mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
XULOSA ...……………………………………………………….................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.....................................
4
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mos ravishda
ijtimoiy mehnat sohasidagi munosabatlarning rivojlanishini ham taqozo qiladi.
O‘z-o‘zidan ayonki, har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy
bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat munosabatlari amalga oshishining
shunday asoslari birinchi navbatda qanday darajadagi tashkiliy tuzilmaning
mavjudligi, uning mehnat munosabatlarini barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’siri,
sohasidagi huquq va kafolatlarning amalga oshishida ko‘mak va imkon berishi
bilan belgilanadi.
Bu esa ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining ob’ektiv
qonunlaridan samarali foydalanish zarur. O‘z-o‘zidan ayonki, har qanday iqtisodiy
munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat
munosabatlari amalga oshishining shunday asoslari birinchi navbatda Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari
faoliyatlarining samaradorligini oshirish
va ular samarali shakllanishining sifat ko‘rsatkichi bo‘lgan malakali kadrlar
tayyorlash holatiga bog‘liqdir.
Shu nuqtai nazardan Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Ish
o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy
dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2013-yilda qariyb 970 ming kishi ish
bilan ta’minlandi. Bu ish o‘rinlarining 60,3 foizdan ortig‘i qishloq joylarda
yaratildi. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi
tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish
hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi”
1
.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini boshidan kechirayotgan
mamlakatlar singari respublikamizda ham Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish tizimi takomillashtirish bilan bog‘liq echilishi lozim bo‘lgan bir qator
muammolar mavjud. Ularning asosiysi sifatida mehnat va aholini ijtimoiy
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-
yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.
“Xalq so‘zi” gazetasi,2014 yil 18 yanvar, №13.
5
muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish va istiqbollashtirish kabi
muammolarni alohida qayd etib o‘tish lozim.