Kreativlik tushunchasi va uning mohiyati. Pedagogning kreativ sifatlari. Zamonaviy pedagogning kreativ faoliyati



Yüklə 28,32 Kb.
səhifə1/2
tarix27.04.2023
ölçüsü28,32 Kb.
#103389
  1   2
Pedagogning kreativ sifatlari




Mavzu: Pedagogning kreativ sifatlari
Reja:

  1. Kreativlik tushunchasi va uning mohiyati.

  2. Pedagogning kreativ sifatlari.

  3. Zamonaviy pedagogning kreativ faoliyati.

  4. Kreativ pedagogning mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bо‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati

Zamonaviy dunyoning innovatsiyalariga moslashish, doimiy yangilanuvchi jamiyat hayotiga yosh avlodni tayyorlash va uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish jarayonlarida faol ishtirok etish qobiliyatini rivojlantirish oliy ta’lim muassasasi pedagogining muhim kasbiy vazifasi hisoblanadi. Kreativlik ta’lim jarayonini tashkillashtirishni o‘zida mujassamlashtirib, kreativ ta’lim jarayonini qurish, ta’lim texnologiyalaridan ijodiy salohiyatni rivojlantirish, turli uslublar, bilim va ko‘nikmalar muvozanatini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Kreativlikning mohiyati - intellekt insonning aqliy salohiyati bo‘lsa, kreativlik ana shu aqliy salohiyatni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda erkin ishlata olish qobiliyati hisoblanadi.


Kreativlik atamasi Angliya-Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. J. Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko‘rsatadi:
– fikrni maqsadga muvofiq yo‘llay olish;
– o‘ziga xoslik (originallik);
– qiziquvchanlik;
– farazlar yaratish qobiliyati;
– xayol qila olish (fantaziya).
Mamlakatimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, manfaatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarini yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi izchil islohotlar natijasida interfaol o‘qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishni keng tatbiq etish imkoniyatlari yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish” kabi ustuvor vazifalar belgilanib berilgan. Shunga muvofiq interfaol o‘qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi . Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib olish talab etiladi.
“Kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.
A.X. Maslou kreativlikni 2 turga bo‘ladi: iste’dodning kreativligi va shaxsning o‘zo‘zini aktuallashtirish kreativligi.
Shaxsning o‘z-o‘zini aktuallashtirish kreativligi shaxs bilan uzviy bog‘langanligi sababli biz unga kundalik hayotda va kasbiy faoliyatning ko‘p sohalarida duch kelishimiz mumkin. A.X. Maslou kreativlikda o‘z-o‘zini aktuallashtirishning ikki darajasini keltirib o‘tgan: birinchisi – “ixtiyorsiz kreativlik, bunda shaxs birdan aqliga kelish, ruhlanish, qiyin kechinmalarga ega bo‘ladi”, “ikkinchisi – ixtiyoriy, og‘ir mehnat bilan bog‘liq, uzluksiz ta’lim, kamolotga intiluvchanlik” . A.X. Maslou kreativlikni inson tabiatining fundamental xarakteristikasi sifatida ko‘radi, ya’ni barcha insonlardagi tug’ma qobiliyat, lekin hayoti davomida ma’lum ijtimoiy to‘siqlar natijasida yo‘qolib ketadi, deb hisoblaydi. T.A. Barisheva va Yu.A. Jigalovalar pedagogikada kreativlikni tizimli (ko‘p bosqichli, ko‘p o‘lchamli) psixik (ruhiy) ta’lim sifatida talqin etib, unga faqatgina intellektual potensialni emas, balki motivatsiya, emotsiya, estetik rivojlanish darajasi mavjudligi, kommunikativ parametrlari, kompetentligi va hokazolarni ham kiritadi [3. 129]. Shuningdek, kreativlikning mezonlari Dj.P. Gilforda, E.P. Torrans tomonidan belgilangan:
– ravonlik: ma’lum bir vaqt oralig‘ida ko‘plab fikrlarni ishlab chiqarish qobiliyati;
– o‘ziga xosligi: aniq, taniqli, umume’tirof etilgan, oddiy yoki qat’iy belgilanganidan farq qiluvchi g‘ayrioddiy, nostandart g‘oyalarni ishlab chiqarish qobiliyati;
– sezuvchanlik: g‘ayrioddiy detallarga sezgirlik, qarama-qarshilik va turli xil noaniqliklar, tezda bir fikrdan ikkinchisiga o’tishga tayyorlik;
– mo’tadillik: g‘ayritabiiy kontekstda ishlashga tayyor bo‘lish, ramziy, birlashtiruvchi fikrlashga moyillik, oddiy va murakkab sharoitda ko‘rish qobiliyati;
– rivojlanish: paydo bo‘lgan g‘oyalarni batafsil ishlab chiqish, ularni sath va quyi tizimlarga aylantirish qobiliyati;
– to‘xtashga qarshilik: bir xillikka qarshilik ko‘rsatish, ya’ni muammoni yechish jarayonida kelib tushayotgan turli informatsiyalar andozalariga qarshilik ko‘rsatish.
– noaniqlik: stimuldan mustaqil mantiqiy reaksiyagacha bo‘lgan qobiliyat; “nomlash”ning mavhumligi: shaxsning muammo mohiyatini tushunish qobiliyati, aslida, ahamiyatga ega bo‘lgan nomni tushunish va aksini aks ettirish qobiliyati (“nomlash” jarayoni mufassal shaklni, muammoning mohiyatini ko‘rish qobiliyatini, og‘zaki shaklga aylantirish qobiliyatini aks ettiradi);
– ko‘p vazifalilik: bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihalarda ishlash qobiliyati;
– samaradorligi: mahsulotning yaroqliligi, ularning foydasi, mahsulotning maqsadli auditoriyasi tomonidan yangi, noyob, original bo‘lishi haqidagi idrok;
– mamnuniyat: kreativlikning natijasi.
Adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, shaxsning ijodiy salohiyati muammoga mustaqil qarash, qarama-qarshiliklar, tanqidiy fikrlash; har qanday muammolarni tahlil qilish qobiliyati, analitik fikrlash; ular uchun yechim topish qobiliyati; bilim olish, malaka va ta’lim berish usullarini yangi holatga o‘tkazish imkoniyati; ilgari o‘rganilgan usullarni yangilarga birlashtira olish kabi ko‘nikmalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Tafakkurning egiluvchanligi – jamiyatda qabul qilingan va an’anaviy mavjud bo‘lgan, aslida, to‘g‘ri deb o‘ylangan shablon yo‘nalishlar va tamoyillarning zamonaviy taraqqiyot uchun javob bera olmay qolganligini anglash, yangi yo‘nalish va choralarni sezish, ularni tafakkur qila olish va shakllantira bilish, o‘z faoliyatini yangidan qura olish va masala yechiminining yangi yo‘nalishlariga o‘zini safarbar eta olishdir. Prognoz, bashorat qila olish esa o‘z sohasi rivojidagi istiqbol o‘zgarishlar mohiyati, kelib chiqish sabablari va yuzaga kelish muddatlarini tafakkur tahlili orqali oldindan anglash tafakkuri hisoblanadi. Masalan, mehnat unumdorligining ko‘tarilishi va pasayishi, konyuktura yoki bozorning o‘zgarishi hamda mazkur o‘zgarishlarning sohaga bo‘lgan ta’siri, narxlarning ko‘tarilishi, pasayishi va b. Ta’lim oluvchilarda kreativlikni rivojlantirish ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o‘qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi. Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi:
– ta’lim oluvchilarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta’lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta’minlash;
– ta’lim oluvchilarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, ta’lim oluvchilar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g‘oyalarni bag‘rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash, har bir ta’lim oluvchida uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag‘batlantirish; o‘quv jarayonini ta’lim oluvchi shaxsning xususiyatlari, ehtiyojlari va intellektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish;
– ta’lim oluvchilarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash; kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo‘lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashg‘ulot shakllari va metodlarini tanlash va tatbiq etish va hokazo.
Tadqiqotchi G. Ibragimova interfaol o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarda kreativlikning rivojlantirish bosqichlarini quyidagicha ifodalab o‘tgan:
1. Reproduktiv-tavakkalchilik bosqichi. Bu bosqich ta’lim oluvchilarda kreativ faoliyat, kreativ faollik va ijodkorlikka bo‘lgan moyillikni qaror toptirish, ta’limdagi innotvasion texnologiyalarning mohiyatini anglash va yangi g‘oyalarning tug‘ilishi, shakllanishi bilan tavsiflanadi.
2. Ijodiy-izlanish tadqiqotchilik bosqichi. Ta’lim oluvchilardagi tadqiqotchilik, ijodiy faollik, nostandart tafakkur, bilish mustaqilligi, improvizatsiya, yangilik yaratish ko‘nikmalarining shakllanishi bilan belgilanadi.
3. Kreativlik, novatorlik bosqichi. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llash, baholash, tahlil qilish, ommalashtirish va uni keng tatbiq etish hamda istiqbolga yo‘naltirilgan strategik rejalarni tuzish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim oluvchilardagi kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida interfaol ta’lim jarayoni ahamiyatli sanaladi. Interfaol ta’lim – ta’lim oluvchining bilish faoliyatini faollashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘quv jarayonini o‘zaro hamkorlik asosida tashkil etilgan “subyekt-subyekt” munosabatlariga asoslangan o‘qitish metodlari tizimidir. Bunda o‘zaro harakat ta’lim oluvchilarning faollashuvi, guruh tajribasiga asoslanish, teskari aloqa o‘rnatish kabi tamoyillarga tayanadi. Demak, interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari vositasida ta’lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishning muhim sharti ta’lim jarayonida erkin-ijodiy muhitning yaratilishi, professor-o‘qituvchilar, o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning birgalikdagi munosabatlari va o‘zaro hamkorlikdagi harakatiga asoslangan o‘qitish jarayonini yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Ta’lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi bir qator omillar mavjud bo‘lib, quyida ayrimlarini keltirib o‘tish mumkin:
– kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, kreativ faollikni shakllantirish, o‘quv jarayonida izlanuvchilik hamda muammoli tadqiqotchilik yo‘nalishlarini kuchaytirish;
– ta’lim oluvchilarning muammolarni ijodiy yechish va yaratuvchilik faoliyatlarini rivojlantirish vaziyatlarini tashkil etish;
– ta’lim oluvchilarning kreativ faoliyat tajribasiga kasbiy zaruriyat va istiqboldagi kasbiy faoliyat mazmunining tarkibiy qismi sifatida yondashishlariga erishish;
– ta’lim oluvchilarning kasbiy ko‘nikma va layoqatlarini rivojlantirish jarayonini interfaol metodlar va texnologiyalar ustida ishlash asosida rivojlantirishga yo‘naltirish, ularda mustaqil ijodiy faoliyat ko‘rsatish, mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zo‘zini bilish, o‘z mavqeyiga ega bo‘lish, ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash layoqatlarini faollashtirish, bu jarayonda ularning kreativ fikrlashlariga erishish;
– ta’lim oluvchilarning kreativ layoqatlarini namoyon qilishlari uchun qulay ijodiy hamkorlik muhitini vujudga keltirish kabilar.
Ta’lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi ish shakllaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega:
• ma’lumotlarni tahlil etish, tezkor qarorlar qabul qilish, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi treninglarni tashkil etish;
• tasavvurlarni va obrazli qarashlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy mashqlar, topshiriqlarni bajarish;
• keyslar bilan ishlash;
• guruhiy ish shakllari va debatlarni tashkil etish;
• o‘quv loyihalarini tayyorlash;
• portfoliolarni shakllantirish;
• kastinglar uyushtirish;
• to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va hokazo.
Ta’lim oluvchilardagi kreativlik qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlashning quyidagi mezonlari mavjud: kreativ faoliyatga nisbatan motivatsiyaning qaror topganligi; kreativ fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanganligi; kreativ sifatlarning shakllanganligi; amaliy kreativ faoliyat jarayonini tashkil etish; ixtisoslashgan kreativlikning shakllanganligi va boshqalar. Kreativlikni ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o‘ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug‘atlariga asoslanib, o‘qituvchining kreativligi deb, uning fikrlaridagi, sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash mumkin. O‘qituvchining kreativligi, bu uning qat’iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g‘oyalarni izlab topish layoqatidir. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi o‘zaro bir-biriga bog‘liq kreativlik tarkibiy komponentlarini ajratish imkoni beradi:
1. Intellektual (aqliy).
2. Axloqiy (o‘z-o‘zini boshqarish).
3. Motivatsion (maqsadli).
4. Emotsional (his-hayajonli).
Kreativ layoqat quyidagi o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat bo‘ladi:
1. Kreativ maqsad.
2. Ijodiy intilish.
3. Kreativ (ustanovka) qurish.
4. Kreativ yo‘nalish.
5. Kreativ ifodali akt.
6. Kreativ o‘z-o‘zini boshqarish.
7. Kreativ faollik.
8. Kreativ intilishlar darajasi.
O‘qituvchining kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Kreativlik o‘qituvchining ijodiy faoliyatida ijodiy intilishi, ijodiy qobiliyati, kreativ maqsadi, yo‘nalishi va o‘zini boshqara olishida ko‘rinadi va uni o‘zining faolligi, o‘zini-o‘zi boshqara olishi bilan yetuk rivojlanayotgan, o‘sayotgan shaxsga aylanayotganini bildiradi. Pedagogning kreativ kompetentligi uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U kreativ faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi.
Kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’lim amerikalik tilshunos N. Xomskiy (1965-yil, Massachutes universiteti) tomonidan taklif etilgan “kompetensiya” atamasining umumiy ma’nosida shakllandi. Yevropa Kengashi dasturi bo‘yicha Bern shahrida bo‘lib o‘tgan simpoziumda (1996-yil) “kompetensiya” tushunchasi “uquv”, “kompetentlik”, “qobiliyat”, “mahorat” singari tushunchalar qatoriga kiritilgan. Yevropa davlatlarining ta’lim vazirlari Boloniya deklaratsiyasida (1999-yil) ta’lim islohotlarining konseptual asoslari sifatida kompetentli yondashuv e’tirof etildi. G.V. Nikitinaning fikricha, kompetentliklar tasnifida bir nechta asoslar mavjud:
– insonning umumiy kompetentligi (matematik, kommunikativ, informatsion, ijtimoiy, axloqiy va h.z.);
– faoliyat turlari bo‘yicha kompetentlik (mehnat, o‘quv, o‘yin, kasbiy va boshqalar);
– faoliyat yo‘nalgan obyektlar bo‘yicha kompetentlik (inson-inson, inson-texnika, inson-tabiat, inson-badiiy timsol va h.z.);
– ijtimoiy hayot sohalari bo‘yicha kompetentlik (maishiy, fuqaroviy, madaniy va boshqalar);
– ijtimoiy bilimlar tarmoqlari bo‘yicha kompetentlik (matematikada, gumanitar fanlarda); – ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha kompetentlik (transport, aloqa, mudofaa va boshqalar);
– qobiliyatlar bo‘yicha kompetentlik (pedagogika, psixologiya, ijtimoiy, ijodiy, texnik va boshqalar).
Zero, yuqorida aytilgan kompetentlik yo‘nalishlari shaxs umummadaniy kompetentligining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Pedagogning kasbiy kompetentligi tasnifi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– pedagogning ish sohasi bo‘yicha kompetentligi
–uzluksiz ta’lim tizimini o‘z ichiga oladi;
– ixtisoslik bo‘yicha kompetentligi
– o‘qituvchi, tarbiyachi, psixolog, defektolog, kasb ta’limi o‘qituvchisi, ishlab chiqarish ustasi;
– pedagogning faoliyati yo‘nalgan obyekt bo‘yicha kompetentligi
– talabalar, otaonalar, sinf jamoasi, sotsium va boshqalar;
– pedagogning faoliyati turi bo‘yicha kompetentligi motivatsion, gnostik, metodologik, metodik, informatsion, kommunikativ, refleksiv, prognostik, konstruktiv, tadqiqot, texnologik, korreksion va boshqalar.
A.V. Xutorskiy o‘qituvchining quyidagi kompetensiyalarini tavsiflaydi:
1. Dunyoqarash asosida, ya’ni qadriyat va o‘zini anglash – o‘qituvchining dunyoqarashi, tasavvuri va qadriyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. U atrof-muhitdagi voqea va hodisalarning mohiyatini ko‘ra oladi va tushunadi, bunga o‘zini yo‘naltiradi, pedagog sifatida o‘z fikrini asoslay oladi. Muammo yechimini topa oladi. Bu kompetensiyao‘qituvchining o‘quv va boshqa faoliyatlaridagi o‘z-o‘zini anglash mexanizmini ta’minlaydi.
2. Umummadaniy – milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lish; mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish; oilasiga, urf–odatlarga hurmat; ijtimoiy ko‘nimalarga ega bo‘lish. Ilm-fanning inson hayotiga va dunyo rivojiga ta’sirini anglay olish va talaba yoshlarga tushuntira olish.
3. O‘quv va bilish jarayoni – o‘qituvchining mustaqil bilish faoliyati. Mantiqiy fikrlashi, o‘quv-biluv faoliyatini baholashi, bilim va ko‘nikmalarini tahlil qila olishi.
4. Ma’lumotga ega bo‘lish – pedagogik faoliyat va o‘z faniga doir ma’lumotlarni egallash ko‘nikmasi.
5. Muloqotchanlik – til bilishi, turli xil insonlar bilan muloqotda bo‘lishi, jamoada o‘ziga xos o‘rinda turishi.
6. Ijtimoiy – foydali mehnat, oilaviy munosabatlar va mas`uliyat, jamiyat rivojidagi ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va huquqiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
7. O‘z ustida ishlashi – jismoniy, ma’naviy, intellektual jihatdan o‘z-turli axborot manbalari, shu jumladan, ta’lim muassasasidan tashqaridagi axborot manbalaridan bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga asoslangan bilish faoliyati sohasidagi kompetensiyalar: – ijtimoiy faoliyat sohasidagi kompetensiyalar (fuqaro, saylovchi, ijtimoiy guruh, jamoa a’zosi rolini bajarish); – mehnat faoliyati sohasidagi kompetensiyalar (shu jumladan, mehnat bozoridagi holatni tahlil etish va undan foydalanish, o‘zining kasbiy imkoniyatlarini, o‘zini o‘zi uyushtirish ko‘nikmalarini baholash va takomillashtirish); – maishiy sohadagi kompetensiyalar (shu jumladan, oilaviy hayot aspektlarini, salomatlikni saqlash va mustahkamlashni ham qamrab oladi); – madaniy faoliyat sohasidagi kompetensiyalar (shu jumladan, shaxsning ma’naviy va madaniy jihatdan boyishi uchun vaqtdan unumli foydalanish). O‘qituvchi kompetensiyasi – uning nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakasi, dunyoqarashi, e’tiqodi va barcha shaxsiy individual,ijtimoiy-psixologik sifatlarining namoyon bo‘lishidir. Ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri bu – o‘qituvchining o‘z fani bo‘yicha kompetensiyaga ega bo‘lishidir. U pedagogik moslashuv tizimi asosida namoyon bo‘ladi. Bular: ilmiy bilish; gnoseologik bilish; pedagogik faoliyatni epchillik, omilkorlik, mohirlik bilan bajara olish; har qanday muammoli vaziyatlarning samarali yechimini topishga ijodiy-kreativ yondashish; ta’limiy, tarbiyaviy ta’sir jarayonida yuksak ijtimoiy psixologik xususiyatlarni namoyon etish; o‘zining intellektual, kognitiv, emotiv, axloqiy salohiyatini, o‘rganish va ichki psixologik zaxirasidan samarali foydalanish orqali o‘zini muttasil rivojlantirish; jamiyat va insonlarga, tabiatga, borliqqa ijobiy emotsional munosabatda bo‘lish ijobiy pozitiv fikrlashga o‘tish tajribasidan iborat. Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis: – o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi; – yangi axborotlarni o‘zlashtiradi; – davr talablarini chuqur anglaydi; – yangi bilimlarni izlab topadi; – ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi . Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar guruhlari:
1) bilishga oid (gnostik) malakalar;
2) loyihalash malakalari;
3) ijodiy-seminar (konstruktiv) malakalar;
4) tadqiqotchilik malakalari;
5) muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;
6) tashkilotchilik malakalari;
7) izchillikni ta’minlovchi (protsessual) malakalar;
8) texnik-texnologik malakalar .
Kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish.
Kreativlik uchun quyidagilar muhim bo‘lib hisoblanadi: pedagogik masalalarning ko‘p xilligi va ularni hal etishning variativligini tushunish, o‘z mahoratining darajasi va tavsifini hamda uni rivojlantirish mumkinligini tushunish, uni takomillashtirish xohishi, yangi yechimlar zarurligini tushunishi va unga psixik tayyorgarlik hamda uni amalga oshirishga ishonch. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”. Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o‘qituvchilar ham o‘zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P. Torrens tomonidan 1987-yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash imkoniyatini yaratadi. Talaba tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to‘rtta mezonni qanoatlantirishi lozim. E.P. Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagilar yoritiladi: – muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; – farazni tekshirish va o‘zgartirish; – qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; – muammo yechimini topishda bilim va seminar harakatlarning o‘zaro qaramaqarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, talabalarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish mazmunini DTS talablari asosida tahlil etilib, bitiruv ishi doirasidagi “kreativlik”, “kreativ qobiliyat”, “pedagogik kreativlik”, “interfaol o‘qitish”, “interfaol o‘qitish sharoiti”, “talabalarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish” kabi asosiy tushunchalar mohiyati ochib berildi.


Yüklə 28,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin