Kredit va kredit tizimi Reja


Kreditning asosiy sharti -



Yüklə 31,7 Kb.
səhifə14/14
tarix02.01.2022
ölçüsü31,7 Kb.
#41817
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kredit va kredit tizimi Reja

Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to’lash. Bu xaq qarz summasining yig’indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Foiz miqdori kreditning turi, uni to’lash muddati, olingan qarzni o’z vaqtida uzilishiga bog’liq. Masalan, tijorat kreditining foiz stavkasi odatda, bank kreditining foiz stavkasidan past bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo’jalik subyektlarini qisqa muddatli kreditlashni tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizomga binoan (Toshkent, 2001 y) foiz stavkasi bank bo’yicha hisobot oyi boshiga bo’lgan o’rtacha foiz stavkasiga Markaziy bank tomonidan tartibga solinadigan foyda normasini hisobga olgan holda belgilanadi.

Adabiyotlarda kreditning nominal va real foiz stavkalari tushunchalari mavjud. Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasi- da ko’zda tutilgan foiz stavkalari tushuniladi.
real foiz stavkasi ═ nominal foiz stavkasi - inflyasiya darajasi.
Bundan tashqari kreditning qat’iy belgilangan va suzib yuruvchi foiz stavkalari tushunchalari ham mavjud.

Qat’iy belgilangan foiz stavkalari kredit shartnomasi bajarilgunga qadar o’zgarmasdan qoladi. Bunda bank o’zining aktivlarini ma’lum qismini yo’qotishi mumkin. Suzib yuruvchi stavkada foiz stavkalariga tegishli o’zgarishlarni hisobga olgan holda o’zgartirishlar kiritib boriladi.

Xalqaro kreditlar bo’yicha foiz stavkalari jaxon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu York, Frankfurt-na-Mayne, Parij, Bryussel shaharlarida joylashgan.

Umuman kreditlar bo’yicha foiz stavkalari turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Shunday omillarning asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:



  1. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi.

  2. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa u kamayadi.

  3. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi. Ko’proq naf keltirsa, foiz yuqori va aksincha.

  4. Qarzni to’lash muddati va sharti. Qarz uzoq muddatga berilib uni asta-sekin kichik qismlar bilan qaytarilsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo’ladi va aksincha.

  5. Qarzni qanday pul bilan berilishi. Qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa foiz yuqori va aksincha.

  6. Inflyasiya darajasi. Bunda foiz darajasi inflyasiya darajasiga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi.

  7. Pulni qarz berishdan ko’ra boshqa yo’sinda ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal ko’rish prinsipi amal qiladi. Masalan, agar aksiya bo’yicha dividend yuqori bo’lsa foiz pasayadi va aksincha.

  8. Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa foiz past, agar uni qaytishi shubxali bo’lsa foiz yuqori bo’ladi va boshqa omillar.

Yüklə 31,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin