110
shu sababli jamiyatda bunday guruhlar imkoni boricha kam bo‘lishi kerak, deydi,
ya’ni u arzon davlat tarafdori bo‘lgan, bunga qo‘shilish mumkin.
A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni
asoslashga katta e’tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik
ta’minlashni, davlatning iqtisodiy hayetga aralashmasligini ta’rifladi, ammo
mamlakat xavfsizligi iqtisodiyotdan ustun, deyiladi.
Smit merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi proteksionizmga (davlat
tomonidan cheklashlar, soliq,bojxona va boshqalar), tashqi savdodagi har qanday
cheklashlarga qarshi edi, demak erkin iqtisodiyotni qo‘llaydi.
Smit nochor ahvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun
quyidagi uch omilni ko‘rsatib bergan edi: 1. Mamlakatda tinchlik, osoyishtalik
bo‘lishi va saqlanishi. 2. Me’yoridagi yengil soliqlar tizimi. 3. Davlat iqtisodiyot
ishlariga hadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga
oshaveradi.
Dostları ilə paylaş: