11
qilish muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlarni takomillashtirish va
hokazo.
Ishchi kuchiga talabning o‘sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi
miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan aniqlanadi: mavjud bo‘lgan va
yangidan yaratiladigan ishchi joylari; investitsiya salohiyati va uning takror ishlab
chiqarish tuzilishi; iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar; mulkchilik shakllarining
turli-tumanligi; korxonalar va tashkilotlarning to‘lovga qodir emasligi (bankrotligi)
va hokazo.
Demografik jarayonlarga bog’liq holda, yurtimizda mehnat resurslari soni
yil sayin ortib bormoqda (1.1-jadval).
1.1-jadvaldan ko’rinib turganidek, 2007-2011 yillar davomida mehnat
resurslari soni 2090,2 ming kishiga yoki 13,7 foizga ortgan. Bu davrda mehnat
resurslari sonining o’rtacha yillik o’sish sur’ati 2,6 foizni tashkil qilgan.
Ko’rilayotgan davrda mehnat resurslari sonining o’sish sur’ati respublika
hududlarida bir me’yorda kechmagan. Jumladan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo,
Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg’ona viloyatlarida respublika o’rtacha
ko’rsatkichidan yuqori, qolgan barcha hududlarda (Qoraqalpog’iston Respublikasi,
Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri) esa past
bo’lgan. 2012 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, mehnat resurslari jami aholining 59
foizini tashkil qilib, uning asosiy qismi (qariyb 60 foizi) Samarqand, Farg’ona,
Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida to’plangan.
Yangi ish o’rinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari tarkibini
diversifikasiya qilish, malakali mutaxassislar tayyorlash va shuningdek, 12 yillik
majburiy ta’lim tizimiga o’tish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar aholining bandlik
darajasini yanada oshirish imkonini berdi (1.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: