Jamoa korxonasida mulkdorlar va ishtirokchilar ko’proq bo’lib, ular jismoniy shaxs ham, yuridik shaxs ham bo’lishi hamda unda davlat ham ishtirok etishi mumkin, yollanma mehnat jalb qilinadi.
Jamoa tadbirkorligining ko’rinishlari va ularning xususiyatlari. Jamoa tadbirkorligi jamoa a’zolarining mehnati hamda jamoa a’zolari va boshqa ishtirokchilar mulkiga asoslangan bo’lib, yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Jamoa tadbirkorligi bir qator ko’rinishlarga, xususiy shakllarga ega: ishlab chiqarish kooperativi, xo’jalik shirkati, xo’jalik jamiyati, unitar korxona, notijorat tashkilotlari va boshqalar.