgichning magnit maydonini o’lchash uchun eksperimental 
qurilma. 


5 – rasm. Aylanma halqa shaklidagi o’tkazgichning magnit maydonini o’lchash uchun 
eksperimental qurilma. 

Yüklə 363,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin