Курс ишини ёзиш ва ҳимоя қилиш жараёни қуйидаги босқичлардан иборат



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/41
tarix07.01.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#206489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
@iBooks Bot investitsiyalarni ta

 
 “INVESTITSIYALARNI
 
TASHKIL
 
ETISH
 
VA
 
MOLIYALASHTIRISH” FANIDAN O’TILADIGAN MAVZULAR VA 
TALABALARGA QO’YILADIGAN TALABLAR
 
Bakalavriat 
ta‟lim yo‟nalishida “Investitsiyalarni tashkil etish va 



moliyalashtirish” fanidan o‟tiladigan mavzular: 
1. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. 
2. Investitsiya jarayonlarining mazmuni va asosiy bosqichlari. 
3. Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati. 
4. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli. 
5. Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining o‟rni. 
6. Investitsiya faoliyatida kapital qurilish. 
7. Davlat investitsiya dasturi. 
8. Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash. 
9. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va usullari. 
10. Investitsiyalarni moliyalashtirishda moliyaviy vositalar. 
11. Investitsiya faoliyatini kreditlash. 
12. Investitsiyalarni moliyalashtirishning lizing mexanizmi. 
13. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish. 
14. Innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish. 
15. Nomoddiy aktivlarga safarbar etiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish. 
16. Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo‟llari. 
Tavsiya etilayotgan mavzular bo‟yicha ta‟limning zamonaviy, xususan, 
interfaol metodlari, pedagogik va informatsion - kommunikatsion (mediata‟lim, 
amaliy dastur paketlari, taqdimot, elektron-didaktik) texnologiyalari majmuali 
tarzda qo‟llanilishi nazarda tutilgan. Jumladan, kompyuter dasturlari (jumladan, 
“TEO invest”) yordamida investitsiya loyihalari samaradorligini baholashni 
o‟rganish uchun talab etiladigan manbalar nazariy-amaliy jihatdan shakllantiriladi 
va olingan ma‟lumotlar o‟rganiladi. 
Mazkur fan bo‟yicha bakalavr quyidagilarni bilishi va ulardan foydalana 
olishi, shu bilan birga ma‟lum ko‟nikma va malakalarga ega bo‟lishlari kerak: 

investitsiyaning turlari va shakllari;

investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish usullari; 

investorlarning huquq va majburiyatlari; 

investitsiya muhiti va unga ta‟sir etuvchi omillar haqida tasavvurga ega 
bo‟lishi; 

investitsiya dasturini shakllantirish va nazorat qilish tartibini;

kapital qo‟yilmalarni moliyalashtirish tartibini; 

kapital qurilishda loyihalashtirish va kapital qurilish ishlarini olib borish 
usullarini;

investitsiyalarni byudjetdan moliyalashtirish ochish shartlarini;

lizing operatsiyalarini tashkil etish va lizing to‟lovlari summasini 
aniqlashni; 

investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish va investitsiya risklarini 
boshqarishni bilishi va ulardan foydalana olishi; 

investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni, turlari, funktsiyalari, ob‟ektlari va 
sub‟ektlari to‟g‟risida; 

xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb 
qilishning ob‟ektiv zarurligi to‟g‟risida;




investitsiya faoliyatiga ta‟sir etuvchi omillar to‟g‟risida;

investitsiya siyosati, uning mazmuni va iqtisodiyotni modernizatsiyalash 
sharoitidagi xususiyatlari hamda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish 
to‟g‟risida; 

investitsiya faoliyatining qonuniy-me‟yoriy bazasi to‟g‟risida; 

O‟zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi to‟g‟risida;

investitsiyalarni moliyalashtirish usullari;

investitsiyalarni byudjetdan moliyalashtirish, kreditlash, lizing, forfeyting, 
investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish to‟g‟risida; 

kapital qurilish va “qurilish industriya”si to‟g‟risida;

investitsiya risklari va ularni boshqarish yo‟llari to‟g‟risida ko‟nikmalarga 
ega bo‟lishi kerak; 

investitsiya faoliyatini tashkil etish bo‟yicha; 

investitsiya faoliyatini moliyalashtirish bo‟yicha; 

investitsiya dasturini shakllantirish bo‟yicha; 

kapital qurilishning smeta qiymatini aniqlash bo‟yicha;
 

kapital quyilmalarni kreditlash bo‟yicha; 

investitsiya risklarini boshqarish bo‟yicha malakalarga ega bo‟lishi kerak.
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtiris
H
” fani umumkasbiy fan 
hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o‟quv rejasida rejalashtirilgan 
matematik va tabiiy (oliy matematika, matematik programmalashtirish, iqtisodiy 
geografiya), umumkasbiy (iqtisodiy nazariya, statistika, pul, kredit va banklar, 
moliyaviy menejment, soliq va soliqqa tortish, sug‟urta nazariyasi va h.,k.) 
fanlaridan yetarli bilim va ko‟nikmalarga ega bo‟lishlik talab etiladi.
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanining ishlab 
chiqarishdagi o‟rni aynan investitsiyalarni amalga oshirish uchun maqbul 
loyihalarni tanlab olish, ularni moliyalashtirishning optimal variantlarini ishlab 
chiqish, loyihani amalga oshirish bilan bog‟liq risklarni boshqarishda namoyon 
bo‟ladi. 
Shu bilan birgalikda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har qanday 
xo‟jalik yurituvchi sub‟ektning investitsiya resurslariga bo‟lgan ehtiyojining ortib 
borishi mazkur fanning ishlab chiqarishdagi yuqori ahamiyatga ega ekanligini 
belgilab beradi. 
“Investitsiyalarni
 
tashkil etish va moliyalashtirish” fanining ilmiy va amaliy 
ahamiyatini oshib borishi, o‟z navbatida bakalavriat ta‟lim yo‟nalishlarida tahsil 
olayotgan talabalarni “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fani 
bo‟yicha chuqur bilim va malakaga ega bo‟lishlarida amaliy mashg‟ulot darslari 
sifatini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. 
Shuni ham aytish lozimki, amaliy mashg‟ulotni tashkil etishning shakl va 
usullari nihoyatda ko‟p. Bulardan qaysi birini tanlash va foydalanish muayyan 
fanga, o‟qituvchining maqsad va vazifalariga, qolaversa uning tajriba va 
mahoratiga bog‟liqdir. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin